Loyihalash
– muammodan chiqib, uning taklif etilayotgan ijobiy hayotiy
yechimiga qadar bajariluvchi barcha amallarni qat’iy tartibda izchil joylashtirib
chiqish (“loyiha” deyilganda, murakkab ishlanmalarni yaratish bo‘yicha
tayyorlangan hujjatlar yig‘indisi tushuniladi).
Konsepsiya
– lotincha so‘z bo‘lib o‘zbek tiliga tarjima qilinganda, to‘plash,
birlashtirish va shuningdek, tizim, ibora ma’nolarini anglatadi.
Pedagogik adabiyotlarda V.G.Gulchevskaya, V.T.Fomenko, V.S.Kukushin,
T.I.Shamova, V.G.Bespalko, G.K.Selevko, Sh.A.Amonashvili, M.V.Bulanova-
Toparkova, A.V.Duxovneva, G.V.Suchkov, R.Shteyner, T.M.Davыdenko va
boshqa bir qator olimlar tomonidan e’tirof etilgan pedagogik texnologiyalarni bir
necha klassifaksiyasi mavjud. Pedagogika fani va amaliyotidagi barcha ma’lum
eng maqbul umumlashtirilgan texnologiyalarni G.K.Selevko tizimlashtirgan (9.1-
rasm).
202
9.1-rasm. Pedagogik texnologiyalar klassifikatsisi (G.K.Selevko bo‘yicha).
Quyida ushbu muallif tamonidan tuzilgan pedagogik texnologiya klassifatsiya
guruhlari tashkil etuvchilari keltirilgan.
qo‘llanish darajasi va tavsifiga ko‘ra:
metatexnologiyalar,
makrotexnologiyalar, mezotexnologiyalar (lokal, modulli) mikrotexnologiyalar
(muayyan-shaxsli);
falsafiy asosiga ko‘ra:
ilmiy, diniy, ijtimoiy, pragmatik va boshqa
texnologiyalar.
Pedagogik
texnologiyalar
klassifikatsisi
(G.K.Selevko
bo‘yicha)
Qo‘llanilish
darajasi va
tavsifiga ko‘ra
Ta’lim
oluvchilarga
yondashuviga
ko‘ra
Tashkiliy
shakllariga
ko‘ra
Mazmuni va
tuzilishi
tavsifiga ko‘ra
Ta’lim
metodining
ustivorligiga
ko‘ra
Falsafiy
asosiga ko‘ra
Psixik
rivojlanishini
yetakchi
omiliga ko‘ra
Bilish
faoliyatini
boshqarish
turiga ko‘ra
Ta’lim va
tarbiya
jarayonining
ilmiy
konsepsiyasig
a ko‘ra
Shaxsiy
yo‘naltirilganl
igiga ko‘ra
Ta’lim
oluvchilar
toifasiga ko‘ra
An’anaviy
tizimni
modernizatsiy
alash
yo‘nalishiga
ko‘ra
203
psixik rivojlanish yetakchi omiliga ko‘ra:
biogen, sotsiogen, psixogen
texnologiyalar.
shaxsiy yo‘naltirilganligiga ko‘ra:
ma’lumotli, operatsion, emotsional-
badiiy emotsional-ahloqiy, o‘z-o‘zini rivojlantirish, evristik texnologiyalar.
mazmuni va tuzilishi tavsifiga ko‘ra:
ta’limiy va tarbiyaviy, diniy va
dunyoviy, umumta’lim va kasbiy yo‘nalganlik, gumanitar va texnokratik, kompleks,
xususiy-predmetli texnologiyalar.
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish turiga ko‘ra:
klassik an’anaviy,
sinf-dars shaklidagi ma’ruzali o‘qitish; o‘quv adabiyotlari yordamida zamonaviy
an’anaviy
o‘qitish; axborot-texnik
vositalari
yordamidagi
an’anaviy
o‘qitish; “kichik guruhlarda ” o‘qitish; o‘qitishning “repititor” tizimi; masofaviy
o‘qitish; kompyuterda o‘qitish; muammolli o‘qitish; dasturlashtirilgan o‘qitish
texnologiyalari.
ta’lim oluvchiga yondashuvga ko‘ra:
avtoritar, didaktotsentrik,
shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar.
ta’lim metodining ustivorligiga ko‘ra:
dogmatik, reproduktiv,
tushuntirish-namoyish etuvchi, muammoli, rivojlantiruvchi texnologiyalar.
ta’lim oluvchilar toifasiga ko‘ra:
ommaviy, an’anaviy texnologiya,
ilgarilanma saviyadagi texnologiya, kompensiyalovchi o‘qitish, qiyin va
qobiliyatli talabalar bilan ishlovchi texnologiyalar.
ta’lim va tarbiya jarayoni ilmiy konsepsiyasiga ko‘ra:
assotsiativ-
reflektorli,
faoliyatli,
rivojlantiruvchi,
interiorizatorli,
bixevioristik,
geshtalttexnologiya, neyrolingvistik dasturlashgan texnologiya, suggestiv,
psixotahliliy, nasliy (genetik),sotsioenergetik texnologiyalar.
ijtimoiy-pedagogik
faoliyatning
asosiy
turiga
ko‘ra: ta’limiy
(didaktik), tarbiyaviy va rivojlantiruvchi;
pedagogik qo‘llab-quvvatlovchi
(kuzatib
boruvchi);
samarali
ijtimoiylashuvga
sharoit
yaratishga
yo‘nalgan;
boshqaruvchi (bashoratlovchi, monitoring) texnologiyalar.
an’anaviy tizimni modernizatsiyalash yo‘nalishiga ko‘ra:
hamkorlik
pedagogikasi, ijtimoiy-shaxsiy, protsessual yo‘nalgan texnologiyalar.
204
Do'stlaringiz bilan baham: |