Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Ko‘rsatuvni hodisa bo‘lgan joyda tekshirishga tayyorgarlik ko‘rish



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   548
Ko‘rsatuvni hodisa bo‘lgan joyda tekshirishga tayyorgarlik ko‘rish 

 

Ma’lumot  uchun!  Ko‘rsatuvlarni  hodisa  joyida  tekshirish  bu 

mustaqil tergov harakati bo‘lib, uning mazmuni jinoyat ishi yuzasidan 

so‘roq  qilingan  ayblanuvchi,  gumon  qilinuvchi,  guvoh  va 

jabrlanuvchilarning  ko‘rsatuvlarini  jinoyat  sodir  bo‘lgan  joyda  ayrim 

holatlarni  qayta  tiklash  bilan  noma’lum  bo‘lgan  narsalar,  hujjatlar, 

ashyoviy  dalillar,  izlar  qayerda  bo‘lganligini,  hodisa  joyi  bilan 

qiyoslash  orqali  ko‘rsatuvlardagi  ayrim  holatlarni  to‘g‘ri  yoki 

noto‘g‘ri ekanligini aniqlashdan iborat. Shu bilan birga mazkur tergov 

harakatini  o‘tkazishda  so‘roqqa  olingan  ma’lumotlarning  ayrim 

holatlari  to‘ldiriladi,  ularga  aniqlik  kiritiladi,  ba’zan  yangi  holatlar 

ham ochilib qoladi. 




 

230 


Har qanday tergov harakatini o‘tkazishdan avval unga tayyorgarlik 

ko‘rilishi  zarur  bo‘lganidek,  ushbu  tergov  harakatiga  ham  puxta 

tayyorgarlik  ko‘rish  va  tashkiliy  masalalarni  hal  etish  lozim.  Mazkur 

tergov  harakatini  o‘tkazish  uchun  tayyorgarlik  ko‘rishda  tekshirish 

predmeti  bo‘lgan  va  asosiy  tekshiriluvchi  manba  so‘roq  qilingan 

shaxsning ko‘rsatuvi yuzasidan uning joyi, vaqti va holatlari tekshirilishi 

lozimligi belgilab olinadi. 

Ko‘rsatuvni  hodisa  bo‘lgan  joyda  tekshirish  jarayonida  yangi 

holatlar  ochilib  qolsa,  jumladan,  noma’lum  murdani  dafn  etilgan  joyi, 

jinoyat  qurollari  berkitilgan  va  izlar  niqoblangan  joylar  ma’lum  bo‘lib 

qolsa, shu ko‘rsatilgan joyga so‘roq qilingan shaxs (ayblanuvchi, gumon 

qilinuvchi) bilan, ularning ishtirokida mazkur joylarni ko‘zdan kechirish 

lozim  va  bayonnomani  ham  ko‘zdan  kechirish  harakati  sifatida 

rasmiylashtirilib,  so‘ngra  zarurat  bo‘lsa,  ko‘rsatuvni  tekshirish 

o‘tkazilishi lozim. 

Hodisa  joyida  ko‘rsatuvlarni  tekshirish  harakatini  muvaffaqiyatli 

va  natijali  o‘tkazish  uchun  ilgari  bu  erda  o‘tkazilgan  ko‘zdan 

kechirishga oid materiallar ham bo‘lishi kerak. Bu hodisa joyini ko‘zdan 

kechirish  bilan  mazkur  tergov  harakati  orasida  bir  muncha  vaqt  o‘tib, 

atrof-muhit  o‘zgarishi  bilan  dastlabki  holatning  sharoiti  ham  o‘zgarib 

ketishi  va  ashyoviy  dalil  bo‘lgan  buyumlar,  izlar  o‘zgarib  yo‘qolib 

ketishi mumkinligi bilan izohlanadi. 

SHu  sababdan  ko‘rsatuvlarni  tekshirishdan  oldin  ularni  jinoyat 

ishidagi  materiallar  bilan  qiyoslab  tahlil  qilish  va  ko‘zdan  kechirish 

bayonnomasidagi  holatlarni  ko‘rsatuvdagi  ma’lumotlar  bilan  mosligi, 

zidligi yoki boshqacha bog‘liqligini tekshirish kerak. 

Hodisa  joyida  ko‘rsatuvlarni  tekshirishga  tayyorgarlik  ko‘rishda 

ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxslarning hodisa joyiga olib borish chora-

tadbirlari  ham  belgilab  olinishi  lozim.  Ayniqsa,  ehtiyot  chorasi  sifatida 

qamoq qo‘llanilgan ayblanuvchilarning ishtiroki zarur bo‘lgan taqdirda, 

ularni  hodisa  joyiga  olib  borishda  xavfsizlik  choralari  ham  nazarda 

tutilishi lozim.  

Ayblanuvchi va gumon qilinuvchilarning roziligini olish va tergov 

harakatini  o‘tkazishda  mavjud  bo‘lgan  asoslar  bilan  tanishtirish  ham 

tayyorgarik  choralaridan  biridir.  Ayblanuvchi  va  gumon  qilinuvchilar 

hodisa  joyiga  chiqishdan  bosh  tortishi  yoki  hohish  bildirishi  mumkin. 

Ikkala  holatning  sababini  psixologik  va  taktik  jihatdan  tahlil  qilish 

lozim.  Joyga  chiqib  ko‘rsatuvni  tekshirishga  rozi  bo‘lgan  ayblanuvchi 

yoki gumon qilinuvchi rost va xolisona ko‘rsatuv berganligini bildiradi. 



 

231 


SHu  bilan  birga  ular  boshqa  maqsadni  ham  ko‘zlashi  mumkin, 

sheriklarining  qilmishini  yashirish,  jinoiy  javobgarlikdan  o‘zini 

qutqarish uchun qochishni mo‘ljallash va b.q. 

Mazkur  tergov  harakatlarini  o‘tkazishga  tayyorgarlik  ko‘rishda 

unda  ishtirok  etadiganlarning  shaxslari  belgilanishi  lozim.  Har  qanday 

tergov  harakatida  ishtirok  etadigan  ikki  xolis  zarurat  bo‘lganda 

mutaxassis  va  xavfsizlik  choralarini  ta’minlash  uchun  tegishli  tezkor 

xodimlar  va,  nihoyat,  ko‘rsatuvi  tekshiriladigan  (ayblanuvchi, 

sudlanuvchi, guvoh va jabrlanuvchi) shaxslarning qatnashuvini belgilab 

qo‘yilishi  lozim.  Tergov  harakatini  o‘tkazishda  zarur  bo‘lib  qoladigan 

ilmiy-texnik vositalarni ham tayyorlash muhim ahamiyatga ega.  

Birinchi  navbatda  hodisa  ro‘y  bergan  joyga  olib  boruvchi  yo‘l, 

joyning  o‘zi,  u  erdagi  izlar,  ashyoviy  dalillarning  yashirilgan,  topilgan 

joylarini  mustahkamlab  tasvirga  zarur  bo‘ladigan  foto-kino  apparatlari, 

video  tasvir  yozish  jihozlari,  zarurat  bo‘ladigan  hollarda  qidiruv 

asboblari, ba’zilarida esa xizmat itlarini ta’minlash zarur. Bu choralarni 

hodisa  joyiga  chiqishdan  oldin  tayyorgarlik  ko‘rish  bosqichida 

belgilanishi zarur. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish