Toshkent arxitektura qurilish instituti


Loyihaning tashkiliy – texnologik hujjatlari



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/128
Sana01.01.2022
Hajmi3,53 Mb.
#291462
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   128
Bog'liq
jjj

 
4.6. Loyihaning tashkiliy – texnologik hujjatlari 
 
Loyihaning  tashkiliy  –  texnologik  hujjatlariga  (TTH)  qurilishni  tashkil 
qilish loyihasi (QTL) va ishlarni bajarish loyihasi (
IBL
), shuningdek qurilishni 
tashkil  qilish  va ishlab  chiqarish  ishlari  texnologiyalari  bo‘yicha  yechimlarga 
ega bo‘lgan boshqa hujjatlar ham kiradi.  
Qurilish  ishtirokchilari  boshqa turdagi 
Loyihaning  tashkiliy  – texnologik 
hujjatlari
 (sifat bo‘yicha ko‘rsatmalar, korxona standartlari, sifatni nazorat qilish 
sxemasi,  ishlarni  tashkil  qilish  loyihalari,  mehnat  jarayonlari  xaritasi  va  h.k.) 
ishlab  chiqishlari  va  foydalanishlari  ham  mumkin.  Bunda  ko‘rsatilgan 
qo‘shimcha  hujjatlar  qurilish  ishtirokchilari  o‘rtasida  bajarilishi  majburiy, 


154 
 
muhim  hujjat  hisoblanib,  bitta  tashkilot  doirasida  esa  –  buyruq  tartibida  joriy 
qilinadi.  
Minimal tarkib
 (
Loyihaning zarur tashkiliy – texnologik hujjatlari qismi

mehnat  muhofazasi,  aholi  va  atrof–muhitni  muhofaza  qilishi  ta’minlashi  talab 
etilib,  shuningdek  ishlar  bajarilishi  shartnoma  va  Loyiha–qurish  hujjatlari 
(LQH)  talablariga  mos  kelishini  baholash  uchun  zarur,  barcha  turdagi  nazorat 
ishlarini bajarish imkoniyatlari nazarda tutiladi. Mahalliy o‘z–o‘zini boshqarish 
nazorat  organlari  talablari  bo‘yicha  loyihaning  tashkiliy–texnologik  hujjatlari 
tarkibida qo‘shimcha materiallar ishlab chiqiladi.  
Loyihaning tashkiliy–texnologik hujjatlari
 tarkibidagi hujjatlarning shakli 
va  tarkibi  ishlab  chiquvchilar  va  buyurtmachilar  qarab  chiqishi  asosida  qabul 
qilinib,  QMQ  va  ShNK  talablariga  mos  kelishi  kerak,  foydalanuvchilar  va 
nazorat  qiluvchi  organlar  uchun  qulay  shakldagi  axborotlar  asosida  tuzib 
chiqilishi talab qilinadi. 
Loyihaning  tashkiliy–texnologik hujjatlari
  ishlab  chiqariladigan  tashkilot 
standartlariga muvofiq tasdiqlanishi va qayddan o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.  
Ob’yekt  bo‘yicha  umumiy  holatda  qurilish  maydonida  loyihaning 
tashkiliy–texnologik hujjatlari tarkibidagi yechimlar bino va inshotlarni qurishda 
ishtirok  etishi  nazarda  tutilgan  barcha  shaxslar,  tashkilotlar  uchun  bajarilishi 
majburiy  bo‘lib  ular  tomonidan  bu  hol  tilxat  bilan  qayd  qilishgacha 
ta’minlanadi. 
Qurilishni tashkil qilish loyihasi
 loyiha yoki ishchi hujjatlar tarkibida bosh 
loyihachi  tomonidan  yoki  uning  rahbarligi  ostida  boshqa  loyihachi  tashkilot 
tomonidan ishlab chiqiladi.  
Qurilishni  tashkil  qilish  loyihasini  (QTL)  ishlab  chiqish  uchun  quyidagi 
boshlang‘ich ma’lumotlar
 xizmat qiladi:  

 
«Qurilishda investitsiyalarni asoslash» materiallari; 

 
Muhandislik tadqiqotlari; 


155 
 

 
Qurilishning  vaqtinchalik  muhandislik  tarmoqlari  bilan,  shuningdek 
mahalliy qurilish materiallari bilan ta’minlanganlik ma’lumotlari; 

 
bino  va  inshootlarning  hajmiy–rejalashtirishga  va  konstruksiyalarga 
oid yechimlari hamda ishga tushirish majmualarini loyihash bilan birga, asosiy 
ishlab chiqarishning prinsipial texnologik sxemalari; 

 
erdan foydalanish shartnomasi yoki qurilishning vaziyatga oid rejasi; 

 
shunga  o‘xshash  binolar  va  inshootlar  bo‘yicha  loyiha  hujjatlari 
ma’lumotlari; 

 
qurilish uchun qurilish maydonidan tashqarida joylashgan hududlardan 
foydalanish haqidagi ma’lumotlar; 

 
ob’yektning muhandislik ta’minoti bo‘yicha texnik shartlar (TSh) yoki 
qurilish  hududiga  tushib  qolgan  bino  va  inshootlarning  buzilishi  yoki 
muhandislik tarmoqlarining qayta joylashtirilishi bo‘yicha qarorlar

 
boshqa ma’lumotlar va chora–tadbirlar: jumladan, vaqtinchalik turar – 
joylarni loyihalash zarurati, qayta konstruksiyalash davomida foydalanishga oid 
xizmatlarning  o‘zaro  aloqalari,  qurilishi  belgilangan  qurilishlarning  uning 
yaqinida joylashgan bino va inshootlarga ta’siri va boshqalar. 
Qurilishni tashkil qilish loyihasining minimal tarkibi quyidagi hujjatlardan 
tashkil topadi: 

 
Qurilishning 
taqvimiy rejasi (TR)


 
Talab  qilingan  hollarda  qurilishning  tayyorgarlik  va  navbatdagi 
davrlari uchun alohida 
Qurilishning bosh tarhi (QBT)
;  

 
Tushuntirish xati. 
Qurilishni  tashkil  qilish  loyihasining  nisbatan  kengaytirilgan  variantda 
ishlab  chiqilishi  zarurati  Quruvchi  yoki  Investor  tomonidan  qurilishga  ruxsat 
beradigan  organ  bilan  kelishgan  tarzda  qabul  qilinadi.  Bu  ko‘rsatmalar 
loyihalash topshiriqlarida o‘z aksini topadi. 


156 
 
Ishlarni  ishlab  chiqarish  (bajarish)  loyihasi
  bosh  pudratchi  yoki 
subpudratchi  tashkilot  tomonidan,  o‘z  hisobidan  yoki  texnologik  loyihalash 
uchun  maxsus  ruxsatnomaga  ega bo‘lgan tashqi  bajaruvchi topshirig‘iga ko‘ra 
ishlab chiqiladi.  
Quyidagilar  ishlarni  bajarish  loyihasi  (IBL)  uchun  boshlang‘ich 
ma’lumotlar bo‘lib xizmat qiladi: 

 
qurilishni tashkil qilish loyihasi (QTL); 

 
ishchi hujjatlar (IH); 

 
namunaviy texnologik xaritalar; 

 
mehnat resurslari xaritasi; 

 
sifat bo‘yicha ko‘rsatmalar; 

 
ishlarni  bajarish  loyihasini  ishlab  chiquvchi  tashkilotning 
standartlari; 

 
joriy  me’yoriy  hujjatlar  (ShNK,  QMQ,  MUM  –  majmuaviy 
umumlashtirilgan  me’yorlar,  ishlarni  bajarish  va  qabul  qilish  bo‘yicha 
ko‘rsatmalar,  jumladan  mehnat  muhofazasi  bo‘yicha,  yong‘in  havfsizligi 
me’yorlari, sanitariya me’yorlari va boshqalar); 

 
yuk ko‘tarish mashinalari va qurilmalaridan foydalanish va havfsizlik 
qoidalari; 

 
elektr qurilmalaridan foydalanish va tarmoqlardan texnik foydalanish 
qoidalari; 

 
konstruksiyalar, materiallar va qurilmalarni yetkazib berish shartlari.  
Ishlarni bajarish loyihasi (IBL) pudratchi tashkilot rahbariyati tomonidan 
tasdiqlanadi.  Joriy  ish  faoliyatiga  ega  bo‘lgan  sanoat  hududlarida  bino  va 
inshootlarning  qurilishida  ishlarni  bajarish  loyihasi  korxonaning  foydalanish 
xizmati bilan kelishilgan holda tuzib chiqiladi.  


157 
 
Ob’yekt  ishlarni  bajarish  loyihasining 
minimal  tarkibiga:  q
urilishning 
bosh  tarhi  yoki  montaj  mexanizmlari  kiritilishi  bilan  birga  texnologik  sxema; 
ishlarni  bajarish  loyihasining  taqvimiy  rejasi;  texnika  havfsizligi  bo‘yicha 
yechimlardan tashkil topadi.  
Qo‘shimcha  zarur  xujjatlar  ishlarni  bajaruvchi  tomonidan  muhandislik 
tajribasi asosida ko‘rib chiqiladi. 
Ishlarni  bajarish  loyihasi  va  qurilish  maydonini  yuk  ko‘tarish 
mexanizmlari bilan jihozlash uchun 
maxsus ruxsatnoma
 (
order
) olish maqsadida 
bosh  pudratchi  har  bir  binoga  ishlarni  bajarish  loyihasini  ishlab  chiqib,  uning 
tarkibida quyidagi holatlar e’tiborga olinadi: 

 
buyurtmachi  bilan  kelishgan  holda  quruvchi  tomonidan  tasdiqlangan 
ob’yektni qurish grafigi; 

 
montaj  ishlari  va  havfli  zonalarni  belgilash  bilan  birga,  montaj 
kranlarini  gorizontal  va  vertikal  joylashtirish  asosida  ishlarni  bajarish 
loyihasining texnologik sxemalari; 

 
montaj  kranlarining  boshqa  qurilish  mashinalari  va  qurilmalar  bilan 
birga ish bajarishi bo‘yicha maxsus chora – tadbirlar; 

 
yuklarning  osilish  sxemasi  va  ko‘tarib  bir  joydan  ikkinchi  joyga 
uzatiladigan yuklar og‘irligi grafiki; 

 
konstruksiyalarni joyiga o‘rnatish (montaj qilish) bo‘yicha operatsion 
nazorat sxemasi. 
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar ichida yuklarni tashish, joylashtirish va montaj 
qilish  bo‘yicha  mas’ul  shaxsni  tayinlash  haqidagi  buyruq  kran  (ko‘tarish 
qurilmasi)  egasining  buyurtmachi  bilan  kelishilganini  inobatga  olib  bosh 
pudratchining bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi. Ishlarni amalga oshirish 
jarayonida  kran  ostidagi  yo‘llarni  yoki  yo‘l  qoplamalarini  nivelirlash  jurnali 


158 
 
yuritiladi va yuklarni osish hamda ular joylashtiriladigan moslamalarini davriy 
sinovdan o‘tkazib turish jurnali tutiladi.  
Minorasimon  ko‘tarish  kranlarini  joylashtirish  va  ulardan  foydalanish 
Rosgortexnadzor  mahalliy  organi  ruxsati  bilan,  qolgan  yuk  ko‘tarish 
mashinalaridan foydalanish esa–tashkilotning bosh muhandisi ruxsatiga muvofiq 
amalga oshiriladi.  

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish