natijalarini baholash hisoblanadi. O‘xshashlik bor yoki yo‘qligi haqida
oxirgi xulosani chiqarish uchun qo‘lga kiritilgan barcha tadqiqot
materiallarini taqqoslab ko‘rish, alohida-alohida analiz qilinganda
ob’ektlar holatiga va alohida belgilariga umumiy baho berish, ba’zi
belgilarning mos kelish darajasi, ularning ahamiyati, mos keladigan va
kelmaydigan belgilarning o‘zaro aloqalari va h.k. Amaliyotda
taqqoslanayotgan ob’ektlarning qiyosiy belgilari kamdan kam mos
keladi. Ko‘pgina muhim belgilari mos kelgan holda ham, ayrim detallari
tasodifiy vaziyatlar tufayli mos kelmay qoladi. Identifikatsiyaviy
tadqiqot jarayonida ekspert izlarda aniq va to‘la-to‘kis tasvirlangan
belgilarni etarli miqdorda aniqlab, o‘xshashlik bor-yo‘qligi to‘g‘risida
ishonch hosil qilgan bo‘lsa, bu haqda qat’iy xulosa chiqaradi.
Ba’zi bir holatlarda ekspertlar qo‘yilgan savollarga aniq javob bera
olmay, uni hal qilish imkoniyati bo‘lmadi, deb xabar qiladi. Ekspertning
bunday
javobini
ekspertiza
o‘tkazishga etarlicha tayyorgarlik
ko‘rilmaganligi, savollar noto‘g‘ri qo‘yilganligi, topilgan izda individual
belgilar etarli ifoda topmaganligi, u yoki bu masalani hal qilish uchun
ilmiy asoslar etishmasligi bilan izohlash mumkin. Bunday hollarda
tergovchi yuqoridagi to‘siqlarni bartaraf etishi yoxud ish yuzasidan
E'tibor qiling! O'z-o'zidan ma'lumki, qat'iy va tahminiy hulosalar
o'rtasida katta farq bor. Birinchisi, qat'iy tasdiqni anglatadi, masalan,
jasaddan olingan o'q mazkur quroldan otilgan. Ikkinchi holda izlar
aniq va to'la ifodalanmagani sababli ularni tadqiq etishda katta
qiyinchiliklar tug’ilsa, belgilar mosligi yoki farqi haqida ekspert
tahminiy hulosa chiqaradi: mazkur matn fuqaro Ivanov tomonidan
yozilgan bo'lishi ehtimol.
Tahminiy hulosa faktni aniq emas, balki tahminiy baholaydi.
Shu bois ekspertning bunday hulosasini tergovchi va sud ayblov
uchun asos qilib olmasligi lozim. Tahminiy hulosani boshqa dalillar
yordamida sinchkovlik bilan tekshirish kerak. Odatda, ekspertning
tahminiy hulosasi tergovchi uchun u yoki bu tusmolni ol?a surish
imkoniyatini beradi, qo'shimcha dalillar izlashda yangi qulayliklar
yaratadi.
31
chiqqan muammolarni boshqa tergov harakatlari yordamida hal qilishi
lozim.
Yuqorida ta’kidlanganidek, tergovchi identifikatsiyaning eng faol
sub’ekti bo‘lib, o‘zi ham mazkur vazifani mustaqil hal qilish
imkoniyatiga ega.
Tanib olish bilan tergov identifikatsiyasi o‘tkazish tergovchidan
identifikatsiya nazariyasi talablariga rioya qilishni talab etadi. Tergovchi
o‘zi mustaqil identifikatsiya harakatlari o‘tkazishdan tashqari ko‘p
hollarda
identifikatsiya
vazifalarini
turli
ixtisosdagi
ekspert-
kriminalistlarga topshiradi. Bu identifikatsiya tadqiqoti o‘tkazish uchun
fan, texnika, san’at va hunarmandchilik sohasida maxsus bilimlar talab
qilingan holatlarda amalga oshiriladi.
Kriminalistik ekspertiza tayinlashga tergovchi boshqa protsessual
harakatlar kabi jiddiy tayyorlanishi kerak.
JPKning 125-moddasi ish bo‘yicha so‘roq qilinganlarga tanib olish
uchun shaxsni va predmetni ko‘rsatishni nazarda tutadi. Uni amalga
oshirish uchun tergovchi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
– tanib olish uchun ko‘rsatiladigan ob’ekt to‘g‘risida
identifikatsiyaviy axborotni yig‘ish, identifikatsiya qilinadigan ob’ektni
izlash; bir qancha ob’ektlar orasida tanib olish uchun ko‘rsatilishi lozim
bo‘lganlarni aniqlab olish;
– tanib olish uchun hujjatlarni va fotosuratlarni tayyorlash;
– tanib olishga imkon beruvchi usul va vositalarni aniqlash,
jumladan, ovoz va funksional belgilari asosida tanish uchun
imkoniyatlar yaratish;
– tanish natijalarini baholash, to‘g‘riligini va o‘ziga xos
tomonlarini tekshirish;
– o‘xshashlikning mavjudligi va mavjud emasligi to‘g‘risida
xulosaga asos bo‘ladigan identifikatsiyaviy belgilar tasviri bilan tanib
olishi uchun sharoitlarni hozirlash.
E'tibor qiling! Tergovchining identifikatsiyaviy harakatlari
deganda, shunday tergov harakatlari tushuniladiki, u o'z mazmuniga
ko'ra, ob'ektning qiyosiy tadqiqoti asosida o'hshashlik yoki aynanlik
mavjudligi yoki mavjud emasligi to'g'risida yakun chiqarishga
qaratilgan faoliyatni amalga oshira oladi.
32
Ekspertizaning
muvaffaqiyati
ekspert
xulosasining
dalillik
ahamiyati unga taqdim qilingan materiallar qanchalik yaxshi
tanlanganligiga va ekspertning malakasiga bog‘liq.
Kriminalistik
identifikatsiyaviy
ekspertizani
tayinlashning
protsessual asoslanganligi jinoiy-protsessual qonun talablaridan kelib
chiqadi. U faqat jinoyat ishlari yuzasidan surishtiruvchi tergovchi,
prokuror yoki sud tomonidan tayinlanishi mumkin. Jinoyat ishi
qo‘zg‘atilgan bo‘lmasa-da ekspertiza tayinlash qonunga ko‘ra mumkin
(JPK 329-modda). Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda tergovchi
qanday ekspertiza o‘tkazish kerakligini ko‘rsatadi: dastxatshunoslik,
daktiloskopik, ballistik ekspertizalar shular jumlasiga kiradi. Agar bunga
zarurat tug‘ilgan bo‘lsa va barcha kerakli materiallar yig‘ilgan bo‘lsa,
o‘z vaqtida ekspertiza tayinlanishi, bu haqda tegishli qaror qabul
qilinishi lozim.
Ekspertga berilgan savollar aniq, ekspertiza predmetiga tegishli
bo‘lishi, ishdagi ma’lumotlar va ekspertiza tayinlash bilan bog‘liq shart-
sharoitlar to‘g‘risida ekspertga etarli axborot berish kerak. Noto‘g‘ri
axborot ekspert xulosasining shakllanishiga salbiy ta’sir qiladi.
Tergovchi taqdim qilingan namunalar sifati uchun javob beradi, shu
sababli u materiallarni sinchiklab o‘rgangan holda tayyorlashi zarur.
Ashyoviy dalillar bo‘yicha ekspert tadqiqoti – o‘xshashlik mavjudligi
yoki mavjud emasligi to‘g‘risida dalillarga erishish maqsadida moddiy
qayd qilingan izlar-tasvirlar, odamlar va buyumlarni qiyoslash,
o‘xshashlik yoki aynanlikni aniqlashning asosiy va eng ishonchli
usuldir.
Tekshirilayotgan ob’ektlarni individuallashtirish jarayonida avval
qidirilayotgan va tekshirilayotgan ob’ektning guruhga xos belgilari
aniqlanadi, so‘ngra ularning individual belgilari o‘rganiladi.
Identifikatsiya jarayonida ekspert ob’ektlarni sinchiklab tadqiq
qiladi, sudlov-tadqiqot fotografiyasining turli usullarini, fizik va
kimyoviy metodlarini qo‘llaydi.
Ma'lumot uchun! Identifikatsiyaviy ekspertiza uchun materiallar
tayyorlashga bir qancha talablar qo'yiladi: ekspertiza tayinlashning
protsessual asoslanganligi; ekspertiza o'tkazish qanchalik zarurligi va
ekspertga topshiriladigan haqiqiy vaziyat naqadar aniqligi; tadqiq
qilinadigan ob'ektlarning kelib chiqishiga oid ma'lumotlar to'g'riligi.
33
Bundan tashqari, ob’ektlarni alohida-alohida tadqiq qilganda
belgilangan identifikatsiya aloqalarini to‘la va har tomonlama o‘rganish
maqsadida izlarni ko‘pincha eksperimental tayyorlash zarur bo‘ladi.
Masalan, qiyosiy mikroskop yordamida o‘qotar qurolning o‘qi va gilzasi
bo‘yicha identifikatsiya qilishda ekspert quroldan eksperimental otib
ko‘rish vositasida identifikatsiya belgilarini o‘rganishga kirishiladi.
Qiyosiy
tadqiqot-ekspert
identifikatsiyaning
hal
qiluvchi
bosqichidir. Bu bosqichda ekspert ob’ektlarni qiyoslashning uchta asosiy
usulidan foydalanadi: taqqoslash, ustma-ust qo‘yish va belgilarni birga
qo‘shish. Tasvirlarni taqqoslash usuli o‘zining soddaligi va qulayligi
bilan keng tarqalgan bo‘lib, kriminalistik identifikatsiyaning barcha
turlarida qo‘llaniladi. U taqqoslanayotgan tasvirni bir-biriga yaqin
qo‘yib
yagona
ko‘rinish
maydonini
paydo
qiladi.
Bunda
taqqoslanayotgan
tasvir
imkon
boricha
oydinlashtiriladi
va
kattalashtiriladi. Taqqoslashga eng yaxshi sharoitlar yaratish maqsadida
qiyosiy mikroskop qo‘llash mumkin.
Ustma-ust qo‘yish usuli taqqoslanayotgan tiniq tasvirni boshqasini
ustiga qo‘yib, belgilari to‘g‘ri kelsa, yagona tasvir hosil qilishga yordam
beradi. Agar taqqoslanadigan tasvir tiniq bo‘lmasa, masalan, karton
qog‘ozga tushirilgan bo‘lsa, ulardan diopozitiv tayyorlanadi yoki
maxsus optik asboblardan ham foydalanish mumkin.
Belgilarni qo‘shish usulida taqqoslanganda tasvir shunday
joylashtiriladiki, bunda tasvirdagi biror belgi mos kelib qolganda tabiiy
ravishda boshqasining davomi ko‘zga tashlanadi.
Bir-biriga yondosh qo‘yilgan tasvirlar taqqoslanayotgan tasvirning
tarkib topish mexanizmidan ancha farqli bo‘lsa-da, kattalashtirib
foydalanish imkoniyatini beradi. Kesilish, ishqalanish va boshqa usulda
hosil bo‘lgan murakkab izlarni taqqoslashda bu usul muhim ahamiyat
kasb etadi. Tasvirni qiyoslash maqsadida har xil optik asboblarni, asosan
turli mikroskoplarni qo‘llash mumkin.
Fotosuratlar bo‘yicha tasvirlarni bir-biriga qo‘shib aniqlash keng
yoyilgan. SHu maqsadda suratlar shunday qirqilsinki, kesishgan chiziq
tasvirning xarakterli tomonlarini ko‘proq qamrab olsin. Nomlari
keltirilgan qiyosiy tadqiqotning har bir turi qiyoslashning xususiy
usulidir. Alohida-alohida va qiyosiy tadqiqot natijasida olingan
ma’lumotlar majmuiga baho berish, ya’ni qidirilayotgan ob’ektlar
o‘xshashligi yoki farqli ekani to‘g‘risida ekspert xulosasi – ekspert
identifikatsiya jarayonining oxirgi bosqichini tashkil etadi.
34
Qiyosiy tadqiqot natijalarini baholash avvalgi bosqichlarda
o‘tkazilgan tadqiqot jarayonining mantiqiy davomi desa bo‘ladi.
Ob’ektlarni ko‘zdan kechirishdayoq shakllangan tusmollardan biri
sifatida o‘xshashlik yoxud farq to‘g‘risida fikr yuritish, identifikatsiya
belgilarini qiyoslash bosqichida mustahkamlanadi, identifikatsiya
tugashi bilan esa uzil-kesil hal etiladi. Masalan, ekspert barmoq izi
bo‘yicha shaxsni topishda barmoq izlari belgilarini ko‘zdan kechirib,
taqqoslashni boshlaydi, izdagi mavjud barcha aniq ifodalangan va o‘zaro
bog‘liq tomonlarni belgilab oladi.
Guruhga ajratilgan barmoq izlari yoki ularning kelib tutashgan joyi
o‘xshash ekani to‘g‘risida xulosa chiqarish uchun ekspert qiyosiy
tadqiqot o‘tkazadi. Belgilar kompleksining ko‘pchiligi to‘g‘ri kelgan bir
vaziyatda ba’zi farqlar chiqib qolganda ish ancha murakkablashadi.
Bunday holda ekspert tadqiqotning avvalgi bosqichlariga murojaat qilib
qiyoslanayotgan ob’ektning har biriga xos identifikatsiyaviy belgilarni
to‘la tahlil etadi. Buning natijasida ilgari kuzatilmagan belgilar kelib
chiqishi mumkin.
Ba’zi hollarda qiyoslangan natijalarga baho berish bosqichida
identifikatsiyalanadigan va identifikatsiyalaydigan ob’ektlar belgilarini
yana taqqoslab va qiyoslab qo‘shimcha eksperimentlar o‘tkazishga
to‘g‘ri keladi. Dastlab qiyosiy tadqiqotdagi farqlar aniqlanib, unga baho
beriladi. Bunday baholashning asosiy vazifasi bo‘lib o‘tgan hodisaga
aniqlik kiritish, ya’ni aynan o‘sha ob’ektning o‘zidagi o‘zgarishlar
sababli ikki ob’ektdagi farqlar yuz bermadimi, degan savolga javob
olishdan iborat.
Xossalarning tasviri bir xil bo‘lmaganligi bilan bog‘liq belgilardagi
farq bilan qiyoslanayotgan ob’ekt xossalarida mavjud bo‘lgan farqni
aralashtirmaslik kerak. Qiyoslanayotgan dastxat belgilaridagi farq
imzolashning bir xil sharoitda bajarilmaganligi; qurol izlaridagi farq
ularning vujudga kelish mexanizmi bir xil bo‘lmaganligi, fotosuratdagi
Ma'lumot uchun! Taqqoslanayotgan ob'ektni fotosuratga olish va
qiyoslashni engillashtiradigan qo'shimcha ishlov berish mumkin
(qiyosiy to'r, geometrik shakl, chiziq va h.k.). Bunday ishlovlarning
ahamiyati shundaki, ular ba'zi belgilar o'rtasidagi nisbatni bilish,
guruhga hos tomonlarini taqqoslab ko'rish va shunday qilib yangi
belgilarni kashf qilish imkonini beradi.
35
farq suratga olish sharoitlari bir xil bo‘lmaganligi sababli yuz bergan
bo‘lishi mumkin.
Bunday farqlarni qiyoslanayotgan ob’ektlarning o‘z xossalaridagi
farq bilan aralashtirmaslik kerak. Agar aynan qiyoslanayotgan ob’ekt
xossalarida farq sezilsa, qidirilayotgan ob’ekt o‘tgan ancha uzoq davr
ichida o‘zgarganidan darak berishi mumkin. Masalan, yozuv mashinkasi
foydalanish jarayonida shikastlangan, oyoq kiyim tagcharmi kiyib yurish
jarayonida yoki ta’mirlashdan keyin o‘zgargan bo‘lishi ehtimol. Odam
qariganda, jarohat olganda, kasallanganda yoki operatsiya natijasida
tashqi ko‘rinishi o‘zgaradi. Ob’ektning o‘zgarishi identifikatsiyadan
qochish maqsadida manfaatdor shaxs tomonidan ataylab qilingan
bo‘lishi mumkin.
Agar topilgan farq ob’ekt o‘zgargani oqibatida yuz bermagan
bo‘lsa, binobarin, qidirilayotgan va tekshirilayotgan ob’ekt xossalari bir-
biriga to‘g‘ri kelmasa, o‘xshashlik to‘g‘risidagi masala inkor etiladi.
To‘g‘ri kelmaslik qiyoslanayotgan ob’ekt xossalarining guruhli
farqlariga ham taalluqli. Qidirilayotgan oyoq kiyimi va qo‘lga olingan
shaxsning oyoq kiyimi razmeridagi katta farq; shikast etkazishda
foydalangan va tintuv vaqtida topilgan turli ko‘rinishdagi tig‘li buyum
(masalan, bolta, hanjar) ham shular jumlasiga kiradi.
Ekspert belgilangan hodisalarning jamini baholar ekan, ular
individualmi yoki o‘xshashmi degan savolga javob beradi. Agar mos
kelish yig‘indisi uning turli ob’ektlardagi takrorlanish imkoniyatini
inkor etmasa, bunda ob’ektlar o‘xshash yoki bir turdagi hodisa sifatida
talqin etiladi. Agar mos kelish yig‘indisi individual bo‘lsa, turli
ob’ektlarda takrorlanmasa, qidirilayotgan va tekshirilayotgan ob’ekt
aynan o‘sha, deb qabul qilinadi. Mos kelish individual majmuini
baholashda indentifikatsiya tadqiqoti va identifikatsiya xossalari va
ularni qo‘shib takrorlash soni ustidan ekspert kuzatuvi katta ahamiyatga
ega. Farqlar va mos kelishlarning natijalarini taqqoslash asosida
ob’ektlar o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |