7.3.
Interfaol metodlarning o‘ziga xos jihatlari va turlari.
Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni
egallashga o’rgatib kelingan. Bunday metod talabalarda mustaqil fikrlash, ijodiy
izlanish, tashabbuskorlikni so’ndiradi.
Psixologlar tadqiqotlariga ko‘ra 100 % ko‘rsatkichga ega bo‘lgan yangi
ma’lumotni taqdim qilishda o‘qituvchi qo‘llayotgan metodga qarab, uning ta’lim
oluvchilar tomonidan qabul qilinishi va xotirada saqlanib qolishida quyidagidek
farqlarning kuzatilishini aniqlashgan.
1 - g u r u h m e t o d l a r i . Ma’ruza o‘qish, hikoya qilish, tushuntirish,
og‘zaki yo‘riqnomalar berish – 5 %.
2 - g u r u h m e t o d l a r i . Yangi ma’lumot qayd etib qo‘yilgan matnni
o‘qitish – 10 %.
3 - g u r u h m e t o d l a r i . Ma’lumotga oid rasmlar, chizmalar, jadvallar,
xaritalar, diagrammalar, videostasvirlar yoki hajmli modellar ko‘rsatish – 20%.
4 - g u r u h m e t o d l a r i . Ma’lumotni nutq vositasida bayon etish bilan
barobar, unga oid tasviriy materiallarni ko‘rsatish – 30 %.
160
5 - g u r u h m e t o d l a r i . O‘quv materiali haqidagi ma’lumotlar yuzasidan
o‘qituvchi va talabalar yoki talabalar bilan talabalar o‘rtasida “aqliy hujum”
o‘tkazish, suhbat yoki munozaralar tashkil etish – 40 %.
6 - g u r u h m e t o d l a r i . Bir vaqtning o‘zida ma’lumot qayd etib qo‘yilgan
matnni o‘qitish, uning muhim joylarini yozdirish, ma’lumot asosida suhbat yoki
munozaralar tashkil etish – 50 %.
7 - u s u l . Ma’lumotni o‘zlashtirish uchun talabadan ma’lumot qayd etib
qo‘yilgan matnni mustaqil tarzda o‘qishini, ma’lumotni tahlil qilishini, uning
mazmuni asosida biror narsa yozishini, boshqalar bilan ma’lumotni muhokama
qilishini, o‘z fikrlarini himoya qilishini, o‘zlashtirganini namoyish qilishini tashkil
etish – 75 %.
8 - u s u l . O‘quv materiali mazmunining talaba tomonidan boshqalar ongiga
yetkizilishini, ya’ni boshqalarga o‘qitilishini tashkil etish – 90 %.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar (innovatsion pedagogik
texnologiyalar)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko’tarishga bo’lgan
qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormokda. Innavatsion texnologiyalar
qo’llanilgan mashg’ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib
topishlariga, mustakil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari
keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O’qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning
rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan
bir qatorda, boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o’quv
jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. Hozirgi davrda sodir bo’layotgan
innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi
axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan bilimlarini o’zlari tomonidan baholashga
kodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustakil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.
Shuning uchun ham, oliy ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy
jarayonida zamonaviy o’qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion
texnologiyalarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Interfaol ta’lim metodlari va
ularning ta’limda qo’llanishiga oid bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va etuk
malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.
161
Innovatsiya
(inglizcha
innovation
)
yangilik
kiritish,
yangilik
demakdir.Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va
talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda
asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Interfaol
(“inter”
- bu o’zaro, “
act”
- harakat qilmoq) - o’zaro harakat qilmoq
yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo’lishni anglatadi. Boshqacha so’z
bilan aytganda, o’qitishning interfaol metodlari -bilish va kommunikativ faoliyatni
tashkil etishning maxsus shakli bo’lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb
qilingan bo’ladilar, ular biladigan va o’ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash
imkoniyatiga ega bo’ladilar. Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman
talabalarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida interfaol ta’limni tashkil etishda
quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qo‘llanilmoqda:
Interfaol metodlar: “Keys-stadi”, “Blits-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy
ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat” va boshqalar;
Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-
zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-sxema”, “BBB”, “Yumaloqlangan qor” va
boshqalar;
Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “Konseptual jadval”, “Venn
diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqalar.
Ta’lim jarayoni interfaol metodlar asosida tashkil etilganda ta’lim oluvchilarning
intellektual, ijodiy fikrlashlarini rivojlantirish, o‘z fikrini asoslab berishga
o‘rganishi, o‘zgalar fikrini tinglay olishi, muammolar yechimini topishga harakat
qilishi, ijodiy va axloqiy rivojlanish jarayonlariga samarali ta’sir etadi. O‘qituvchi
ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim metodlaridan foydalanganda, avvalo, ushbu
metodning mohiyati, undan foydalanish metodikasini bilishi muhimdir.
Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan interfaol metodlarning o’ziga xosligi
shundaki, ular faqat o‘qituvchi va talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi
orqali amalga oshiriladi.
162
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib,
ularga quyidagilar kiradi:
talabaning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish
va izlanishga majbur etilishi;
talabalarning o’quv jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlarini doimiyligini
ta’minlanishi;
talabalarning fanga bo’lgan qiziqishlarini mustakil ravishda har bir masalaga
ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;
o‘qituvchi va talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil
etilishlari kiradi.
163
O‘qituvchi - olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida quyidagi savollariga
Do'stlaringiz bilan baham: |