Baxtiyarova Mashhura Xalqaro huquq 1-1a-21
Ekonomiksning tahlil uslublari va vazifalari
Reja:
Kirish
I BOB Bozor iqtisodiyoti va iqtisodiy tahlil
I.I Iqtisodiy tahlil-boshqaruvning muhim funksiyasi
I.II O‘zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining rivojlanishi
II BOB Iqtisodiy tahlilning maznuni, predmeti va vazifalari
II.I Iqtisodiy tahlilning predmeti
II.II Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Bozor iqtisodiyoti - bozorning o‘zigaxos qonunlari, funksiyalari va vazifalarini bajarishga asoslangan
iqtisodiy munosabatlarning alohida shaklidir. Bu jarayonda bozor munosabatlarining barcha jihatlari
hamda xususiyatlari amal qiladi.Bozor subyektlari, ya’ni ishlab chiqaruvchilar yoki xaridorlar, mavjud
tarkib topgan tizimda talab va taklif, pul muomalasi, raqobat, inqiroz va shu kabi tomonlarga moslashib,
o‘z faoliyatini amalga oshirishi shart.Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot o‘zgaruvchanlik
tavsifiga ega. Korxonalar faoliyatini har doim uzluksiz holda uning talablariga moslashtirib boradi. Bu
jarayon korxonada marketing tadqiqotlarini ishlab chiqish va unga amal qilishni keltirib chiqaradi.
Korxonada boshqaruv tizimi o‘z obyekti va subyektidan iborat bo'ladi. Boshqaruv obyekti - bu ishlab
chiqarish faoliyati, subyekti esa uning boshqaruvi tarkibidir. Obyekt va subyekt boshqariladigan hamda
boshqaruvchi kichik tizimni tashkil etadi. Ularning har biri o‘ziga yuklatilgan funksiyalami bajaradi. Ammo
mazkur kichik tizimlar bir-birlari bilan uzluksiz va chambarchas aloqada bolib, avni holatda yagona
tizimni tashkil qiladi. buxgalteriya hisobi va hisoboti maiumotlari ham iqtisodiy tahlil vositasida qayta
ishlanar ekan. Bu bilan iqtisodiy tahlilning boshqaruv faoliyatidagi o‘rni yanada yaqqolroq ko'rinadi.
Iqtisodiy tahlil korxonani boshqarishning muhim funksiyalaridan biridir.
Uning yordamida:
- boshqaruv qarorlarining ilmiy asoslanishi ta’minlanadi;
- mulk va mablaglardan foydalanishning muqobillik shartlarini
belgilaydi va boshqaruvchi ular qatoridan o‘zi uchun maqbul bo‘lgan
optimal variantlarni tanlaydi;
- istiqbolli boshqarish uchun zamin tayyorlaydi.
Respublikamizda raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida korxonalaming yanada
rivojlanishi bevosita ulami boshqarish tizimiga bogiiq. Iqtisodiyotida korxonalar faoliyatini samarali
boshqarish uchun esa ular faoliyatini muttasil o‘rganib, talilil qilib turish kun tartibidagi asosiy
masalalardan biri b o iib hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha boshqaruv bo‘g‘inlarida iqtisodiy tahlil
muhim ahamiyatga ega. Chunki iqtisodiy tahlil vositasida axborotlar hamda m aiumotlar o'rganilib, qayta
ishlanib jamiyat hamda alohida olingan korxonalaming faoliyati tezkorlik bilan y o ig a solib turiladi.
Iqtisodiy tahlil fanining predmeti ta’rifida iqtisodiy axborotlar tizimi bo‘lib aks etgan, obvektiv va
subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan xo'jalik subvektlaridagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlar,
ulardagi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik hamda yakuniy moliyaviy natijalar hisoblanadi, deb ta’kidlab
o‘tildi. Darhaqiqat, korxonalardagi barcha xo‘jalik munosabatlari iqtisodiy axborotlar ko‘rinishida aks
etadi va ular yaxlit tizimni tashkil qiladi. Mazkur tizimda turli xildagi, turli darajadagi, turli vaqtdagi
iqtisodiy munosabatlar axborotlar ko‘rsatkichlar tarzida ifodalab beriladi. Ushbu tizimdagi axborotlar
iqtisodiy tahlil uchun baza bo‘lib hisoblanib, ular asosida tadqiq ishlari amalga oshiriladi. Boshqaruv
subyektiga kelib tushgan axborotlar belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib foydalaniladi.
Shuning uchun korxonada axborotlaming sifati, yetarli boiishi, o‘z vaqtida yetkazib berilishi kabi
tadbirlami ilmiy asosda tashkil etilishi iqtisodiy tahlilni davr talablari darajasida bo‘lishiga, pirovard
natijada esa maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Har bir fan bajaradigan vazifalar mavjud va yuzaga kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga
qarab belgilanib boriladi.
Iqtisodiy tahlil fanining asosiy vazifalari bo‘lib, quyidagilar
hisoblanadi:
• 0 ‘rganilayotgan predmetga to‘g‘ri va xolisona baho berish.
• Biznes-rejalar va me’yorlami ilmiy-iqtisodiy asoslash v a ulami uzluksiz takomillashtira borish.
• Biznes-rejalaming bajarilishini hamda me’yorlarga amal qilinishiga rioya etilganligini har tomonlama
obyektiv o'rganish.
• Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanganlikka (ham alohida, ham birgalikda)
baho berish.
• Korxonaning xo‘jalik va boshqa faoliyatlarini uzluksiz kuzatib borish va ular ustidan nazorat ishlarini
(ham faoliyat davomida, ham
faoliyat yakunlangandan so‘ng) amalga oshirish.
• Xo‘jalik faoliyatidagi foydalanilmagan tashqi va ichki omillami
aniqlash va ulami miqdor jihatdan hisoblash.
• Korxonalami rivojlantirishga asos bo‘ladigan innovatsion
g‘oyalami iqtisodiy jihatdan asoslash.
• Korxonaning istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko'rsat-
kichlar asosini aniqlash.
• Qabul qilingan boshqaruv qarorlarining maqbulligini o'rganish
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda boshqaruv
subyektlariga faqat axborotga ega bolishning o‘zi yetarli emas. Chunki xo‘jalik subyektlarida rahbar
hamda mutaxassislar mavjud axborotlar bilan ishlashi, ular asosida to‘g‘ri xulosalar chiqarishi va
natijalardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanishi zarur. Boshqarishda eng
muhim maslalardan biri axborotlarni egallash va undan foydalana bilishdir. Demak, iqtisodiy axborotlar
bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilish ekan.
library.ziyonet.uz
arm.sies.uz
agriculture.uz
B.J.Xakimov, B.B.AIimov, U.A.Xolmirzayev, A.X.Po‘latov IQTISODIY TAHLIL NAZARIYASI
Sagdillayeva Zulfiya Asanaliyevna, Choriyev Isroil Xamzayevich, Mahmudov Azamat Normudovich,
Yuldasheva O‘g‘iloy Asanaliyevna. Kasb hunar kollejlari uchun darslik