Tasmasimon chuvalchanglarning zarari. Tasmasimon chuvalchanglar odam va
hayvonlarga katta ziyon keltiradi. Kasallik tug‘diruvchi ko‘pchilik chuvalchanglar
Cyclophyllidea va Pseudophyllidea turkumiga kiradi. Birinchi turkumdan ichak ligulasi (Ligula
intestinalis, 59-rasm) baliqlarga katta zarar yetkazadi. Uning uzunligi 50-80 sm, karpsimon
baliqdar (qora baliq, zog‘ora, leshch, qizil ko‘z) tana bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi. Kasal
baliqlar o‘sishdan qolib; ko‘pincha halok bo‘ladi. Voyaga yetgan ligulaning uzunligi 1 m yaqin.
U suvda va suv boyida yashovchi qushlar ichagida parazitlik qiladi. Ligula tanasi bo‘g‘imlarga
bo‘linmaydi, lekin germafrodit jinsiy organi tanasi boylab ko‘p marta takrorlanadi. Qush
ichagidan suvga tushgan tuxumdan koratsidiy lichinkasi chiqadi. Lichinka birinchi oraliq
xo‘jayin diaptomus qisqichbaqasi tana bo‘shlig‘iga o‘tadi. Ikkinchi oraliq xo‘ jayin- baliqlar di-
aptomus qisqichbaqasini yeb parazit bilan zararlanadi. Qushlar esa kasal baliqlarni yeganida
zararlanadi.
Odam va sutemizuvchi hayvonlarga exinokokk, miya qurti, qoramol va cho‘chqa
tasmasimon
chuvalchanglari
ham
katta
ziyon
keltiradi.
Cho‘chka tasmasimon
chuvalchangining tuzilishi va hayot kechirishi qoramol tasmasimoniga o‘xshaydi, lekin undan
birmuncha kichikligi (uzunligi 2-3 m), boshida so‘rg‘ichlari bilan birga ilmoqlari ham bo‘ lishi,
yetilgan bo‘g‘imlari 5-6 tadan uzilib chiqishi bilan farq qiladi. Cho‘chqa tasmasimoni bilan
zararlangan odamning ko‘ngli aynib, qayd qilganida parazitning etishgan bo‘g‘imlari uzilib
ichakka tushishi va tuxumlardan chiqqan lichinkalar ichki organlarga borib finnaga aylanishi
mumkin.
Odamlar, ayniqsa yosh bolalarga kalta zanjirsimon chuvalchang
Hymenolepis nana
katta ziyon etkazadi. Parazit uzunligi 1-4,5 sm keladigan tanasi 100—200 ta mayda
proglottidlardan iborat. Kalta zanjirsimon odam ichagida yashaydi. Uning onkosferasi dastlab
ichak vorsinkasiga kirib, sistitserkoid tipidagi finnaga aylanadi. Parazit ichak bo‘ shlig‘iga
chiqib voyaga yetadi va tuxum qoya boshlaydi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi 19 kunda voyaga
yetadi. Odam parazit tuxumlarini iflos qo‘li orqali yoki oziq-ovqat bilan chetdan yuqtirishi
mumkin. Parazit ayniqsa, bolalarga ko‘p azob beradi. Kasal bolaning qorni og‘rib, ichi ketadi
yoki ichi qotadi. Paazit bolaning nerv sistemasiga ham ta‘sir etadi.
Moneziya (
Monezia expansa) muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Moneziya otlar va
chorva mollari ichagida parazitlik qilib, og‘ir ichak kasalligini paydo qiladi. Moneziya
kasallagan hayvonlar ko‘plab qirilib ketadi. Moneziya mayda finnalari sovutli kanalar
(Oribatidae oilasi) tanasida rivojlanadi. Hayvonlar kanalarni o‘t bilan birga yutib zararlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: