O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Ko‟p  hujayralilar  klassifikatsiyasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Ko‟p  hujayralilar  klassifikatsiyasi.  Ko‘p  hujayralilar  (Metazoa)  kenja  dunyosi 
fagotsitellasimonlar-  Phagocytellozoa,  tuban  ko‘p  hujayralilar  -  Parazoa  va  haqiqiy  ko‘p 
hujayralilar - Eumetazoa deb ataladigan uchta bo‘limga ajratiladi. Fagotsitellasimonlar bo‘limiga 
faqat ikkita turni birlashtiruvchi plastinkalilar (Placozoa) tipi, tuban ko‘p hujayralilar (Parazoa)ra 
g‘ovaktanlilar  (Spongia)  tipi  kiradi.  Fagotsitellasimonlar  va  g‘ovaktanlilar  tanasidagi 
hujayralarning  ixtisoslashmaganligi,  nerv  sistemasi  rivojlanmaganligi  va  bir  xil  hujayralarni 
ikkinchi xilga oson aylanishi bilan boshqa ko‘p hujayralilardan  ajralib turadi. 
Haqiqiy ko‘p hujayralilar (Eumetazoa) bo‘limi o‘z navbatida radial simmetriyalilar  yoki 
ikki  qavatlilar  (Radiata)  hamda  ikki  tomonlama  simmetriyalilar  (Bilateria)  kichik  bo‘limlarga 
ajratiladi. Radial simmetriyalilarga bo‘shliqichlilar va ninaterililar tiplari kiradi. Ikki tomonlama 
simmetriyali  hayvonlarni  ham  o‘z  navbatida  tana  bo‘shliqqa  ega  bo‘lmagan  parenximatoz 
hayvonlarga  (yassi  chuvalchanglar,  nemertinlar,  mollyuskalar  tiplari);  birlamchi  tana 
bo‘shlikdilarga  (to‘garak  chuvalchanglar,  tikanboshlilar  tiplari),  ikkilamchi  tana  bo‘  shlikdilar, 
ya‘ni  selomik  hayvonlarga  (halqali  chuvalchanglar,  ignaterililar,  xordalilar)  va  aralash  tana 
bo‘shliqlilar (bo‘g‘imoyoqdilar tipi)ga ajratish mumkin. 
Embrional tuzilishiga binoan selomli hayvonlarni ham birlamchi og‘izlilar (Protostomia) 
va  ikkilamchi  og‘izlilar  (Deuterostomia)  guruhlariga  ajratiladi.  Birlamchi  og‘izlilarning 
embrional rivojlanishi davrida hosil bo‘lgan birlamchi og‘iz (blastopor), ular voyaga yetgan dav-
rida  ham  og‘iz  teshigi  bo‘lib  qolaveradi.  Bu  guruhga  halqali  chuvalchanglar,  mollyuskalar, 
bo‘g‘imoyoqdilar va onixoforalar tipi kiradi. Ikkilamchi og‘izlilarning embrional rivojlanishidagi 
hosil  bo‘lgan  birlamchi  og‘iz  voyaga  yetgan  hayvonning  chiqarish  teshigiga  aylanadi. 
Ikkilamchi,  ya‘ni  haqiqiy  og‘iz  teshigi  esa  keyinchalik  mustaqil  holda,  ko‘pincha  chiqarish 
teshigi  joylashgan  qutbning  qarama-qarshi  tomonida  hosil  bo‘ladi.  Bu  guruhga  ignaterililar, 
chalaxordalilar  va  xordalilar  tiplari  kiradi.  Qiljag‘lilar  va  pogonoforalarning  embrional  ri-
vojlanishi  yuqorida  ko‘rsatilgan  ikkita  guruhning  birortasiga  ham  o‘xshamaydi.  Shuning  uchun 
bu ikki tip vakillarini birlamchi yoki ikkilamchi og‘izlilarga kiritib bo‘lmaydi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish