Informatika 2017 uzb indd


-dars. AXBOROTLARNI HIMOYALASH VA



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/97
Sana01.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#292061
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   97
Bog'liq
@BOOKS KITOB INFORMATIKA 7-SINF

16-dars. AXBOROTLARNI HIMOYALASH VA 

ANTIVIRUSLAR HAQIDA

Barcha moddiy narsalar kabi axborot ham o‘z qiymatiga ega. 

Shuning uchun biror foydani ko‘zlab axborotni «o‘g‘irlash», «bu­

zish», «keraksiz ma’lumotga to‘ldirish», axborot saqlanadigan qu­

rilmalarni ishdan chiqarish hollari hayotda uchramoqda. Demak, 

bu kabi zararli ishlardan himoyalanish dolzarb vazifadir.



Axborot va jinoyat

Keyingi paytlarda axborotni himoya qilish muammolari na­

fa 

qat mutaxassislarni, balki barcha hisoblash texnikasidan foy­



dalanuvchilarni o‘ziga jalb etmoqda. Bu, albatta, kompyuter 

texnikasining inson hayoti va faoliyatiga jadallik bilan kirib ke­

layotgani bilan bog‘liq.

«Axborot» tushunchasiga yondashuv ham tubdan o‘zgarib 

bormoqda. Bu atama keyingi paytda ko‘proq sotib olinadigan, 

sotiladigan yoki biror narsaga almashinadigan o‘ziga xos mahsulotni 

ifodalamoqda. Shuni aytish lozimki, bunday mahsulot aksariyat 

hollarda o‘zi saqlanayotgan hisoblash texnikasidan o‘nlab, hatto 

yuzlab barobar qimmat turadi. Internet axborot «o‘g‘rilarini» 

(axborot o‘g‘rilari kompyuterlar yaratilgunga qadar ham bo‘lgan) 

yangi pog‘onaga ko‘tardi. Endi kompyuter, modem va yetarli 

dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan malakali dasturchi dunyoning 

ixtiyoriy burchagida joylashgan turli davlat tashkilotlari, xususiy 

korxona, internet xizmatidan foydalanayotgan shaxs va hokazolarga 

tegishli axborotlarni o‘z xonasidan chiqmasdan o‘zlashtirib olishi 

(o‘g‘irlashi), ularni g‘arazli maqsadlarda o‘zgartirishi yoki biror 

boshqa zarar yetkazishi mumkin. Bu o‘z­o‘zidan axborotni 

himoyalash extiyojini keltirib chiqaradi.

Kompyuterlar inson ish faoliyatini yengillashtirish maqsadida 

ishlab chiqarildi. Ularning soni kun sayin ortib bormoqda. Ammo 

shu bilan birga jamiyatning kompyuter tizimlaridan bog‘liqligi 

ham ortib bormoqda. Hozirgi kunda tibbiyot, soliq va bank 




74

II bob. 

Internetda ishlash asoslari

tizimi, transport kabi asosiy sohalarda boshqaruv va tashhis ishlari 

kompyuterlar zimmasiga yuklatilgan. Kompyuter tizimlari harbiy 

sohada ham alohida o‘rin tutadi.

Jamiyatni kompyuterlashtirishning ma’lum bir pog‘onasida 

kompyuterlar yakka va uyushgan jinoyatchilar guruhlarini o‘ziga jalb 

etdi. Ular tomonidan yetarli texnik va dasturiy vositalar yordamida 

qiyinchiliksiz maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, diversiya, firibgarlik 

va boshqa jinoiy ishlarning amalga oshirilishi mumkin bo‘lib qoldi. 

Adliya, kriminalistika, milliy xavfsizlik soha mutaxassislari yangi, 

kutilmagan muammoga duch keldi.

1971­yilda AQSHning «Nyu­York Penni Sentral Reylroud» 

temir yo‘l kompaniyasi qimmatbaho yuk ortilgan 200 ta vagoni 

yo‘qolganini payqab qoldi. Bu ishni tekshirish jarayonida bir 

qancha boshqa firmalarning ham vagonlari yo‘qolgani aniqlandi. 

Sinchkovlik bilan olib borilgan tekshirish vagonlar yo‘qolishining 

sababi kompyuterga atayin noto‘g‘ri manzil kiritilganida ekanini 

ko‘rsatdi. Bu rasmiy qayd etilgan birinchi «elektron jinoyat» 

edi. Hozirgi kunga kelib kompyuterlar ham, aloqa tizimlari ham 

beqiyos darajada rivojlanib ketdi. Bu esa, o‘z navbatida, «elektron 

jinoyatchilar»ga ham yangi imkoniyatlar ochib berdi.


Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish