2.2. Maishiy va uy-ro‘zg‘or asboblarni elektr energiyasi bilan ta’minlash Avtonom elektr ta’minotda elektr maishiy asboblar ishining tejamkorligiga
asosiy e’tiborni qaratish zarur. Bir tarafdan, elektrotexnik buyumlarning energetik
tavsifi maishiy texnika takomillashuvi darajasini aniqlovchi ko‘rsatkichlaridan biri
hisoblanadi. Ikkinchi tarafdan esa boshqa avtonom energiya manbaining quvvat va
tannarx tavsiflarini aniqlab beradi.
2.3-jadvalda davriyligi va namunaviy o‘rtacha sutkalik ish vaqtini ko‘rsatgan
holda dehqon xo‘jaligini maishiy jihozlash uchun namunaviy va yetarlicha to‘liq
elektr jihozlar ro‘yxati keltirilgan. Energiya tejaydigan maishiy elektr jihoz tanlash
bo‘yicha ba’zi bir tavsiyalar keltiramiz va undan energiya iste’mol qilishga sifatli
baho beramiz.