O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Parazit  nematodalarning  xilma-xilligi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Parazit  nematodalarning  xilma-xilligi.  Nematodalar  tabiatda  keng  tarkalgan.  Ular 
orasida  tuproq  va  suv  havzalarida  erkin  yashaydigan  turlari  ko‘pchilikni  tashqil  etadi.  Erkin 
yashovchi  nematodalar odatda mikroskopik (0,8-1 mm) kattalikda, ayrim turlari 2-3 sm  keladi. 
Nematodalar  orasida  3000  dan  ortiq  turlari  odam,  hayvon  va  o‘simliklarda  parazitlik  qiladi. 
Ko‘pchilik  parazit  nematodalar  erkin  yashovchi  turlariga  nisbatan  yirik,  ba‘zan  1  m  gacha, 
kas‘halotlar yo‘ldoshi paraziti Placentonema gigantissima hatto 8 m ga yetadi. 
Odam  askaridasi  (Ascaris  lumbricoides)  erkagi  uryuchisidan  kaltaroq  (15—25  sm), 
ancha  xipcha  va  dumi  qorin  tomonga  egilgan.  Urg‘ochisining  tanasi  uzunroq  (20—40  sm)  va 
yo‘g‘on  bo‘ladi.  Odam  askaridasi  Yer  yuzining  deyarli  barcha  hududlarida  tarqalgan.  Ayrim 
mamlakatlar (masalan, Yaponiya) aholisining ko‘ pchiligi askarida bilan zararlangan. Chunki bu 
mamlakatlarda  odam  axlatini  organik  o‘g‘it  sifatida  sabzavot  va  poliz  ekiladigan  maydonlarga 
sepiladi. 
Odam  ichagidan  chiqqan  askarida  tuxumlari  nam  muhitga  tushganida  bir  oy  davomida 
ular ichida lichinkalar rivojlanadi. Bunday tuxumlar zararli, ya‘ni, invaziyali deyiladi. Tuxumlar 
iflos  suv,  sabzavot  va  mevalar  bilan  odam  ichagiga  tushganida  ulardan  lichinkalar  chiqadi. 
Lichinkalar ichak  devorini  teshib qonga o‘tadi;  qon orqali o‘pka  alveolalariga borib qoladi.  Bu 
davrda  ular  alveolalar  devorini  yallig‘lantirib,  zotiljam  kasaliga  o‘xshash  yo‘tal  paydo  qiladi, 
ba‘zan  o‘pkadan  qon  ketadi.  Yo‘talganda  lichinkalar  bronxlar  va  kekirdak  orqali  og‘iz 
bo‘shligiga, u  yerdan so‘lak bilan birga ichakka tushadi. Ana shunday murakkab migratsiyadan 
so‘ng lichinkalar ichakka qaytib kelib, rivojlana boshlaydi. 
Askarida  bilan  zararlanganda  odamning  qorni  og‘rib,  ishtahasi  yo‘qoladi,  kamqonlik 
paydo bo‘ladi. Askaridalar juda ko‘p bo‘lganida ichak bo‘shlig‘ini bekitib qoyib, peritonit paydo 
qilishi,  ba′zan  oshqozon  va  halqum  orqali  bolalar  og‘iz  va  burun    bo‘shlig‘iga,  hatto  nafas  
yo‘liga o‘tib, bo‘g‘ib qoyishi mumkin. 
Bolalar  gijjasi  (Enterobius  vermicularis)  mayda  5-  10  mm  uzunlikdagi  parazit.  Erkagi 
tanasining keyingi uchi spiral buralgan, urg‘ochisiniki bigizga o‘xshash o‘tkirlashgan (66-rasm). 


Gijja  asosan  bolalarning  ingichka  va  yo‘g‘on  ichagi  bo‘shlig‘ida  yashaydi.  Urg‘ochisi 
urug‘langandan  so‘ng  orqa  ichakning  keyingi  qismiga  chiqib  oladi.  Tuxu-mini  orqa  chiqaruv 
teshigi  atrofidagi  teriga  qoyadi.  Tuxum  ichida  tez  kunda  lichinkalar  rivojlanadi.  Ana  shunday 
tuxumlar  iflos  qo‘l  va  oziq-ovqat  bilan  yana  ichakka  tushib  qolganida  ulardan  lichinkalar 
chiqadi. Bolalar gijjasi orqa chiqaruv teshigi atrofidagi terini qichitib, kishini juda bezovta qiladi. 
Qilbosh  gijja  -  Trichocephalis  trichiurus  uzunligi  35—50  mm,  ko‘richakda,  ba‘zan 
yo‘g‘on ichakda yashaydi. Tanasining ipga o‘xshash ingichkalashgan oldingi qismi orqali ichak 
devorining shilimshiq qavatiga kirib oladi (66-rasm). Odam qilbosh chuvalchang tuxumlari bilan 
ifloslangan  suv  va  oziq-ovqatdan  zararlanadi.  Bu  chuvalchang  ayrim  mamlakatlarda  (masalan, 
Italiyada) ancha keng tarqalgan, lekin odam sog‘lig‘iga katta ziyon keltirmaydi. 
O’n ikki barmoq ichak qiyshiqboshi yoki svaynik-Ancylostoma duodenale  mayda (10-18 
mm), qizg‘ish chuvalchang, subtropik va tropik o‘lkalar va Janubiy Yevropada tarqalgan. Parazit 
ta‘sirida  organizmda  anemiya  paydo  bo‘ladi,  svaynikning  og‘iz  bo‘shlig‘ida  xitin  tishchalari 
bo‘ladi. Parazit tishchalar  yordamida ichak devoriga  yopishib, ichak epiteliysi  bilan oziqlanadi. 
Tuxumlari axlat bilan zax joylarga yoki suvga tushganida ulardan bir sutka davomida lichinkalar 
chiqadi. Lichinkalar ikki marta tullagach, invaziyali bo‘lib, qoladi. 
Trixina-  Trichinella  spiralis  hayotining  bir  qismini  ichakda,  qolgan  qismini  muskul 
to‘qimasida  o‘tkazadi.  Trixina  ko‘pchilik    sutemizuvchirni  zararlaydi.  Voyaga  yetgan  trixina 
ingichka  ichakda  yashaydi.  Urg‘ochisi  ichak  bo‘  shlig‘iga  tirik  lichinkalar  tug‘adi.  Lichinkalar 
limfa,  so‘ngra  qon  tomirlari  orqali  tananing  har  xil  joylariga  borib  qoladi.  Lichinkalar  ko‘ 
ndalang  targ‘il  muskul  tolalariga  o‘tib,  2  haftagacha  oziqlanib,  spiral  buraladi  va  kapsulaga 
o‘raladi. Bir yildan so‘ng devoriga ohak modda to‘plangan kapsula oqish tusga kiradi. Odam va 
hayvonlar kapsulali  go‘ shtni  yeb zararlanadi. Odam trixina uchun  yopiq xo‘jayin hisoblanadi. 
Cho‘chqalar kasal kalamushlarni, kalamushlar esa boshqa kasal kalamushlarni yeb zararlanadi. 
Rishta- Dracunculus medinensis tropik va subtropik o‘ lkalarda tarqalgan. Tanasi ipga o‘ 
xshash,  uzunligi  32-100  sm.  Rishta  oyoq,  ba‘zan  qo‘  l  terisi  ostidagi  biriktiruvchi  to‘qimada 
parazitlik  qiladi  (67-rasm).  Terining  rishta  bilan  zararlangan  joyida  ho‘l  yara  paydo  bo‘ladi. 
Yaradan rishtaning bir uchi chiqib turadi. Tanasining qolgan qismi yara ostida kalavaga o‘ xshab 
o‘ ralib yotadi. Rishta tirik lichinkalar tug‘ib ko‘ payadi. Rishta bilan zararlangan odam yarasini 
suvda  yuvadigan  bo‘  lsa,  lichinkalar  suvga  tushib,  ularni  sikloplar  yutib  yuboradi.  Odam  yoki 
hayvonlar  siklopli  suvni  ichganida  rishta  lichinkasini  yuqtiradi.  Odam  tanasida  lichinka  bir  yil 
davomida voyaga yetadi. 
Aholini  vodoprovodlar  orqali  ichimlik  suv  bilan  ta‘minlash  va  boshqa  ko‘rilgan  chora-
tad-birlar tufayli O‘zbekistonda rishta aholi o‘rtasida tugatilgan. Rishta bilan zararlanish yovvoyi 
hayvonlar o‘ rtasida saqlanib qolgan. 
Bankroft  ipchasi-  Wuchereria  bancrofti  subtropik  va  tropik  o‘lkalarda  tarqalgan. 
Odamlarda  elifantiazis  -  fil  kasalligi  paydo  qiladi.  Voyaga  yetgan  parazit  limfatik  bezlar  va 
tomirlarda yashaydi. Limfa yo‘li bekilib qolishi tufayli limfa to‘xtab qolib, zararlangan joy juda 
yo‘g‘onlashib ketadi (67-rasm). Urg‘ochi nematoda limfa tomirlarida juda ko‘p tirik lichinkalar 
tug‘adi.  "Kechki  mikrofillariy"  deb  ataladigan  lichinkalar  kunduzi  ichki  organlarga  o‘tib  oladi, 
faqat  kechasi  periferik  tomirlarda  paydo  bo‘  ladi.  Kechqurun  yoki  kechasi  chivinlar  qon  so‘ 
rganida  lichinkalar  ularning  oshqozoniga  va  undan  tana  bo‘shlig‘iga  o‘tib  olib,  chivin  xartumi 


asosida to‘ planadi. Chivin qon so‘rish uchun terini teshganida ular teri ustiga  chiqadi. So‘ngra 
o‘ zlari xo‘ jayin tanasiga kiradi. 
Bo’rtma  nematodalari  (Meloidogyne)  -  o‘simliklarning  yerostki  qismlari  (ildizi, 
tuganagi)da  parazitlik    qiladi  (68-rasm).  O‘simlikning  nematoda  zararlagan  qismida  har  xil 
bo‘rtmalar  paydo  bo‘ladi.  Bo‘  rtma  nematodalarida  jinsiy  dimorfizm  juda  yaxshi  rivojlangan, 
voyaga  yetgan  erkagi  ipsimon,  uzunligi  1,5—2  mm  bo‘lib,  oziqdanmaydi,  tuproqda  yashaydi. 
Urg‘ochilari  noksimon  shaklda,  maxsus  stilet  yordamida  o‘simlik  hujayralarini  so‘rib 
oziqdanadi.  Urg‘ochi  nematoda  maxsus  tuxum  xalta  -  ootekaga  yuztaga  yaqin  tuxum  qoyadi. 
Tuxumdan lichinkalar tuproqqa chiqib, o‘simlik ildizini zararlaydi. Qulay sharoitda yil davomida 
nematodalarning bir necha nasli rivojlanadi. 
Bug’doy  nematodasi  -  Anguina  tritici  bug‘doy  va  ayrim  boshoqli  ekinlarga  ziyon 
keltiradi.  Zararlangan  bug‘doy  boshoqlarida  don  o‘rniga  nematodaning  bo‘rtmasi  hosil  bo‘ladi. 
Bo‘  rtma  ichida  15-17  minggacha  anabioz  holatidagi  lichinkalar  bo‘ladi.  Quruq  donda  lichin-
kalar 20 yilgacha tirik saklanishi mumkin. 
Kartoshka nematodasi - Ditylenchus destructor kartoshkaning ildizi va tuganagiga ziyon 
keltiradi.  Zararlangan  o‘simlik  hosili  kamayib  ketadi;  tuganagi  qorayib,  po‘sti  ko‘chadi  va    tez 
chiriy  boshlaydi.  O‘simliklarning  parazit  nematodalari  tuproq,  turli  ko‘chatlar    va  suv  orqali 
tarqaladi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish