36
Hozir Oracle10g dasturini o‘rnatishni ko‘rib chiqamiz. Dasturni o‘rnatishdan
oldin, dasturning qo‘llanmasi bilan tanishib chiqing. Chunki, Oracle ni o‘rnatish
uchun operatsion tizim ustida ba‘zi sozlashlarni amalga oshirish lozim. Undan
so‘ng
Setup.exe
faylini
ishga
tushiramiz
(bu
fayl
odatda
10201_database_win32\database
papkada bo‘ladi). Ekranda tanlash uchun 2 ta
metodi mavjud bo‘lgan oyna hosil bo‘ladi. - Basic Installation. Oracle o‘zi asosiy
sozlash ishlarini amalga oshirib beradi. System, sys, sysman foydalanuvchilari
uchun bitta parol hosil qilib beradi. - Advanced Installation. Qo‘lda
foydalanuvchi o‘zi sozlash ishlarini amalga oshiradi. Advanced Installation ni
tanlaymiz va NEXT.
Keyin 4 xil o‘rnatilishni tanlash mumkin bo‘lgan oyna hosil bo‘ladi.
Enterprise Edition o‘rnatilishni tanlaymiz. Qolgan turlari Oracle ning barcha
komponentalarini o‘rnatmaydi. Ma‘lum bir qismlarini o‘rnatadi holos, to‘g‘rida
kichik korxona uchun nima keragi bor oracle ning hamma komponentalarini.
NEXT
37
Hosil bo‘lgan oynadan o‘rnatilayotgan dastur uchun nom va o‘rnatilishi kerak
bo‘lgan address(путь) yoziladi va NEXT…
Navbatdagi oynada operatsion tizim va ORACLE dasturi mosligi tekshirib
chiqiladi. Barcha tekshiruvlarning natijasi ―Succeeded‖ bo‘lishi lozim. NEXT…
Select Configuration Option oynasi. Bu oynada ―Install database Software
only‖ bo‘limi tanlanadi. Buning ma‘nosi, faqatgina ORACLE dasturini o‘zini
o‘rnatamiz degani. Ma‘lumotlar bazasini esa dastur o‘rnatilgandan keyin hosil
qilamiz.
38
So‘ngi oyna bizga o‘rnatilayotgan dastur parametrlari haqida ma‘lumot
bermoqda, ya‘ni dasturning qaysi versiyasi o‘rnatilmoqda, qaysi adresga
o‘rnatilmoqda, qaysi komponentalar mavjudligi va hakazo. INSTALL
O‘rnatilish boshlanadi. Dasturni o‘rnatish bir necha daqiqalarni oladi, boshqa
dasturlarga qaraganda ko‘proq vaqt talab qilishi ham mumkin.
O‘rnatilish jarayonida hech qanday xatolar yuzaga kelmaganligi haqida
ma‘lumot beruvchi oyna hosil bo‘ladi va EXIT tugmasini bosgan holda, dastur
o‘rnatilishini tugatamiz.
Topshiriqlar
1.Oracle VM dasturida fayl nima?
2.Oracle VM dasturini fayllardan qanday foydalanamiz.
3. Oracle VM dasturi fayllar imkoniyatlarini izohlang
4.Windows 7 operatsion tizimiga Oracle dasturini o‘rnating.
5.Windows 8 operatsion tizimiga Oracle dasturini o‘rnating.
6. Oracle dasturi qanday dastur ekanligini tushuntiring?
7.Oracle VM VirtualBox dasturi imkoniyatlarini sanang?
8.OT qanday asosiy bo‘laklardan tashkil topgan? Ularni tushuntirib bering.
9. MySQLni dasturida ishlaganda xotirada qanday hodisa yuz beradi?
10.Oracle VM VirtualBox dasturida har biringiz o‘zingizning nomingiz bilan
virtual mashinani ishga tushiring
11. Oracle dasturi imkoniyatlarini izohlang
12. Oracle ni ishga tushiring
Do'stlaringiz bilan baham: