Ishning maqsadi


Tarmoqda ma`lumotlar xavfsizligining uskunaviy ta`minoti



Download 194,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana01.01.2022
Hajmi194,37 Kb.
#292329
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
4-Laboratoriya ishi

Tarmoqda ma`lumotlar xavfsizligining uskunaviy ta`minoti.  

Hozirgi kunda axborot tizimida dolzarb masalalardan biri ma‘lumotlarni uzatish tarmog‗i(MUT)da 

xavfsizlikni  ta‘minlash  masalasidir.  Chunki  MUT  ning  rivojlanishi,  kengayishi  uning  xavfsizligini 

ta‘minlashga qiyinchilik tug‗dirmoqda. 

MUT  ga  tahdid  turli  xil  yo‗llar  bilan  uyushtirilishi  mumkin  va  natijada  quyidagi  ko‗rinishdagi 

qoidabuzarliklar kelib chiqishi mumkin: 




•  dasturiy  qismiga  yangi  qo‗shimcha  funksiya  qo‗shish  bilan,  ya‘ni  virus  va  boshqa  dasturiy 

ta‘minotlar; 

• axborot tizimida ma‘lumotlardan ruxsatsiz, erkin foydalanish; 

• boshqa bir foydalanuvchi nomidan ish yuritish, ya‘ni uning huquqlaridan foydalanish; 

• qayta uzatgich sifatida ikkita o‗zaro foydalanuvchining aloqa liniyasiga bog‗lanish; 

• qachon, kim qanday ma‘lumotni qaysi tarmoq resursidan olishini o‗rganish; 

• noto‗g‗ri axborot kiritish; 

• noto‗g‗ri axborot kiritish yo‗li bilan bayonnomani buzish. 

Yuqorida  keltirilgan  hodisalarning  oldini  olish  uchun  MUTda  xavfni  tahlil  qilish  juda  muhim 

xususiyatga  ega.  MUTda  axborot  xavfini  tahlil  qilishdan  maqsad  tarmoqlardagi  va  uning  resurslaridagi 

xavf tavsifini aniqlashdan iborat. 

Xavfni tahlil etish usuli. MUTda xavfni tahlil qilish usuli boshqa axborot tizimlaridan deyarli, farq 

qilmaydi.  Ajralib  turadigan  qismi  shundaki,  MUT  dagi  boshlang‗ich  omillarni,  shuningdek,  ishchan 

qismining  muhimligini,  tahdidning  qoidabuzarligiga  bog‗liqligini  va  tizimning  zaif  joylarini 

aniqlanishidadir. 

MUT da xavfni tahlil etish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 

• himoya o‗lchovi (chegarasi) va obyektni tasvirlash; 

• resurslarni identifikatsiyalash (aynanlash) va uning sonli ko‗rsatkichini tahlil qilish; 

• axborot xavfsizligini buzishga olib keluvchi tahdidni tahlil etish; 

• zaifligini tahlil etish; 

• axborot xavfsizligini ta‘minlashdagi mavjud va gumon vositalarni tahlil etish; 

• xavfni tahlil etish. 

  Axborot  xavfsizligini  tahlil  etish  —  bu  —  MUT  dagi  axborot  xavfsizligining  tizim 

tavsifnomalarini  o‗rganish  jarayoni  bo‗lib,  u  nomuvofiq  voqealar  ro‗y  bergan  taqdirda  kutilayotgan 

zararni 

aniqlash 

maqsadida 

ehtimollik 

hisoblashlar 

yordamida 

o‗tkaziladi. 

Xavf tahlilining vazifasi tizim u yoki bu xavfning nomuvofiqlik darajasini aniqlashdan iboratdir. 

MUT dagi xavfni tahlil etishni olib borishda quyidagi holatlarga e‘tibor berish kerak: 

• mavjud xavf va uning darajasiga; 

• mumkin bo‗lgan xavf darajasiga; 

• MUT dagi zaif joylarga; 

• xavfni mumkin bo‗lgan yo‗qolish darajasiga; 

Har bir bo‗limlar uchun maxsus tekshiruv olib borish talab etiladi. 

Xavfni  tahlil  etish  o‗z  ichiga  axborot  identifikatsiyasi  resursini,  qiymatini  aniqlash  va  tahdid 

natijasida axborot xavfsizligining zararini aniqlashdan iboratdir. Xavfni tahlil etishning turli xil: asosiy va 

to‗liq  qarashlari  mavjud.  Bulardan  foydalanish  talabga  qarab  tanlanadi.  Masalan,  korxonaning  axborot 

xavfsiziligi darajasiga, tahdidning tavsifiga va unga qarshi choraning samaradorligiga bog‗liqdir. 

Asosiy  variant  —  bu  kam  mehnat  talabligi  bilan  ajralib  turadi.  Asosiy  variant  korxona  axborot 

resurslari hamda resurs qiymati katta bo‗lmaganda ishlatiladi. Shuning uchun, asosiy variantda  tahdidni 

tahlil  qilishda  oddiyroq  usul  ishlatiladi.  Uning  kamchiligi  shundaki,  u  tahdid  xavfsizligini  ehtimolligini 

baholamaydi. 

Bu usul faqat, agar korxonaning himoya resursi katta bo‗lmaganda qo‗llash maqsadga muvofiqdir, 

aks holda, bu usul xavfsizlikni ta‘minlashga yetarli bo‗lmaydi. Bunday hollarda to‗liq variant qo‗llaniladi. 

To‗liq xavf tahlilini o‗tkazishda quyidagilarni aniqlash zarurdir: 

• tahdidning ehtimolligini baholash; 

• resurslarning qiymatini aniqlash; 

• resurslarning zaifligini aniqlash; 

• xavfni baholash. 

Xavf  ehtimolligini  baholash  jarayoni,  bu  —  tarmoq  resurslarini  va  ularning  infrastrukturasining 

axborotlarini  birgalikda  bog‗lanishdagi  qiymati  hamda  zaiflik  tomonlari  himoya  tarmog‗i  tizimida 

axborot xavfining sonli o‗lchovini tashqi yangi texnologiyalar yoki yangi loyihalar bilan bog‗liq ravishda 

aniqlanishidir. To‗liq xavfni tahlil etishdan maqsad xavf tavsifini va uning resurslarini aniqlashdir, ya‘ni 

MUT  axborot  xavfsizligini  ta‘minlashning  zaruriy  vositasini  tanlashdan  iborat.  MUT  xavfsizlikni 

ta‘minlash quyidagi xavf ehtimolliklarni baholashni talab etadi: 

• resurslarni identifikatsiyalashni va uning sonli ko‗rsatkichlarini baholash; 

• tahdidni baholash; 

• zaiflikni baholash; 

• mavjud va tahmin qilinayotgan axborot ta‘minlashdagi vositani baholash; 



• xavf ehtimolligini baholash. 


Download 194,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish