Mikrofon
Mikrofon (mikro... va ... fon) - tovush tebranishlarini elektr tebranishlarga aylantiradigan
elektr akustik asbob. Tovush kuchaytirib uzatish (eshittirish) uchun qoʻllaniladi. Koʻmirli,
elektrodinamikli, kondensatorli, elektretli, pyezoelektrli; tovush uzatish yoʻnalishi jihatdan -
yoʻnaltirilmagan, bir tomonga yoʻnaltirilgan (kardioid) va ikki tomonga yoʻnaltirilgan xillari bor.
Koʻmirli M.ni birinchi marta rus ixtirochisi M. Mahalskiy (1878) va undan bexabar ravishda P. M.
Golubitskiy (1883) yaratishgan. Kumir yoki metall membrana
tovush toʻlqinlari taʼsirida tebranib,
zichlikni oʻzgartiradi, natijada piston va membranaga tegib turgan kumir kukuni elektr qarshiligini
oʻzgartiradi. M. orqali oʻtayotgan tok kuchi oʻzgaradi. Hosil boʻlgan im-pulyelanuvchi (telefonga
ulangan oʻtkazgich orqali kelayotgan) tok tele-fondagi membranani M.dagi membranaga mos
ravishda tebratadi. Elektrodinamikli M.da yupqa polistirol parda yoki alyuminiydan tayyorlangan
diafragma magnit tizimning halqasimon tirqishida joylashgan ingichka simda oʻralgan gʻaltakka
biriktirilgan. Tovush toʻlqinlari taʼsirida diafragma tebranganda gʻaltak oʻramlari magnit kuch
chiziqlarini kesib oʻtadi va gʻaltakda e.yu.k. hosil boʻladi. Bu e.yu.k. uning qismlarida oʻzgaruvchan
kuchlanishni vujudga keltiradi.
Kondensatorli M.da
tovush toʻlqinlari yupqa metall membranaga taʼsir etib, uning orasidagi
masofani oʻzgartiradi, natijada membrana bilan elektr kondensator plastinkalariga oʻxshash
metall korpus orasidagi elektr sigʻimi oʻzgaradi. Plastinkalarga oʻzgarmas kuchlanish
berilga
nda kondensator sigʻimi oʻzgarib, unda tok hosil boʻladi. Tok kuchi tovush
chastotalarining tebranishiga mos ravishda oʻzgaradi, natijada tovush tebranishlari elektr
tebranishlariga aylanadi. Bunday M. tovushni sifatli yozib olish va qayta eshittirish
tizimlarida ishlatiladi.
Elektretli M. kondensatorli M.ga oʻxshaydi. Unda kondensatorning qoʻzgʻalmas platinalari
va oʻzgarmas kuchlanish manbai sifatiga elektret plastina qoʻlllaniladi.
Pyezoelektrik M.da tovush toʻlqinlari pyezoelektr xossaga ega boʻlgan modda (mas, segnet
tuzi) dan yasalgan plastinkalarga taʼsir etib, ularning sirtida elektr zaryadlari hosil qiladi.
Elektromagnitli M.da tovush toʻlqinlari poʻlat yakorga bikr ulangan membranaga taʼsir etadi;
membrana oʻzgarmas magnit tirqishida, yakor sirtiga oʻralgan simlardan iborat gʻaltak uchlarida
e.yu.k. hosil boʻladi. Pyezoelektr va elektromagnitli M.lar radiohavaskorlik qurilmalari va eshittirish
apparatlarida ishlatiladi. Stereofonik radioeshittirish va tovush yozib olish tizimlarida umumiy
korpusga zich joilashtirilgan ikkita bir xil M. ishlatiladi. M. telefon aloqada, radio va teleeshittirish,
ovozi kuchaytirish hamda tovush yozib olish tizimlarida ishlatiladi.
[1]
Do'stlaringiz bilan baham: