Fanning vazifasi
- Magistrlarga “Tadqiqotning zamonaviy fizik-kimyoviy
usullari” fanining nazariy asoslarini o‘rgatish, hamda talabalarda ishlab chiqarish va
tabiyotning turli sohalarida keng tarqalgan kimyoviy moddalarni aniqlash va ularni
ajratib olish fizik va fizik-kimyoviy usullarining nazariy va metodologik asoslarini
shakllantirishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Kirish. Fan predmeti va asosiy masalalari.
Fizik-kimyoviy tahlil usullarining tavsifi (FKTU) va asosiy tushunchalari. Hodisalar
mohiyati, tahlil qilinadigan ob’ekt tabiati, foydalanilgan asboblar bo‘yicha tahlil
usullarining sinflanishi. Tahlilning asosiy ob’ektlari.
2-mavzu. Moddaning aniqlash usullari (sifat va miqdoriy):
element, molekular va fazaviy tahlil.
Asosiy analitik muammolar: aniqlash chegarasini pasayishi, tahlil aniqligini
oshirish, tezligini (ekspress) ta’minlash, mikroob’ektlar tahlili.
Do'stlaringiz bilan baham: |