Klinik dietologiya va nutrisiologiya



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Og‘iz  bo‘shlig‘i.  Ovqat  hazm  qilish  tizimining  birinchi  bo‘limi  og‘iz 
bo‘shlig‘idir. U old tomondan lablar, yon tomondan lunjlar, pastdan til, yuqoridan 
tanglay bilan chegaralangan. Orqa tomondan halqum bilan bog‘langan. Tishlar og‘iz 
bo‘shlig‘ini ikki qismga ajratadi: tishlardan oldinda joylashuvchi qism - og‘iz dahlizi 
va tishlardan ichkarida joylashuvchi qism – xususiy og‘iz bo‘shlig‘idir. Og‘iz dahlizi 
katta bo‘lmagan joyni egallaydi, orqa tomondan milk va tishlar, old tomondan lab 
hamda lunjlar bilan chegaralanadi. 
Tishlar.  Tishlar  og‘iz  bo‘shlig‘i  shilliq  pardasining  shakli  o‘zgargan 
so‘rg‘ichlari  hisoblanadi.  Tishlar  o‘z  ildizlari  bilan  alveolalarda  mustahkam 
o‘rnashgan bo‘lib, fizik va kimyoviy xususiyatlariga ko‘ra suyak to‘qimasiga yaqin 
turadi.  Tishlarning  asosiy  funktsiyalari  ovqatni  ajratish,  chaynash,  shu  bilan 
birgalikda nutqning shakllanishi, alohida tovushlarning to‘g‘ri talaffuz qilinishidan 
iborat. Me’yorda katta yoshli odamda tishlarning soni 32 ta bo‘ladi. Birinchi (sut) 
tishlar  bola  6  oyligida  chiqa  boshlaydi  va  5  yoshdan  boshlab  tusha  boshlaydi. 
Ularning  o‘rniga  doimiy  tishlar  o‘sadi.  Og‘iz  boshlig‘i  kasalliklarida  tishlarning 
yiringli jarayonlar, karies bilan zararlanishi tufayli ularning soni kamayishi mumkin. 
Ovqatning  etarli  darajada  chaynalmasligi  natijasida  me’yorli  hazm  qilish  jarayoni 
buziladi,  chunki  yaxshi  chaynalmagan  ovqat  me’daga  tushgach  me’da  shirasi 
fermentlari  unga  to‘laqonli  ta’sir  qila  olmaydi.  Buning  natijasida  oshqozonda 
og‘riqlar paydo bo‘lishi, uning shilliq pardasida yiringli o‘zgarishlar sodir bo‘lishi 
mumkin. 
Til.  Til  muskulli  organ  bo‘lib,  ovqatning  og‘iz  bo‘shlig‘ida  aralashtirilishi, 
yutish  akti  va  artikulyatsiyada  ishtirok  etadi.  Til  –  ko‘p  sonli  ta’m  bilish 
retseptorlariga  ega  retseptor  maydondir.  Til  og‘iz  bo‘shlig‘ining  pastki  devorida 
joylashgan bo‘lib, og‘iz yopiq bo‘lganda uni deyarli to‘ldirib turadi va tishlar, milk 
va qattiq tanglay bilan aloqada bo‘ladi. 
Tilning shilliq pardasi pushti rangda bo‘lib ko‘p sonli tepaliklar  – ta’m bilish 
so‘rg‘ichlarini tutadi va ular quyidagilarga bo‘linadi: konussimon va ipsimon. Ular 


16 
 
son jihatdan eng ko‘p bo‘lib, tilning orqa tomonida joylashadi va bargsimon, oval 
shaklidagi plastinka ko‘rinishida bo‘lib, tilning yon tomonlarida joylashadi. 
Tarnovsimon  shakldagilari  son  jihatdan  eng  kam  (12  tagacha)  bo‘lib,  V 
shaklida joylashadi, eng yirik so‘rg‘ichlar hisoblanadi. 
Qo‘ziqorinsimon  so‘rg‘ichlar  asosan  tilning  uchi  va  yon  tomonlarida 
joylashadi. Ularning bunday atalishiga sabab – asosi ingichka, uchi esa kengaygan 
bo‘ladi. Son jihatdan konussimon va ipsimon so‘rg‘ichlardan keyin ikkinchi o‘rinda 
turadi. Faqatgina til ildizining shilliq pardasida so‘rg‘ichlar bo‘lmaydi. 
Tanglay.Tanglay  og‘iz  bo‘shlig‘ining  yuqori  devorini  hosil  qiladi.  Uni  ikki 
qismga  ajratish  mumkin:  suyak  to‘qimasidan  hosil  bo‘lgan  qattiq  tanglay  va 
yumshoq  tanglay.  Shilliq  parda  butun  tanglayni  qoplab,  qattiq  tanglay  bilan  zich 
birikadi, yumshoq tanglayga davom etib, yon tomonlarda yuqori jag‘ning alveolyar 
o‘simtalariga o‘tadi va milklarni hosil qiladi. 
Og‘iz bezlari. So‘lak bezlari juft yirik so‘lak bezlari (quloq oldi, til osti, jag‘ 
osti  bezlari)  va  mayda  so‘lak  bezlariga  bo‘linadi.  Yirik  so‘lak  bezlari  og‘iz 
bo‘shlig‘idan tashqarida joylashadi.  
Mayda  so‘lak  bezlari  og‘iz  bo‘shlig‘ini  qoplovchi  shilliq  va  shilliq  osti 
qavatlarda  joylashadi.  Ishlab  chiqaradigan  sekretiga  ko‘ra  bezlar  seroz,  shilliq  va 
aralash  turlarga  bo‘linadi.  Seroz  bezlarga  til  bezlari  kirib,  ular  oqsilga  boy  sekret 
ajratadi. Shilliq bezlar (til va tanglay bezlari) shilliq ishlab chiqaradi, aralash bezlar 
(lunj, molyar, lab va til bezlari) esa aralash tarkibli sekret ishlab chiqaradi. 
Quloq oldi bezi eng yirik bez bo‘lib (uning massasi – 30 g gacha), tuzilishiga 
ko‘ra  murakkab  alveolyar  bezlar  hisoblanadi,  seroz  sekret  ishlab  chiqaradi. 
Yumshoq konsistentsiya va yaqqol namoyon bo‘luvchi bo‘lakli tuzilishga ega. U teri 
ostida  pastki  jag‘  ravog‘ining  tashqi  yuzasida  va  chaynash  mushagining  orqa 
qirg‘og‘ida joylashadi. 
Til  osti  bezi  kichikroq  o‘lchamga  ega  bo‘lib,  alveolyar-naysimon  bezlarga 
kiradi va shilliq sekret ishlab chiqaradi. Jag‘ – til osti muskulining yuqorigi yuzasida, 
og‘iz  bo‘shlig‘i  tubidagi  til  osti  burmasini  hosil  qiluvchi  shilliq  qavatning  ostida 
joylashadi.  
Jag‘ osti bezi jag‘ osti uchburchagida joylashadi va tuzilishiga ko‘ra murakkab 
alveolyar  –  naysimon  bezlarga  kiradi.  Ushbu  bez  yupqa  kapsula  bilan  o‘ralgan 
bo‘ladi. 
Halqum.  Halqum  hazm  qilish  sistmasining  bir  qismi  bo‘lib,  u  orqali  ovqat 
luqmasi og‘iz bo‘shlig‘idan qizilo‘ngachga o‘tadi. Halqum bosh va bo‘yin sohasida 
joylashib, nafas olish sistemasining ham tarkibiga kiradi, u orqali hiqildoqqa burun 
bo‘shlig‘idan havo o‘tadi va aksincha. O‘z tuzilishi bilan halqum uzunligi o‘rtacha 
13  sm  bo‘lgan,  oldindan  orqaga  siqilib  boruvchi  voronkani  eslatadi  va  umurtqa 
pog‘onasining bo‘yin bo‘limi ro‘parasida joylashadi. 
Og‘iz bo‘shlig‘idagi hazm jarayonini fiziologik mexanizmlari. 
Og‘iz  bo‘shlig‘i  o‘zining  tarkibiga  kiruvchi  organlar  bilan  birga  ovqatning 
qabul qilinishi va boshlang‘ich qayta ishlanishini amalga oshiradi. Ovqatning qabul 
qilinishi tishlab olish jarayonida chaynash muskullari tomonidan amalga oshiriladi, 
shuningdek  chaynash  akti  ham  shu  mushaklar  yordamida  amalga  oshiriladi. 


17 
 
Chaynash  akti  ixtiyoriy  jarayon  bo‘lib,  uning  natijasida  ovqatga  mexanik  ishlov 
berilishi, uning so‘lak bilan aralashuvi amalga oshadi. So‘lak tarkibidagi fermentlar 
hisobiga  og‘iz  bo‘shlig‘ining  o‘zidayoq  ovqatga  kimyoviy  ishlov  berilishi 
boshlanadi. Chaynash aktida lunjlar, til, tanglay, jag‘larda joylashgan tishlar ishtirok 
etadi. 
Odamda  chaynash  markazi  uzunchoq  miyada  joylashgan  bo‘lib,  undan  bu 
jarayonda  qatnashuvchi  barcha  a’zolarga  impulslar  boradi.  Chaynash  akti  hazm 
jarayonida  muhim  rol o‘ynaydi: jigarda o‘t,  me’da osti bezida shira sekretsiyasini 
reflektor  usulda  kuchaytiradi,  hazm  qilishning  keyingi  bosqichlari  va  so‘rilish 
jarayonini  osonlashtiradi,  so‘lak  ajralishini  oshiradi,  chaynash  natijasida  ovqat 
luqmasi  hosil bo‘ladi. Ovqatning so‘lak bilan  namlanishi  muhim ahamiyatga ega, 
chunki so‘lak ovqat mazasining ta’m bilish retseptorlari tomonidan sezilishida oraliq 
agent vazifasini bajaradi, hamda ovqat luqmasi hosil bo‘lishida qatnashadi. Bundan 
tashqari  so‘lak  tarkibida  bakteriotsid  ferment  –  lizotsim  bo‘lib,  u  himoya 
funktsiyasini  bajaradi.  So‘lakning  99,6  %i  suvdan  iborat,  qolgan  qismi  mineral 
tuzlar va organik moddalarga to‘g‘ri keladi. So‘lak bezlarida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq 
pardasidagi  ovqat  bilan  ta’sirlangan  retseptorlardan  keluvchi  impuls  hisobiga 
sintezlanadi.  Chaynash  aktidan  so‘ng,  keyingi  fiziologik  akt  –  yutish  akti  sodir 
bo‘ladi. Yutish akti hisobiga ovqat luqmasi og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach 
orqali me’daga o‘tkaziladi. Shundan kelib chiqib, yutishning 3 ta fazasi farqlanadi: 
og‘iz, halqum va qizilo‘ngach fazalari. Ovqat luqmasi og‘iz bo‘shlig‘ida til ildiziga 
tushadi  va  halqumga  yo‘naladi,  konstriktor  mushaklarni  (yuqorigi,  o‘rta,  pastgi) 
ketma-ket  qisqarishi  natijasida  qizilo‘ngachga  o‘tadi.  Qizilo‘ngach  muskullariga 
yutish  markazidan  impulslar  kelishi  natijasida,  ularning  peristaltik  qisqarishlari 
yuzaga keladi va ovqat luqmasi me’da tomonga harakatlanadi. Halqum hazm qilish 
tizimining  bir  qismi  bo‘lib,  u  orqali  ovqat  luqmasi  og‘iz  bo‘shlig‘idan 
qizilo‘ngachga  o‘tadi.  Shunday  qilib,  halqum  orqali  burun  bo‘shlig‘i  bilan, 
shuningdek tomoq orqali og‘iz bo‘shlig‘i bilan bog‘langan bo‘ladi.  

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish