adib, uni qaytadan ishlash maqsadi bo’lgani uchun e‘lon qilishga oshiqmadi”.
“Alisherning yoshligi” qissasida Hirotdagi 1447-1452 yillar tarixiy voqealar ,
shahzodalarning Shohruh vafotidan keyingi o’zaro taxt uchun kurashlari va shu
davrda o’tgan Alisherning bolalik (Alisherning to’rt yoshdan ) yillari haqida hikoya
qilinadi. Qissada Alisher obrazining takomili o’sha vaqtdagi tashqi muhit voqealari
va ziddiyatlari bilan uzviy aloqada tasvirlanadi. Xukmron doira orasida mavqei
ancha baland bo’lgan G’iyosiddin va Gulbegim bekaning oiladagi samimiyliklari,
o’zlarini sipo va oqilona tutishlari, farzandi Alisherning ham jismoniy ham aqliy
tomondan kamolotida muxim rol o’ynaganligi haqqoniy tasvirlanadi. Qissa
G’iyosiddin kichkina uyidagi mehmondorchilik yaqin do’stlarning samimiy
suhbatlari lavhasi bilan boshlanadi. G’iyosiddin Kichkina kamtar, jussasi kichik
hammaning hurmatini o’ziga tortar edi. Shuning uchun do’stlari ba‘zan Kichkina
bahodir ham der edilar. Malika Gavharshodbegim saroyiga
kelgan mehmonlar orasida
Alisherning onasi Gulbegim beka ham bor edi deb uni shunday tasvirlaydi :
“Hushbichim, kelishgan qomatli, yuzlari oppoq Gulbegimning ingichka qoshlari va
jilvali mehr chaqnagan qora ko’zlari go’zallikning eng zo’r omili edi. Katta zavq va
did bilan kiyingan , yigirma besh yoshlardagi bu juvon yig’inlarda ko’zga darrov
talanar, chehrasi issiq, yoqimli ayol edi”. Alisher o’zi yashagan davrning
ziddiyatlarini u qadar anglab yetmaydi. Shuning uchun Shohruhning Abdulatif bilan,
Abdulatifning Xonzodabegim va Gavharshodbegim bilan Ulug’bek to’g’risidagi
munozaralari mag’zini chaqa olmaydi. Abdulatifning o’z otasiga qarshi gaplaridan
dastlab hayron qoladi va ikkilanadi.
Alisherga xos fazilatlardan yana biri kattalarning fikr-mulohazalarini sinchikovlik
bilan tinglash, kim haq, kim nohaqligini bilishga intiladi. Shunday qilib yosh Alisher
xarakteri shakllana boradi. Chorsu maydonida dorga osilayotgan kishilarning holiga
ko’p qatori Alisher ham achinib ko’z yosh to’kadi. Alisher dor, darra kabi jazo
turlarini faqat eshitgan. Bu voqeani o’z ko’zlari bilan ko’rgandan keyin shafqatsizlik
va zulmkorlik tushunchasi kengaya boradi. Asarda qiz va yigit muhabbatining
poymol etilishi, ularning erk va sevgi uchun kurashi xalq qo’zg’oloniga sababchi
bo’ladi. Shohruh vafotidan keyin shahzodalar o’rtasida toj-taxt uchun kurash avj olib
ketdi. G’iyosiddin Kichkina yaqin qarindoshlari bilan Iroqqa yo’l oladi.SHahzodalar
urtasidagi janglarni yo’lda bir chol tilidan hikoya qiladi.CHolning gapi
shahzodalarga bergan bahosi Alisher qalbini larzaga soladi.
Asarda Alisherning san‘atga bo’lgan munosabati ham aks etgan. Naychi chol
obrazini olaylik. U bechora faqirlar tabaqasidan, hunari nay yasash va chalish,
hayotini naysiz tasavvur etmaydi. Yosh kitobxon cholning so’zlaridan uning hunari
naychilik ekanligini bilib oladi. “... – Nay o’zimizning qadimdan qolgan cholg’u,
mungli, ma‘yus qalblarning firoqi, alamlarini kuylaydur, to’y-bazmlarda uning
go’zal sadosi ko’ngillarga zavq to’ldiradur, ajoyib sehrkor cholg’udir nay.
Alisherbekning ishqi tushubdimi – o’rgaturmiz. O’g’lonim xohlasa balki mashhur
musiqa ahlidan bo’lur... Dildagi ohang nafas ila nayga o’tur... Barmoqlar kuyni
pardalarga solib turadur ”. Oybek keksa nuroniy naychi chol obrazi vositasida
insonparvarlik, ezgulik, odamiylik, saxiylik, yoshlarga muhabbat kabi g’oyalarni
targ’ib etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: