Sistitserk ichi suyuqlik bilan to‘lgan mosh kattaligidagi pufakdan iborat. Pufak
devorining bir cheti pufak bo‘shlig‘iga botib kirgan bo‘ladi. Bu joyda lichinkaning to‘rt
so‘rg‘ichli boshchasi joylashadi. Finnalar ana shu holatda bir necha yil yashashi mumkin. Finna
faqat asosiy xo‘jayini, ya‘ni odam ichagiga tushgandan so‘ng rivojdanib voyaga yetadi. Yaxshi
pishirilmagan finnali go‘sht yoki jigar odam ichagiga tushganida pufak ichidagi boshcha
tashqariga chiqadi. Pufak yemirilib, lichinka boshchasi va boyinchasi tez o‘sa boshlaydi.
Boyincha keyingi qismi ko‘ndalangiga bo‘linish orqali yangi bo‘g‘imlar chiqarib, uzun
proglottidlar zanjiri hosil qiladi. Shunday qilib qoramol tasmasimon chuvalchangi rivojlanishi
xo‘jayin almashinishi va murakkab o‘zgarishlar, ya‘ni onkosferani finnaga va finnani voyaga
yetgan parazitga aylanishi orqali boradi.
Cho‘ chqa tasmasimon chuvalchangi (
Taenia solium)ning rivojlanishi ham xuddi shu
tarzda sodir bo‘ladi. Serbar tasmasimon chuvalchangning rivojlanishi esa ikkita oraliq xo‘jayin
orqali boradi. Odam ichagidan chiqadigan tuxumdan suvda sirti kipriklar bilan qoplangan olti
ilmoqli lichinka - koratsidiy chiqadi. Koratsidiyni siklop yutganida u ichakda kipriklarini
tashlaydi, ichak devori orqali siklop tana bo‘shlig‘iga o‘tib, chuvalchangsimon mayda lichinka-
protserkoidga aylanadi. Lichinkaning keyingi qismida sharsimon o‘simtasi bo‘ladi.
O‘simtaning shakli monogeniyalarning yopishuv serkomerasiga o‘xshab ketadi, unda oltita
ilmoqcha joylashgan. Kasallangan sikloplarni cho‘rtan, nalim va ba‘zi losossimon baliqlar
yeydigan bo‘lsa, protserkoid baliqning tana bo‘shlig‘i, tuxumdoni, muskullari va boshqa
organlariga o‘tib olib, serkomera-sini tashlaydi va o‘sib plerotserkoidga aylanadi (57-rasm).
Plerotserkoid 1- 1,5 sm uzunlikda, tanasi oldingi qismi yon tomonida ikkita tirqishsimon so‘
rg‘ichlari bo‘ ladi. Plerotserkoid invaziyali (yuquvchi) davr -
finnaga mos keladi. Zararlangan
baliq go‘shtini odam, it yoki mushuk yeganida, lichinka ular ichagiga yopishib olib, 10-12 m
gacha uzunlikdagi voyaga yetgan parazitga aylanadi.
Qoy miya qurti (Milticeps multiceps) asosiy xo‘jayini, asosan cho‘pon itlari,
oraliqxo‘jayini qoy va boshqa ba‘zi uy va yovvoyi hayvonlar hisoblanadi. It ichidagi chuval-
changning uzunligi 40 mm dan 80 mm gacha bo‘lib, itlarga katta ziyon yetkazmaydi. Miya
qurtining pufaksimon finnasi yong‘okdan yoki undan kattaroq bo‘ lib, senur deyiladi. Senur
devorida parazitning yuzlab boshchasi hosil bo‘ladi. Bunday pufak qoy va boshqa hayvonlar
miyasi yarim sharlaridan birida hosil bo‘ lganidan hayvon faqat bir tomoni bilan aylana
boshlaydi. Ana shuning uchun bu kasallik "gir aylanma" yoki "tentak kasalligi" deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: