333
mahsulidir va shu tufayli hamisha nazariy jihatdan muayyan darajada
asoslangan bo‘ladi. Biroq xususiy uslubiyotlar jinoyatlarni ochish,
tergov qilish va ularning oldini olish amaliyoti shunday nazariy
asoslanganlik darajasiga ega bo‘lishni talab qiladiki, toki ularning
tavsiyalarini qo‘llash tergovning samarali tashkil etilishini ta’minlasin.
Bunday darajaga, agar xususiy uslubiyotlar faqat tajriba yo‘li bilan
ishlab chiqilgan qoidalar va amaliyot uchun samarali tavsiyalarni o‘z
ichiga olgan taqdirda, erishiladi. Kriminalistik uslubiy tavsiyalarning
tizimi oqilona, tejamli, maqbul bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: