Toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/128
Sana01.01.2022
Hajmi3,53 Mb.
#291462
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128
Bog'liq
jjj

pudratchilik
 
uslubi
ga  o‘tilishi  xalq  xo‘jaligining  qurilish 
sohasini shakllantirilishi uchun qulay shart–sharoitni yuzaga keltirgan. Bu davr 
davomida  qurilishni  tashkil  qilish  masalasi  mamlakat  hukumatining  diqqat  – 
e’tiborini  o‘ziga  jalb  qilgan.  1931  yilda  mamlakatda  birinchi  marta  Qurilishni 
tashkil  etish  Yetakchi  loyihalash  va  ilmiy  tadqiqot  instituti  (
Giproorgstroy

(joriy  davrdagi  Qurilishni  tashkillashtirish,  mexanizatsiyalashtirish  va  texnik 
yordam  ko‘rsatish  Markaziy  ilmiy  tadqiqot  instituti  –  QTMTYOMITI)  tashkil 
qilingan,  bu  institut  qurilishni  tashkil  qilish  bo‘yicha  dastlabki 
me’yoriylashtirishga oid hujjat hisoblangan – «Ishlab chiqarish ishlarini tashkil 
qilishni  loyihalash  bo‘yicha  materiallar»  hujjatini  ishlab  chiqqan.  Oliy  o‘quv 
yurtlarida  dastlabki  qurilish  ishlab  chiqarish  kafedralari  o‘z  faoliyatini 
boshlagan. 
Bu  davrga  kelib,  so‘nggi  vaqtlargacha  mavjud  bo‘lgan  shakllarga 
qurilishda tashkiliy shakllarga yakuniy ko‘rinishda aniqlik kiritilgan, shuningdek 
qurilish bo‘yicha barcha ishlar majmualarini amalga oshiruvchi bosh pudratchi, 
ixtisoslashtirilgan  pudratchi  tashkilotlari  va  qurilishda  Loyiha  hujjatlari  va 
moliyalashtirishni ta’minlovchi, bajarilgan ishlarni qabul qiluvchi va korxonani 
foydalanishga  tayyorlovchi  buyurtmachi  funksiyalarida  farqlanish  qayta  qarab 
chiqilgan. 
1930  yillar  boshlarida  yig‘ma  temirbeton  konstruksiyalar  bilan  ish  olib 
borish  nafaqat  yangiligi  tufayli  psixologik  jihatdan  qo‘rqish  hissi  ta’sirida, 


13 
 
shuningdek  bu  soha  odatlanilmagan  yo‘nalish  hisoblanganligi  va  kerakli 
texnologiyalar  hamda  asbob-uskunlar,  qurilmalarning  mavjud  emasligi  sababli 
juda sekinlik bilan amalga oshirilgan. Qurilish industriyasi sohasida zavodlarda 
katta  ko‘lamdagi  moliyaviy  vositalarni  sarflash  uchun  hali  iqtisodiy  shart–
sharoitlar  pishib  yetilmaganligi  uchun  ham  bu  rivojlanish  yo‘li  istiqbolli 
yo‘nalish  sifatida  tan  olinmagan.  Barcha  temirbeton  yig‘malari,  yog‘ochdan 
ishlangan va ko‘proq  miqdordagi  metaldan  yasaluvchi  konstruksiyalar qurilish 
maydonlarida  va  tashkil  qilingan  vaqtinchalik  poligonlarda  tayyorlangan.  Bu 
davrda metall konstruksiyalar va temirbeton yig‘malarini tayyorlovchi dastlabki 
zavodlar qurila boshlangan. 
1930  yillarning  oxirlariga  kelib,  ishlab  chiqarishga  oid  –  texnik  bazani 
yaratish  bo‘yicha  ishlar  boshlangan.  Ishlab  chiqarish  korxonalari  tomonidan 
qurilish  industriyasiga  tegishli  yordamchi  korxonalar  emas,  balki  mustaqil 
faoliyat olib boradigan dastlabki zavodlar qurildi.  
Urush  yillariga  qadar  uch  yarim  yil  davomida  3000  dan  ortiq  yirik 
korxonalar  ishga  tushirilgan.  1939  yilda  mamlakat  tarixida  birinchi  marta 
qurilish  Vazirligi,  ya’ni,  Sobiq  Ittifoq  qurilish  xalq  qo‘mitasi  (
Narkomstroy

tashkil  qilinib,  texnik  siyosat  yuritilishini  ta’minlagan.  Bu  holatda  pudratchi 
qurilish tashkilotlarining yakuniy ko‘rinishdagi tizimi tashkil qilingan. Qurilish 
xalq  qo‘mitasi  tomonidan  amalga  oshirilgan  dastlabki  chora-tadbirlardan  biri 
sifatida «Ishlab chiqarish ishlari rejalarini (loyihalarini) ishlab chiqish bo‘yicha 
ko‘rsatmalar»  tayyorlandi  (1940  yil).  Bu  davrda  sanoat  inshootlari  va  turar-
joylar  qurilishlarida  ishlab  chiqarish  ishlarini  tashkil  etishda  taraqqiy  etgan 
uslublar  –  jumladan,  qurilishni  muhandislik  tayyorlanishi,  ishlarni  bajarishda 
sutkalik  grafiklar,  loyihalashning  joriy  etilishi,  qurilish  ishlarini  tezkor  oqim 
uslubida bajarishning jiddiy tatbiq qilindi (Donbass, Moskva va kabi joylarda). 
Ikkinchi jahon urushi yillarida quruvchilar eng og‘ir sharoitlarda faoliyat 
olib  borib,  jumladan,  sobiq  Sovet  mamlakatining  sharqiy  qismida  mudofaa 


14 
 
inshootlari  qurilishida  ulkan  hajmli  ishlar  bajarishiga  majbur  bo‘linib, 
mamlakatning  g‘arbiy  qismidan  sanoat  korxonalarini  sharqqa,  shu  jumladan, 
O‘zbekistonga  ko‘chirilgan.  Bu  davrda  qurilishlar  urushdan  avvalgi  davrga 
nisbatan  zudlik  bilan  qurilgan.  Masalan,  texnologik  anjomlarni  tezda  o‘rnatib 
ishga  tushirish  maqsadida  ularning  texnologik  jixozlarning  poydevorlarini  va 
ularni  o‘zlarini  ochiq  havoda  qurilishi  qo‘llanilgan.  1943  yildan  boshlab, 
nemislar bosib olgan hududlar ozod qilinishi bu yerlarda shahar va korxonalar 
qayta  qurilgan  va  tiklangan.  Urush  oxiriga  qadar  7500  ta  korxona  qayta 
tiklangan,  3500  korxona–yangidan  qurib  ishga  tushirilgan.  Urush  yillarida 
quruvchilar jonbozligi bilan g‘alabaga muhim hissa qo‘shganlar. 
Urushdan  keyingi  davrda  qurilish  sohasi  eski,  yarim  hunarmand  – 
kosibchilik asosidagi uslublardan industrial uslubga o‘ta boshladi. Bu davrning 
o‘ziga  xos  jihatlaridan  biri  –  yig‘ma  temirbeton  asosiy  konstruksiya  materiali 
o‘rnini egalladi. Bunda industrial qurilishda yuzaga kelgan muammolar urushga 
qadar  ham  faol  o‘rganilganiga  qaramay,  ular  faqat  1950  yillarga  kelib  hal 
qilindi. 
Oqim  uslubida  qurilishni  tashkil  etishni  umumlashtirish  bo‘yicha  ishlar 
olib borilgan bo‘lib, bunda asosiy diqqat yil davomida, jumladan qishda amalga 
oshiriladigan  ishlarga,  yani  qurilish  davrini  qisqartirishga  qaratilgan.  Sobiq 
Ittifoq  xalq  xo‘jaligining  deyarli  barcha  sohalarida  qurilish  ishlari  bo‘yicha 
Vazirliklar (Minuglestroy, Minmetallurgximstroy va h.k.) tashkil qilinib, bu ham 
yetarli bo‘lmaganda esa – qurilishga oid bo‘lmagan vazirliklar tarkibida qurilish 
ishlari bo‘yicha bosh boshqarmalar tashkil etilgan.  
1954  yilda  mamlakat  hukumati  tomonidan  «Temirbeton  yig‘ma 
konstruksiyalar  va  qurilish  uchun  ayrim  buyumlarni  ishlab  chiqarishini 
rivojlantirish haqida»gi Qaror qabul qilingan va undan keyin ishlab chiqilgan bir 
qator qarorlarda bino va inshootlarning zavod sharoitida mexanizatsiyalashtirish, 
tayyor konstruksiyalar asosida montaj qilish va qurilishni tezlashtirish yo‘llariga 


15 
 
aniqlik  kiritilgan.  Qurilishni  texnik  jihatdan  rivojlantirishda  industriallashtirish 
asosiy yo‘nalish qilib belgilangan. Bunda maqsadga yo‘naltirilgan tarzda barcha 
quvvat, harbiy sanoat majmuyi (VPK) tashkilotlarigacha bo‘lgan mamlakatning 
barcha resurslari, turar joy qurilishiga yo‘naltirilib, bu qisqa muddatda qurilish 
industriyasini  deyarli  yangidan  yaratish  imkonini  bergan.  Bu  davrdan  keyingi 
yillarda turar joy qurilishi, mazmun–mohiyatiga ko‘ra, o‘ziga xos inqilob davri 
sifatida tan olingan. Yig‘ma konstruksiyalar asosida turar-joylarni qurishda turar 
joy  qurilishi  sohasining  gurkirab  o‘sa  boshlangan.  To‘liq  holda  yig‘ma 
konstruksiyalardan foydalanishga keskin burilish tarzida qaror qilinishi asosida 
shaharlarda  keng  ko‘lamli  qurilishlarning  amalga  oshirilishi  bevosita  tamoyil 
jihatidan  yangi  ko‘rinishdagi  qurilish  yuzaga  kelishi  uchun  qulay  shart  – 
sharoitlar  yaratgan,  ya’ni  ishlab  chiqarish  va  qurilish  sohasi  faoliyatining 
birlashtirilishi  asosida  –  ommaviy  turar  joy  qurilishining  zamonaviy  shakli 
hisoblangan – uy–joylar qurilishi kombinatlari (UJQK) tashkil qilingan.  
O‘zbekistonda  zilzila  sodir  bo‘lgandan  keyin  qurilish  industriyasini 
rivojlanishi, hozirgi MDH davlatlarining beg‘araz yordami bilan amalga oshdi: 
Toshkentni  qurish  bosh  boshqarmasi,  metro  qurilish,  koplab  uy-joy  qurilish 
kombinatlari va temirbeton buyumlari zavodlari qurilishiga olib keldi. 
1960-1970  yillarda  qurilish  sohasi  ko‘lami  yuqori  tezlikda  rivojlanishi 
qayd  qilinib,  biroq  so‘nggi  yillarda  mamlakat  iqtisodiyotida  asta–sekin  salbiy 
tendensiyalar  avj  oldi.  Asosiy  fondlarning  sezilarli  darajada  ortishiga 
qaramasdan,  ish  haqi  darajasining  ortib  ketib  mehnat  unumdorligining  o‘sishi 
keskin  susayishi,  shuningdek  ishlab  chiqarish  va  mehnat  intizomining  pasayib 
ketishi,  qurilish  davrining  me’yorilarida  ko‘rsatilganiga  nisbatan  ikki  –  uch 
marta  cho‘zilib  ketishi,  sifatning  pasayib  ketishi,  kam  quvvatli  qurilish 
tashkilotlari ko‘payishi, qurilishda boshqaruv apparati va o‘z navbatida qurilish 
tannarxining ortib borishi kabi holatlar kuzatilgan.  


16 
 
Qurilish sohasida yuzaga kelgan bu kabi murakkab vaziyat, o‘z navbatida, 
mamlakatning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanishiga  to‘sqinlik  qila  boshlagan. 
Qabul  qilingan  chora–tadbirlar  tubdan  o‘zgartirishlar  amalga  oshirilishini 
ta’minlay olmagan. 
1980-yillarda  davlat  hukumati  va  partiya  rahbariyati  kapital  qurilishni 
tubdan takomillashtirish masalasini ilgari suradi. Qurilish sohasini tashkil qilish 
va  boshqarish  bo‘yicha,  shuningdek  loyihalash  –  smeta  ishlari,  ekspertiza  va 
mualliflik nazoratining roli, ish haqi to‘lash va mehnatni rag‘batlantirish tizimini 
takomillashtirish  haqida,  industriallashtirishni  rivojlantirilishi  va  qurilishda 
mehnat ish unumdorligini oshirishga doir  ketma–ket farmon va qarorlar qabul 
qilindi. Biroq, ushbu me’yoriy hujjatlarda qayd qilingan chora-tadbirlar kutilgan 
natijalarni bermadi. 
Qayta  qurish  davri  boshlanish  yillarida  (1886  –  yil)  qurilish–montaj 
tashkilotini  (QMT)  to‘lig’icha  xo‘jalik  hisobiga  o‘tkazish  va  o‘z–o‘zini 
moliyalashtirish  tizimini  joriy  qilishga  urinishlar  amalga  oshirilgan.  Biroq, 
rejalashtirilgan  xo‘jalik  va  siyosiy  tizim  inqiroz  holatida  ekanligi  oydinlashdi. 
«

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish