Olti nurlilar (Hexacorallia) kenja sinfi. Paypaslagichlari va tana bo‘shlig‘i juda ko‘p, 5
karra miqdorda bo‘ladi. Beshta turkumi ma‘lum. Ulardan aktiniyalar (Actinaria) va madreporlar
(Madreporaria) keng tarqalgan.
Aktiniyalar- ancha yirik, silindrsimon yakka yashovchi poliplar. Ular tovoni yordamida
juda sekin harakat qiladi. Aktiniyalarning skeleti bo‘lmaydi, tanasi diametri 60 sm gacha. Ayrim
aktiniyalar (Sagartia) zohid qisqichbaqasimonlar bilan simbioz yashaydi. Zohid qisqichbaqa
chig‘anog‘i ustiga aktiniyani o‘tqazib olib, uni ukislorodga boy bo‘lgan toza suv bilan
ta‘minladi, aktiniya esa qisqichbaqani kuydirguvchi paypaslagichlari yordamida himoya qiladi
(42-rasm).
Madrepor korallar- ohaktoshli juda yirik kolonial organizmlar. Korall riflari asosan
madreporlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |