Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   548
Ma’lumot  uchun!  Shaxs  haqida  so‘rovlar:  1)  respublika  IIV 

Axborot  markaziga;  2)  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va 

Toshkent shahrida tegishli IIV Axborot markaziga va 3) shaxs boshqa 

hududda  ham  yashaganligi  haqida  ma’lumotlar  bo‘lsa,  qo‘shimcha 

ravishda  o‘sha  hududdagi  Axborot  markazlariga  ham  so‘rovlar 

yuboriladi. 




 

157 


etmaganlar, ma’muriyat ruxsatisiz nogironlar uylari va qariyalar uylarini 

tark  etgan  nogironlar  va  qariyalar;  sog‘lig‘i  holatiga  ko‘ra  o‘zi  haqida 

hech  qanday  ma’lumot  bera  olmaydigan,  davolash  statsionarlari, 

nogironlar  va  qariyalar  uylarida,  bolalar  uylari  va  internatlarida  turgan 

shaxslar; noma’lum fuqarolarning murdalari kiritiladi. Ana shu hisobga 

olish  bo‘yicha  shuningdek,  tergovdan,  suddan,  jazoni  o‘tashdan 

yashiringanlar va boshqa qidirilayotgan shaxslar tekshiriladi. 

Hisobga  olish  uchta  mustaqil  parallel  kartotekalarda  olib 

borilib,  ularda  yagona  namunaviy  nusxadagi  tanib  olish  kartochkalari 

bo‘ladi. 

Bedarak  yo‘qolgan  shaxsni  tanib  olish  kartochkasi  uning 

demografik  ma’lumotlarini,  tashqi  ko‘rinishi,  kiyim-kechagi  tavsifini, 

ajralib  turadigan  (o‘ziga  xos)  belgilarini,  tishlarining  holatini,  kasbi, 

mashg‘uloti  turi,  g‘oyib  bo‘lishi  holatlari  haqidagi  ma’lumotlarni  o‘z 

ichiga  oladi.  Kartochkaga  ro‘paradan,  chap  va  o‘ng  yondan  olingan 

fotosuratlar, suratga olish vaqti ko‘rsatilgan holda, yopishtirib qo‘yiladi. 

Tanib  olish  kartochkasiga,  agar  ilgari  shaxs  daktilosnusxa  qilingan 

bo‘lsa, daktilokarta ilova qilingan bo‘ladi.  

Tanilmagan  murdalarga  doir  tanib  olish  kartochkasi  murdaning 

bo‘yini  va  ko‘rinishidan  yoshini,  topilgan  sanasi  va  joyini,  vafot  etish 

sababi  va  vaqtini,  yorib  ko‘rish  sanasini,  murdaning  holatini,  u 

ko‘milgan  joyni,  tashqi  ko‘rinishi,  kiyim-kechagi  tavsifini,  tishlarining 

holati, ajralib turadigan belgilari, sog‘lig‘ining hayotligidagi holatini aks 

ettiruvchi  ma’lumotlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Kartochkaga  murda  tartibga 

keltirilgandan  keyin  olingan  uchta  (ro‘paradan,  o‘ng  va  chap  yondan 

olingan)  surat  qo‘shib  qo‘yiladi,  agar  barmoq  izlarini  olish  imkoniyati 

bo‘lsa, unga daktilokarta ilova qilinadi. 

Ob’ektni  hisobga  qo‘yish  paytida  uni  mavjud  kartochkalar 

bo‘yicha tekshiriladi. Kartochkalar ikki yoki uch nusxada to‘ldiriladi va 

mahalliy  axborot  markaziga  yuboriladi.  Hisobga  olish  bo‘yicha  bundan 

keyingi yumushlarni axborot markazi xodimlari amalga oshiradilar. 

Notanish  kasalning  kartochkasida  ham  ayni  shunday  ma’lumotlar 

ko‘rsatiladi. 

Yo‘qotilgan  va  aniqlangan  o‘qotar  qurolni  hisobga  olish 

O‘zbekiston  Respublikasi  IIV  Axborot  markazida  yo‘qotilgan  qurolni 

qidirish va undan foydalanib sodir etilgan jinoyatlarni ochish maqsadida 

yuritiladi. O‘g‘irlangan, yo‘qotilgan, olib qo‘yilgan (musodara qilingan), 

topib  olingan  va  g‘ayriqonuniy  ravishda  saqlanib  ixtiyoriy  topshirilgan 

jangovar,  sport,  ov  soyli  qurollari:  to‘pponchalar  –  pistoletlar, 



 

158 


revolverlar,  miltiqlar  –  vintovkalar,  karabinlar,  avtomatlar,  pulemyotlar 

va  soyli  stvolli  ov  miltiqlari,  texnik  holatidan  qat’i  nazar,  hisobga 

olinadi. 

Agar  olib  qo‘yilgan,  topib  olingan  yoki  topshirilgan  qurolda 

seriyasini,  tartib  raqamini,  ishlab  chiqarilgan  sanasini  yo‘q  qilish  izlari 

aniqlansa,  uni  ana  shu  belgilarini  tiklash  uchun  ekspert-kriminalistika 

bo‘linmasiga  yuboriladi.  Agar  quroldan  jinoyatni  sodir  etishda 

foydalanilgan deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud bo‘lsa, u ekspert-

kriminalistika  bo‘linmasidagi  mavjud  o‘q-gilza  qaydnomasi  bo‘yicha 

tekshiriladi. Axborot markazining qurol hisobga qo‘yilgani to‘g‘risidagi 

ma’lumotnomasining  bir  nusxasi  tegishli  jinoyat  ishiga  qo‘shib 

qo‘yiladi. 

O‘g‘irlangan, olib qo‘yilgan raqamli ashyolar, qadimgi va tasviriy 

san’at  buyumlari  (osori  atiqalar)ni  hisobga  olish  mintaqaviy  axborot 

markazlarida,  O‘zbekiston  Respublikasi  IIV  va  shuningdek,  shahar, 

tuman, yo‘l IIB tomonidan olib boriladi. 

O‘g‘irlangan,  olib  qo‘yilgan,  topilib  ixtiyoriy  ravishda 

topshirilgan, xususiy, inventarlash raqamiga yoki antiqiy belgilarga ega 

bo‘lgan  ashyolar  (audio,  videomagnitofonlar,  kino  va  foto  kameralar, 

soatlar,  ov  miltiqlari,  silliq  stvolli  miltiqlar  va  h.k.),  madaniy  boyliklar 

(rasmlar, ikonalar, cherkov anjomlari, tanga, orden,  medal,  marka,  zeb-

ziynat  kolleksiyalari,  muzeyga  qarashli  buyumlar)  va  boshqa  tarixiy, 

ilmiy  hamda  qimmatbaho  antiqiy,  tasviriy  san’at  buyumlari  hisobga 

olinadi. 

Tegishli  hisobga  olish  kartochkasida  narsaning  nomi,  hisobga 

qo‘yish  uchun  asos  bo‘lgan  holatlar  aks  ettiriladi,  narsaning,  shu 

jumladan uning o‘ziga xos xususiyatlarining ta’rifi beriladi. 

Kartochka  ashyo  haqidagi  ma’lumotlar  olingan  kuni  navbatchi 

qism tomonidan to‘ldiriladi. Bir nusxa navbatchi qismda qoladi, ikkitasi 

IIV,  IIBB,  IIB  mintaqaviy  axborot  markaziga  yuboriladi.  Axborot 

markazi  xodimlari  bu  ashyo  oldin  hisobga  olingan-olinmaganini 

tekshiradilar.  

Raqamlanmaydigan ashyolarni hisobga olish mahalliy xususiyatga 

ega bo‘ladi va shahar, tuman, yo‘l ichki ishlar organlarida olib boriladi. 

O‘g‘irlangan  ashyo  uchun  tuzilgan  kartochka  narsaning  nomini,  uning 

tavsifini  va  hisobga  qo‘yishga  asos  bo‘lgan  holatlarni  o‘z  ichiga  oladi. 

Raqamlanmaydigan  ashyolar  hisobiga  faqat  o‘ziga  xos  xususiyatlarga 

ega  bo‘lgan  ashyolar  olinadi.  Ashyo  boshqa  mintaqa  hududida 

o‘g‘irlangan  bo‘lishi  mumkin  degan  taxmin  bo‘lsa,  tegishli  axborot 



 

159 


markaziga  so‘rov  yuboriladi.  O‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lmagan 

bir nechta bir xil ashyoga bir nusxadagi kartochka to‘ldiriladi. 

Katta hajmdagi axborotni qayd etish va zarur  ma’lumotlarni tezda 

olish  imkonini  beradigan  EHMlar  joriy  etilishi  munosabati  bilan 

kriminalistik 

ro‘yxatga 

olish 

imkoniyatlari 



oshib 

ketdi. 


Avtomatlashtirilgan  axborot-qidiruv  tizimlari  (AAQT)  universal 

(avtomatik  ma’lumotlar  banki  –  AMB-markaz,  AMB-viloyat)  va 

ixtisoslashtirilgan tizimlarga bo‘linadi. 

Universal  maqsadga  mo‘ljallangan  AAQT  axborotni  ishlovdan 

o‘tkazishning  kompleks  tusda  bo‘lishini  ta’minlaydigan  ko‘p  ixtisosli 

(ko‘p  tomonlama)  tizimlardir.  CHunonchi  AMB-viloyatda  tezkor-

qidiruv hisobiga qo‘yilgan shaxslar, ochilmagan jinoyatlar, raqamli yoki 

farqlaydigan  belgilarga  ega  bo‘lgan  o‘g‘irlangan  va  olib  qo‘yilgan 

ashyolar,  yo‘qotilgan  va  aniqlangan  o‘qotar  qurol,  o‘g‘irlangan  va 

aniqlangan  osori  atiqalar,  yo‘qotilgan  va  aniqlangan  avtotransport 

vositalari 

to‘g‘risidagi 

ma’lumotlar 

ishlovdan 

o‘tkaziladi. 

Ixtisoslashtirilgan AAQT muayyan turdagi ob’ektlar haqidagi axborotni 

ishlovdan  o‘tkazish  uchun  mo‘ljallangan.  Ular  Respublika  hududiy  va 

mahalliy tizimlarga bo‘linadi.  

 

Kriminalistika  bo‘linmalarida  olib  boriladigan,  ish  yuritishda 



maxsus bilimlar talab qilinadigan hisobga olishlar kriminalistik hisobga 

olishlar deb ataladi. 




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish