2. Xristianlikning vujudga kelishi.
Milodiy I-asr boshlarida Rim hokimiyati ostida
bo‘lgan Falastin yerlaridagi Vifleem
shahrida «Xudoning o‘g‘li» nomini olgan Iso tug‘ilganligi haqida rivoyatlar keng tarqala
boshlagan. Rivoyatlarga ko‘ra, 30 yoshida Iso o‘n ikki nafar havoriylari (apostollar) bilan
Falastin bo‘ylab sayohat qilib, Xudo oyatlari haqida hikoya qilib beradi va mo‘jizalar
ko‘rsatadi – yashashdan umidini uzgan, tuzalmas xastalarni davolaydi.
Mahalliy ruhoniylar Iso payg‘ambarni mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab,
uni o‘lim jazosiga mahkum etadilar. Rim noibi Pontiy Pilat bu hukmni tasdiqlagan.
Rivoyatlarga ko‘ra, Isoni yer yuzidagi ilk inson – Odam ato dafn etilgan Golgofa tog‘ida
xochga tortganlar. Vafotidan keyin murdasini bir g‘orga qo‘yishadi. Uchinchi kuni dafn etish
uchun kelishganlarida Iso Masih jasadi qo‘yilgan joyida yo‘qligini ko‘rishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |