Ismailova Zukhra Karabayevna, Maxsudov Po’lat Maxsudovich, Ergashev Oybek Karimovich



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/222
Sana01.01.2022
Hajmi3 Mb.
#291914
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   222
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

mustaqil  ta`lim
  –  o’quv  materialini  mustaqil  o’zlashtirish,  murakkablik  darajasi 
turlicha  bo’lgan  topshiriqlar,  amaliy  vazifalarni  auditoriyada  hamda 
auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy  
ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir.
  


 
131 
Pedagog olimlarning aksariyat qismi mustaqil ta`limni tashkil etish jarayonini 
faollashtirish  masalasini  umumiy  muammo  sifatida  qaraydilar.  Jumladan,  bu 
boradagi  ishlarning  bir  qismida  talabalarning  mustaqil  ta`lim  olishlarini  tashkil 
etishga  shaxs  nuqtai  nazaridan  yondoshish  ko’zga  tashlanadi.  Bunda  u  faol, 
ta`limda,  kasbiy  mahoratini  oshirishda  yuqori  natijalarga  erishishga  intiluvchi,  
pedagoglik  kasbini  tanlash  va  egallash  ishida  jamiyat  ehtiyojlaridan  kelib 
chiquvchi shaxsni shakllantirishda mustaqil ta`lim muhim omil sifatida qaraladi.  
Mustaqil  ta`lim  olishni  tashkil  etish    uchun  nafaqat  muayyan  kasbga  yoki 
faoliyat sohasiga qiziqish, balki ushbu faoliyat turiga layoqatning mavjud bo’lishi 
ham talab etiladi. 
Mustaqil  ta`lim  shaxsning  o’zi  tomonidan  boshqarilishini  e`tiborga  olib,  bu 
faoliyat  bilan  inson  erkin  holda  va  istagan  vaqtida  manbalardan  o’zi  tanlab, 
maqsad, vosita, mazmun nuqtai nazaridan foydalanishi mumkin. 
Mustaqil  bilim  olishda  avtonomlik  bu-o’qitish  maqsadlari,  tamoyillari, 
mazmuni,  metodi  va  vositalarni  aniqlash  va  tanlash,  ularni  qiynalmasdan  hamda 
tashqi ta`sir yordamisiz, amalga oshirish qobiliyatidir. 
Mustaqil ta`lim bevosita mustaqil fikrlash bilan uzviy bog’liqligi sababli unga 
berilgan  ta`rifni  ham  keltirib  o’tish  maqsadga  muvofiq:  “Mustaqil  fikrlash  - 
insonning o’z oldida turgan muammolarni maqsad va vazifalarini belgilagan holda 
o’z  bilimi  va  hayotiy  tajribalariga  tayanib,  turli  yo’l,  usul,  vositalar  yordamida, 
o’zining intellektual imkoniyatlari darajasida mustaqil ravishda hal qilishdan iborat 
bo’lgan aqliy faoliyatidir”. 
Talabalar o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz yoki bilvosita boshqaruvida, u 
tomonidan  berilgan  topshiriqni,  darslik    yoki  boshqa  manbalar  asosida  individual 
bajaradigan  ishi  mustaqil  ta’lim hisoblanadi. Talabalarning mustaqil ta’limi  o‘quv 
jarayonining  ajralmas  qismidir.  O‘quv  materiallarining  talabalar  tomonidan 
mustaqil  o‘zlashtirilishini  takomillashtirishmasdan  zamonaviy  ta’lim  oldiga 
qo‘yilgan vazifalarni talab darajasida bajarish mumkin emas. 


 
132 
O‘quv  jarayoni  sifatini  oshirishda  mustakil  ta’limning  o‘rni  albatta 
beqiyosdir.  O‘qituvchidan  tayyor  ma’lumot  olgandan  ko‘ra  mustaqil  faoliyat 
jarayonida olgan bilimni o‘zlashtirish nisbatan ancha yaxshi natija beradi. 
Hozirgi  davrda  ta’lim  tizimi  oldiga  qo‘yilgan  vazifalarni  bajarish, 
talabalarning mustaqil ravishda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi, ularning kasbiy 
rivojlanishini 
rag‘batlantirish, 
ularda 
ijodiy 
faollikni 
tarbiyalashda 
o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirish zarur. 
Talaba va o‘qituvchi mustaqil ta’lim ularning manfaati uchun olib borilishini 
tushunishi kerak. Talaba bajarayotgan mustaqil ish o‘qtiuvchisi uchun emas, balki 
o‘zi  uchun,  uning  kelajakdagi  muvaffaqiyatini  ta’minlashining  asosiy  omili 
ekanligini  qalbdan  his  qilmog‘i,  olayotgan  bilim  natijasiga  o‘zi  mas’ulligini 
anglashi kerak. O‘qituvchi  esa  mustaqil ta’lim faqatgina  talaba uchun  emas, balki 
o‘zi  uchun  ham  kerak  ekanligi,  o‘zini  ishini  osonlashtirish,  mustaqil  fikr  yurita 
oladigan  talabalar  bilan  muloqotda  bo‘lib,  o‘z  bilimini  boyitish  va  kelajakda 
xizmat  pog‘onalarida  o‘sishini  ta’minlashini  anglamog‘i  lozim.  Shu  bilan  bir 
qatorda,  o‘qituvchining  o‘kuv  jarayonida  talabalar  bilan  hamkorligi,  ularning 
mustakil  ta’limga  ishonchini  shakllantirishi,  o‘qitishning  axborot  va  pedagogik 
texnologiyalaridan  foydalanayotganini  ko‘rsata  olishi,  ma’ruzalarni  a’nanaviy, 
ya’ni  faqatgina  ma’lumot  berish  bilan  chegaralanmasdan,  balki  muammoli, 
interfaol  usul  va  texnologiyalarda  olib  borishi  kutilayotgan  ijobiy  natijalarga  olib 
keladi. 
Mustakil  ta’limni  faollashtirmasdan  oliy  ta’limda  talabalarni  samarali 
o‘qitish  qiyin.  Hozirgi  davr  mutaxassisidan  yuqori  darajadagi  tayyorgarlik, 
mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olish, belgilangan  vazifalarni bajarish uchun 
ko‘p  ma’lumotlar  orasidan  eng  maqbulini  tanlab  olish  va  bu  ma’lumotlarni  qayta 
ishlay olish talab qilinadi. 
Hozirgi  zamon  talabiga  javob  bera  oladigan  mutaxassislarni  tayyorlash 
uchun  o‘quv  jarayonini  tashkil  etishni  jiddiy  ravishda  o‘zgartirish,  auditoriya 


 
133 
soatlari  ulushini  kamaytirish  hisobiga  talabalarning  mustakil  ta’limi  salmog‘ini 
oshirish zarur. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish