16 Sikloforalar (3)
17 Foronoidlar (12)
18 Yelka oyoqlilar (280)
Qulfsizlar, Qulflilar,
19 Molluskalar (100000)
Monoplakoforalar, Chig'anoqsizlar, Sovutlilar, Kurak-
oyoqlilar, Qorinoyoqlilar Ikki pallalilar, Boshoyoqlilar.
20 Sipunkulidlar (250)
21 Exiuridlar (130)
22 Halqali chuvalchanglar (12000) Koptuklilar, Kamtuklilar, Zuluiklar
23 Pogonoforalar (100)
24 Beshog'izlilar
25 Imillab yuruvchilar (600)
26 Onixoforalar (75)
Dengiz bodringlari, Dengiz yulduzlari, Ilondumlilar,
Dengiz nilufarlari, Dengiz tipratikanlari.
27 Bo'g'imoyoqlilar
(1,5- 2 mln)
Qisqichbaqasimonlar, Laboyoqlilar, Ikkijuftoyoqlilar,
Dengiz o'rgimchaklari, Symfillar, Pauropodlar, Hasharotlar
, O'rgimchaksimonlar , Merostomatalar
28 Qiljag'lilar (115)
29 Igna terililar (5000)
30 Chalaxordalilar (100)
Ichak bilan nafas oluvchilar, Qanot jabralilar.
31 Xordalilar (40000)
Appendikulariyalar, Assidiyalar, Qobiqlilar, Boshxordalilar,
Tog'ayli baliqlar, Suyakli baliqlar, Suvda hamda quruqlikda
yashovchilar, Sudralib yuruvchilar, Qushlar,
Sutemizuvchilar
o‘xshash bo‘lib, umumiy arealni egallaydi. Muayyan tur o‘zining morfologik, fiziologik,
ekologik va irsiy xususiyatlari bilan boshqa turlardan farq qiladi. Bir turning individlari bir-biri
bilan erkin chatishadi va ularning nasli serpusht bo‘ladi.
Bir qancha belgilari bilan o‘zaro o‘xshash bo‘lgan turlar bitta urug‘ga, urug‘lar o‘z
navbatida oilalarga, oilalar turkumlarga, turkumlar sinflarga, sinflar tiplarga birlashtiriladi.
Chunonchi, barcha tiplar bitta hayvonot dunyosiga kiritiladi. Hayvonot dunyosi esa prokariotlar,
zamburug‘lar va o‘simliklar dunyosi bilan birga organik olamini tashkil etadi. Hayvonot dunyosi
bir hujayralilar va ko‘p hujayralilarga ajratiladi. Tiriklikning xilma-xilligi sistematikaga kenja
tur, kenja avlod, katta avlod, kenja oila, katta oila, kenja turkum, kenja sinf, kenja tip, kenja
dunyo kabi bir qancha oraliq taksonlarni kiritishni taqozo etadi.
Tiriklikning zamonaviy sistemasida hayvonot (Animalia) dunyosi parazoylar (Parazoa)
va haqiqiy ko‘phyjayralilar (Eumetazoa, yoki Metazoa) kenja donyosiga ajratiladi.
Parazoylarning haqiqiy to‘qima va organlari bo‘lmaydi; hujayralarining ko‘pchiligi o‘z
shakli va funksiyasini o‘zgartirib turadi. Bundan tashqari ularning ko‘pchilik hujayralari
harakatchan bo‘ladi. Parazoylarga G‘ovaktanalilar tipi kiradi (qarang: jadval).
Ilgarigi sistemada Bir hujayralilar Eng sodda hayvonlar (Protozoa) kenja dunyosi nomi
bilan Hayvonot dunyosi tarkibiga kiritilgan. Biroq ular orasida heterotrof turlari bilan bir
qatorda osimliklar singari fotosintez orqali oziqlanadigan hamda oraliq (o‘simlik va hayvonlar)
belgilariga ega bo‘lgan turlari ham ko‘p uchraydi. Shu sababdan zamonaviy sistemada Eng
sodda hayvonlarga Protistlar (Protista) dunyosining Protozoa kenja dunyosi sifatida qaraladi.
Hozirgi davrda "hayvon" tushunchasi taksonomik ma‘noda faqat ko‘phujayralilar bilan
bog‘liq. Endilikda hayvonlar nomi muayyan belgi va xususiyatlar, xususan, oogameya,
to‘qimali tuzilishga, kamida ikkita murtak varag‘iga, embrional rivojlanish davrida blastula va
gastrula davrlariga ega bo‘lgan organiizmlar bilan bog‘liq. Ko‘pchilik hayvonlarning nerv va
muskullari rivojlangan. G‘ovak tanalilar, plastinkalilar, mezozoylar va knidosporidalarda muskul
va nervlarning bo‘lmasligi ikkilamchi xususiytga ega. Shuning bilan birga "hayvonlar‘ termini
fanda keng ma‘noda taksonlarni ifodalash uchun emas, balki hayotiy formalarga nisbatan ham
qo‘llaniladi. Bu ma‘noda hayvonlar harakatchan va heterotrof golozoy oziqlanish bilan
organizmlardan iborat. Hozirgi davrda 1,6 milliondan ortiq, jumladan 133000 dan ortiq qazilma
hayvonlar, 1,3 milliondan ortiq bo‘g‘imoyoqlilar, 118000 dan ortiq molluskalar, 42000 dan ortiq
umurtqali hayvonlar turlari aniqlangan.
Quyida hayvonlarning yirik sistematik guruhlari: tiplar va sinflar boyicha asosiy
ma‘lumotlar keltirilgan.
G’ovak tanalilar tipi - Porifera yoki Spongia. 5000ga yaqin turi ma‘lum. Ohakli
g‘ovaktanlilar- Calcarea, Oddiy g‘ovaktanlilar - Demospongiae, Shishasimon, ya‘ni Oltinurli
g‘ovaktanalilar -Hexactinellida sinflarga ajratiladi.
Mezozoylar - Mesozoa tipi. Parazit yashash ta‘sirida juda soddalashgan yassi
chuvalchanglardan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi.
Plastinkalilar- Placozoa tipi genetik jihatdan otuvchilarga yaqin turadi.
Otuvchilar - Cnidaria tipi. Yaqin davrgacha bo‘shliqichlilar - Coelenterata nomi bilan
yuritilgan. 10000 -11000 turi ma‘lum. Gidrozoylar -Hydrozoa, Scyfoidlar - Scyphozoa, Korall
poliplar - Anthozoa sinflarga ajratiladi.
Taroqlilar- Ctenophora tipi. Taxminan 100-150 turi ma‘lum. Paypaslagich-lilar -
Tentaculata va Paypaslagichsizlar -Atentaculata sinflariga ajratiladi.
Yassi cuvalchanglar - Platyhelminthes tipi. Kiprikli chuvalchanglar - Turbellaria,
So‘rg‘ichlilar -Trematoda, Tasmasimon chuvalchanglar - Cestoidea sinflariga ajratiladi. 25 000
ga yaqin turi mavjud.
Nemertinalar - Nemertini tipi. 1000 ga yaqin turi ma‘lum. Kop‘chili dengiz sohil
yaqinida sayoz suvlarda tarqalgan. Ayrim turlari chuchuk suv va tupropqda yashaydi,
molluskalar yoki qisqichbaqaasimonlarda parazitlik qiladi. 8.Tikanboshlilar - Acanthocephala
tipi. 300 ga yaqin turi ma‘lum.
Og’izaylangichlilar - Rotifera tipi . 1300 dan ko‘proq turi aniqlangan.
Qorinkipriklilqar - Gastrotricha tipi. Taxminan 100 dan 600 gacha turi bo‘lishi taxmin
qilinadi.
Kinorinxlar - Kinorhyncha tipi. 30 ga yaqin turi dengizlarda tarqalgan.
Priapulidlar - Priapulida tipi. Bir necha turi Atlantika va Shimoliy muz okeani,
Antarktika suvlarida tarqalgan. Suv tubidagi loyqada ko‘milib hayot kechiradi.
Tugarak chuvalchanglar tipi - Nematoda. 80000 ga yaqin turi ma‘lum. Tuproq, chuchuk
suvlar va dengizlarda erkin yashaydi, odam, hayvon va o‘simliklarda parazitlik qiladi.
Qilhuvalchanglar - Nematomorpha tipi. Voyaga etgan davrida ichagi reduksiyaga
uchraydi. Lichinkasi suvdagi hasharotlar, qisqichbaqasimonlarda parazitlik qiladi. Ular tanasidan
suvga chiqib, voyaga etadi. 320 turi ma‘lum.
Ichki teshiklilar - Entoprocta tipi. 60 ta turi aniqlangan. Asosan dengizlarda tarqalgan.
Mshankalar - Ectoprocta tipi. Tip Bryozoa deb ham ataladi. 5000 ga yaqin turi ma‘lum.
Yopiqog‘izlilar - Phylactolaema va Yalang‘ochog‘izlilar- Gymnolaemata sinflariga ajratiladi.
Sikloforalar - Cycliophora tipi. Omar qisqichbaqasi og‘zidan topilgan parazit
umurtqasizlar. Uchta turi ma‘lum.
Foronoidlar - Phoronida tipi. 12 turi ma‘lum. Dengiz tubida nay ichida hayot
kechiradigan hayvonlar.
Yelka oyoqlilar - Brachiopoda tipi. 280 turi aniqlangan. Qulfsizlar - Inarticulata va
Qulflilar - Articulata sinflariga ajratiladi.
Molluskalar, ya‘ni yumshoq tanalilar - Mollusca tipi (lot. mollis - yumshoq). 100 000 ga
yaqin turi mavjud. 7 sinf: Monoplakoforalar - Monopla-cophora, Chig‘anoqsizlar, ya‘ni
Egatqorinlilar - Solenogastres, Sovutlilar - Polyplacophora, Kurakoyoqlilar - Scaphopoda,
Qorinoyoqlilar - Gastropoda, Ikki pallalilar - Pelecypoda, Boshoyoqlilar - Cephalopoda.
Sipunkulidlar - Sipunculida tipi. 250 ga yaqin turi ma‘lum. Dengiz tubida uyacha ichida
hayot kechiradi.
.Exiuridlar - Echiurida tipi. 130 ga yaqin turi aniqlangan. Dengizning chuqur qismida suv
tubida hayot kechiradi.
Halqali chuvalchanglar - Annelida tipi. 12 000 dan ortiq turi ma‘lum. Ko‘ptuklilar -
Polychaeta, Kamtuklilar - Oligochata, Zuluiklar - Hirudinea sinflarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |