kamaytiradi, axborotni uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar orasidagi almashuv tezligini
oshiradi.
Zamonaviy ShK turli xil komponentlarni bog‗lab turuvchi bir nechta shinaga ega, masalan, FSB
(Front Side Bus) protsessor shinasi yoki tezkor xotira shinasi (Memory Bus). Bu lokal shinalar soni
katta bo‗lmagan bog‗lamalarga, masalan, protsessor bilan tezkor xotiraga xizmat ko‗rsatish uchun
mo‗ljallangan.
Tizim shinasi nisbatan murakkab bo‗lib, markaziy protsessor va tashqi qurilmalar hamda
tezkor xotira orasida ma‘lumotlarni uzatishni ta‘minlash uchun mo‗ljallangan. Ularning asosiy
ko‗rsatkichlari uzatilayotgan ma‘lumotlarning razryadligi va uzatish tezligidir.
Har qanday standart shina tarkibida ma‘lumotlarni uzatish uchun liniya, manzillarni uzatish
uchun alohida liniya (manzil ma‘lumotlarni uzatuvchini va qabul qiluvchini belgilaydi), apparat
uzilishi liniyasi, xotiraga bevosita kirish kanali liniyasi va elektr ta‘minotini ajratuvchi liniya
bo‗ladi. Ma‘lumotlarni uzatish shinasi uchun signallarni (bitlarni) kodlash usuli, axborotni uzatish
tezligi, arbitraj mexanizmi (shinadan foydalanishni boshqarish va vujudga kelgan vaziyatlarni
yechish) aniqlangan.
ShK tizim shinasini tashkil qilishning bir nechta standartlari mavjud.
ISA tizim shinasi (magistral) IBM PC AT shaxsiy kompterlari uchun ishlab chiqarilgan va
haqiqiy standartdir.
XT modelidagi shaxsiy kompyuterlarda ma‘lumotlar razryadi 8 bit va manzillar razryadi 20 bit
bo‗lgan shina qo‗llanilgan. AT modelida shina 16 bit ma‘lumot va 24 bit manzillar uchun
kengaytirildi.
ISA shinasi o‗rtacha tezlikdagi multipleksirlangan 16 razryadli tizimli magistral hisoblanadi.
Shina bo‗yicha almashuv 8 yoki 16 razryadli ma‘lumotlar bilan amalga oshiriladi. Shinada
kompyuterning xotirasiga va kiritish/chiqarish qurilmalariga alohida kirishlar amalga oshirilgan.
Manzillangan xotiraning maksimal hajmi 16 Mbaytni (24 adresli liniya) tashkil qiladi.
Kiritish/chiqarish qurilmalari uchun maksimal manzillash maydoni 64 Kbaytni (16 manzilli
liniyalar) tashkil qiladi.
ISA – eskirgan ona platalarning asosiy shinasi. 32 razryadli yuqori tezlikdagi protsessorlarning
yaratilishi bilan ISA shinasi ShKning tezligini oshirishga jiddiy g‗ov bo‗ldi. Ilgari ISA interfeysi
yordamida videokarta, modem, tovush kartasi kabi qurilmalar ulanar edi. Zamonaviy tizimli
platalarda bu interfeys umuman yo‗q yoki 1–2 slotdangina iborat bo‗ladi.
EISA shinasi (Extended ISA) – 32 razryadli ma‘lumotlar shinasi va 32 razryadli manzillar
shinasi bo‗lib, 1989-yil ISAning konstruktiv va funksional kengaytmasi sifatida yaratilgan.
Shinaning manzillar maydoni 4 Gbayt va 8–10 MHz chastotada ishlaydi.
Shinaning o‗tkazish xususiyati nazariy jihatdan 33 Mbayt/s bo‗lib, protsessor – kesh – tezkor
xotira kanali bo‗yicha almashuv tezligi xotira mikrosxemasining ko‗rsatkichlari bilan aniqlanadi.
Kengaytirish razyomlarining soni oshirilgan bo‗lib, nazariy jihatdan 15 tagacha, amaliy 10 tagacha
qurilma ulanishi mumkin. Uzilishlar tizimi yaxshilangan,
Bus Mastering – shinadagi har qanday
qurilma tarafidan shinani boshqarish ish tartibi quvvatlanadi, qurilmalarning shinadan
foydalanishini boshqarish uchun
arbitraj tizimi mavjud.
EISA shinasi – ISA ning 32 bitgacha qat‘iy standartlashtirilgan kengaytmasidir. Konstruktiv
bajarilishi u bilan oddiy ISA adapterlarining mos kelishini ta‘minlaydi. EISA kartalarini ISA
slotlariga o‗rnatilishi mumkin emas, chunki uning o‗ziga xos zanjirlari ISA zanjirlarining
kontaktiga duch keladi, buning natijasida tizimli plata ishga yaroqsiz holga keladi.
EISA shinasi qimmat, ammo ko‗p masalali tizimlarda, faylserverlarda va kiritish/chiqarish
shinalarining yuqori samaradorli kengaytmasi talab qilingan joyda o‗zini oqlovchi arxitekturadir.
Do'stlaringiz bilan baham: