O’quv semestri -
oliy ta’lim muassasasida o’quv yilining yarmini tashkil
etuvchi o’zaro bog’langan fanlarning ma’lum majmuini o’zlashtirishga
mo’ljallangan va ular bo’yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi.
O’quv fani –
ta’lim muassasasida o’rganish uchun fan, texnika, san’at, ishlab
chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, ko’nikma va
malakalar tizimi
.
O’quv fanining dasturi
- ta’lim mazmuni, uning talabalar tomonidan
o’zlashtirqilishining eng mabul usullari, axborot manbalari ko’rsatilgan normativ
hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |