4
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi
. XX asr oxirida xalqimiz-
ning asriy orzulari ro‘yobga chiqdi, O‘zbekiston mustaqillikka erishdi.
Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosiga aylandi, yangi jamiyat
qurish uchun tub o‘zgarish va islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekistonda
barpo etilayotgan siyosiy tuzum demokratik, huquqiy davlat bo‘lsa, ijtimoiy
tuzumni-qonun ustivor bo‘lgan fuqarolik jamiyatidir. O‘zbekistonda tarixiy
jihatdan qisqa bir davr ichida milliy davlatchilikni barpo qilish, bozor iqtisodiga
o‘tish, xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bobida ulkan ishlar
amalga oshirildi. Mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining ko‘p asrlik boy tarixiy,
ilmiy, madaniy va diniy merosini o‘rganish, undan xalqning umumiy va bebaho
mulki sifatida foydalanishga keng yo‘l ochildi. Ma'naviy boyliklar, qadriyatlar,
davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbai hisoblanadi. Aynan
ushbu ma'naviy va mafkuraviy asosni mustahkamlash hamda rivojlantirishda tarix
fani alohida ahamiyatga egadir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimov ta'kidlaganidek: “....Tarix xotirasi,... milliy o‘zlikni anglashni, ta'bir joiz
bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi”
1
.
Shuningdek, Prezident I. A. Karimov o‘zining bir qator risola va nutqlarida “Milliy
mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba - bu haqqoniy yoritilgan tarixdir” -
deb ko‘rsatadi
2
.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixchilari oldida haqqoniy tarixning
yoritilishi lozim bo‘lgan masalalari ko‘lami ham aniqlandi. Mustabid sovetlar
hukmronligi davrida, kommunistik mafkura ta'sirida o‘zbek xalqi tarixida kechgan
jarayonlar sinfiylik, partiyaviylik prinsiplari asosida ma'muriy-buyruqbozlik tizimi
manfaatlariga bo‘ysundirilgan holda soxtalashtirildi, noto‘g‘ri talqin etildi. Bu
davrga oid tadqiqotlarda o‘zbek xalqi tarixining ayrim muammolari umuman
chetlab o‘tildi. Bunday masalalar jumlasiga o‘zbek davlatchiligi tarixini kiritish
mumkin.
1
Qarang: Каримов И. А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид: барқарорлик шартлари ва
тараққиёт кафолатлари. – Тошкент: Ўзбекистон, 1997. – Б. 102.
2
Каримов И. А. Миллий истиылол мафкураси – халы эътиыоди ва буюк келажагига ишончдир. – Тошкент:
Ўзбекистон, 2000. – Б. 14.
5
Bugungi zamon mustabid sovet tuzumi mafkurasi asoratlariga, eskicha fikr-
lashga barham berish, tarixiy voqealar va jarayonlarni baholashda milliy manfaat-
lardan kelib chiqish zarurligini talab qilmoqda. O‘zbek xalqi va uning davlatchiligi
tarixini umumjahon taraqqiyoti nuqtai nazaridan, aniq tarixiy faktlarga tayanib,
xolis va ilmiy asosda tadqiq etib, xalqqa yetkazish zaruriyati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 1998-yil 26-iyunda bir
guruh tarixchi va jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvida Respublika tarixchilari
oldiga aynan shunday vazifa qo‘yildi. Ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyunida qabul qilingan “O‘zbekiston Respub-
likasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
qabul qilingan Qarorida ham o‘z ifodasini topgan. Unda xususan, o‘zbek xalqi va
uning davlatchiligining haqqoniy tarixini o‘rganish, “eng qadimdan hozirga qadar
davlatchilik tarixiy bosqichlarida hududimizda yashagan xalqlarning siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma'naviy hayoti masalalarini o‘rganish» lozimligi
qayd etilgan
3
.
Ma'lumki, O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda arxeologiya fani muhim
rol o‘ynaydi. Chunki, mazkur fan orqali vatanimiz tarixi ning eng qadimgi
davrlardagi tarixinining dolzarb muammola riga oydinlik kiritiladi. Bu
jarayonda yurtimiz va qo‘shni davlatlar hududidan topilgan yodgorliklar
alohida ahamiyatga ega. Bunday yodgorliklar sirasiga Seleng‘ur,
Siyobcha, Jarqo‘ton, Sopollitepa, Kaltaminor, Chust madaniyati, Anov I,
Anov II, Qovunchi madaniyati, Namozgoh, Oltintepa kabi yodgorliklar
kiradi.
Ana shunday qadimiy yodgorliklardan biri – Turkmaniston hududi-
da joylashgan Oltintepa manzilgohidir. Bu manzilgoh bronza davriga oid
bo‘lib, uzoq yillar davomida yaxshi o‘rganilmagan yoki va e'tibordan
chetda qolganligi ajablanarlidir.
3
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “ЎзР ФА Тарих институти фаолиятини такомиллаш-
тириш тўғрисида”ги Қарорри // Ўзбекистон овози. 1998 йил 28 июль