INFORMATIKA
VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining
7-sinfi uchun darslik
Qayta ishlangan
va to‘ldirilgan
uchinchi nashri
O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligi
tomonidan tasdiqlangan
7
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti
Toshkent – 2017
T a q r i z c h i l a r :
Bahromov Anvar
—
Abdulla Avloniy nomidagi XTXQTMOMI prorektori,
dotsent, fizika-matematika fanlari nomzodi;
Karimov Baxtiyor
—
Toshkent shahar 90-umumta’lim maktabining
oliy toifali informatika o‘qituvchisi.
©
Boltayev B. va boshq.
2009, 2017.
©
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti, 2009, 2017.
ISBN 978-9943-07-495-8
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi.
Shartli belgilar:
—
yodda tuting;
—
savol va topshiriqlar;
—
mashqlar.
M a s ’ u l muharrir:
Bekmurodov To‘lqin
—
texnika fanlari doktori, akademik.
M u a l l i f l a r :
B. Boltayev, M. Mahkamov
,
A. Azamatov, S. Rahmonqulova
UO‘T: 004=512.133(075.3)
KBT 32.81ya72
I 61
3
3
3
SO‘ZBOSHI
Aziz o‘quvchilar! Siz avvalgi sinflarda zamonaviy axborot tex
nologiyalari vositalaridan biri bo‘lgan kompyuterdan foydalanish
bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ldingiz. Shu
bilan birga, kompyuter – o‘qitish, hisoblash, tasvirlash, tahrirlash,
dam olish hamda axborot bilan ishlash vositasi ekanligi haqida
ma’lumot oldingiz.
Ushbu darslik yordamida Siz axborotni to‘plash, uzatish,
saqlash va qayta ishlash qonunlari, usullari hamda tezkor kom
p
yuterlar va boshqa zamonaviy vositalar ko‘magidan foydalanish
ni o‘rganasiz. Hozirgi kunda axborotning qimmatbaho mahsulotga
aylanib borayotgani informatika fanining nufuzi va ahamiyati o‘sib
borayotganidan dalolatdir.
Taqdim etilayotgan ushbu darslik Sizni informatika olamiga
olib kiradi, uning sirlarini o‘rganishda muhim ko‘makchi bo‘ladi,
deb umid qilamiz.
O‘ylaymizki, informatika fani sizlarda kompyuter doimiy ko‘mak
chi va mehnatingizni yengillashtiruvchi vosita ekanligi haqida tasav
vur qoldirishi bilan birga, o‘z amaliy ishingizda yangi qirralarning
ochilishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Mualliflar
4
Aziz o‘quvchilar! Siz informatika fani, axborot va axborotga
oid ba’zi atamalar haqida 5sinfda boshlang‘ich ma’lumotlarga ega
bo‘ldingiz. Bu bobda avval olgan ma’lumotlaringiz bilimga aylani
shi, tasavvuringiz kengayishi uchun yetarlicha chuqur hamda to‘liq
axborot beriladi.