O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Korall  poliplar  (Anthozoa)  sinfi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Korall  poliplar  (Anthozoa)  sinfi.  Korall  poliplarga  faqat  dengizlarda  o‘troq  hayot 
kechiradigan  6000  dan  ortiq  bo‘shliqichlilardan  iborat.  Ko‘pchilik  turlari  koloniya  hosil  qiladi. 
Kattaligi  har  xil,  yakka  yashovchi  poliplar  bir  necha  mm  dan  bir  necha  o‘n  sm  gacha,  ba′zan 
turlari  1  m  gacha  bo‘ladi.  Korall  poliplar  nasl  almashinmasdan  rivojlanadi,  ya‘ni  faqat  polip 
shaklida uchraydi; meduza davri bo‘lmaydi. 
Tuzilishi.  Tanasi  gidropoliplarga  o‘xshash,  lekin  ularga  nisbatan  murakkab  tuzilgan. 
Yakka  poliplarda  silindrsimon  tanasining  yassi  tovon  qismi  substratga  yopishish  uchun  xizmat 
qiladi.  Koloniyali  poliplarda  har  qaysi  individ  tovon  bilan  koloniya  poyasiga  yoki  shoxiga 
yopishadi.  Og‘iz  teshigi  polip  tanasi  uchki  qismida  joylashgan  bo‘lib,  sakkiz  (sakkiz  nurlilar 
kenja sinfi),  yoki olti qirrali halqumga ochiladi. Halqum devori gastral bo‘shliqqa osilib turadi. 
Halqum  og‘iz  karra  mikdorda  paypaslagichlar  bilan  o‘ralgan  (41-rasm)bo‘lib,    og‘iznig  nayga 
o‘xshash uzun diski devorini polip tanasiga botib kirishidan hosil bo‘lganligi tufayli ektodermal 


epiteliy  bilan  qoplangan.  Halqum  nayi  va  halqum  teshigi  bir  tomonlama  yassilashgan  tirqishga 
o‘xshaydi.  Halqumning  bir  uchida  yoki  ikkala  uchida  ham  sifonoglif  -  og‘iz  egatchalari 
joylashgan.  Egatchalardagi  kipriklar  harakati  tufayli  gastral  bo‘shliqqa  suv  kiradi.  Halqumning 
boshqa qismi orqali suv gastral bo‘shliqdan oqib chiqadi.  
Gastral bo‘shliq endoderma bilan qoplangan, parda to‘siq - septa yordamida kameralarga 
bo‘lingan.  Septaning  bir  tomoni  tana  devoriga  yopishgan  periferik  kameralarni  hosil  qiladi;  
ikkinchi  tomoni  gastral  bo‘shliqda  erkin  joylashgan.  Shu  sababdan  gastral  bo‘shliq  markaziy 
qismi kameralarga bo‘linmagan. Septaning tana bo‘shlig‘ida erkin joylashgan qalinlashgan uchi 
mezenterial iplar deyiladi. Mezenterial iplarda hazm qilish fermentlari ishlab chiqaruyvchi bezli 
hujayralar joylashgan. Septalar endoderma bilan qoplangan mezogleydan iborat. Ular soni pay-
paslagichlar soniga teng bo‘ladi.  
Koloniya  bo‘lib  yashovchi  korall  poliplar  ohak,  ba‘zan  muguz  (sakkiz  nurlilar)  skelet 
hosil  qiladi.  Ko‘pchilik  yakka  korallar  skeleti  bo‘lmaydi.  Sakkiz  nurlilar  skeleti  mezogleyda 
tarqoq  joylashgan  mikroskopik  ohak  ninalardan  iborat.  Qizil  korall  tanasidagi  skelet  ninalari 
o‘zaro  yopishib,  birmuncha  tig‘iz  skeletni  hosil  qiladi.  Yakka  yirik  korallar  (aktiniyalar)ning 
skeleti  bo‘lmaydi;  asta-sekin  harakatlanishi  bilan  kolonial  korallardan  farq  qiladi.  Ularning 
paypaslagichlari 
ayniqsa 
sezgir 
bo‘ladi. 
Aktiniyalar 
ta‘sirlansa 
tanasi 
qisqaradi; 
paypaslagichlarini  tortib  olib,  yumaloqlanadi.  Aktiniyalar  -  yirtqich;  qisqichbaqalar  va 
mollyuskalar  bilan  oziqdanadi.  O‘ljasini  paypaslagichlari  yordamida  tutib,  otiluvchi  ipchalari 
yordamida  falajlaydi.  So‘ngra  aktiniya  og‘zini  katta  ochadi  va  halqumining  bir  qismini 
tashqariga  chiqarib  o‘ljani  qamrab  oladi.  Ozig‘i  tana  bo‘shlig‘i  va  hujayra  ichida  (fagotsitoz) 
hazm bo‘ladi.
  
 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish