Soya ekinini yetishtirish boʻyicha tavsiyalar


BOSH SAHIFA BOSH SAHIFA



Download 128,85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana01.01.2022
Hajmi128,85 Kb.
#289245
1   2   3
Bog'liq
Soya ekinini yetishtirish boʻyicha tavsiyalar - mirishkor.uz

BOSH SAHIFA

BOSH SAHIFA

BOGʻDORCHILIK

BOGʻDORCHILIK

DEHQONCHILIK

DEHQONCHILIK

GULCHILIK

GULCHILIK

ASALARICHILIK

ASALARICHILIK

FOYDALI MAʼLUMOTLAR

FOYDALI MAʼLUMOTLAR

YANGILIK

YANGILIK


Soya ekiladigan maydonga sharoitdan kelib chiqqan holda sof holda 90 kg fosfor va 60 kg kaliyli oʻgʻitlar 100 foiz

berilib, dala begona oʻt qoldiqlari va ildizlaridan tozalanib, obdon tekislanadi.

Respublikamizning tuproqlari tarkibida soya oʻsimligiga moslashgan bakteriyalarning mavjud emasligi sababli

ekinni ekishdan avval urugʻlarga albatta “Rizotoptin”, “Rizobium”, “Bradirizobium” biooʻgʻitlarining biri bilan 600-800

g/ga hisobida ishlov berilishi kerak, aks holda soya oʻsimligi ildizida biologik azot toʻplanmaydi.

Quyosh nuri tushmaydigan joyga bir tekis yoyilgan urugʻlar ustidan biooʻgʻitlar bir xilda sepiladi va yaxshilab

aralashtirgach, usti mato bilan bir oz muddat oʻrab qoʻyiladi. Ishlov berilgan urugʻlar oʻsha kunning oʻzida ekilishi

kerak, aks holda foydali bakteriyalar oʻz kuchini yoʻqotadi.

Soyani ekish uchun eng maqbul muddat tuproqning 0-10 sm qatlamdagi harorat 12-14˚C atrofida boʻlishidir. Qator

orasi 60 yoki 70 sm boʻlgan pushtaga yirik-maydaligidan kelib chiqqan holda 60-80 kg meʼyorda urugʻlik sarflansa,

har gektar maydonda oʻrtacha 350-400 ming tup koʻchat olinishi taʼminlanadi. Urugʻlik SPCH-6-8 pnevmatik

seyalkasida 4-5 sm chuqurlikka ekilishi eng maqbul hisoblanadi.

Asosiy muddatda urugʻ ekish ishlarini janubiy mintaqalarda mart oyi ning oxiri, markaziy mintaqalarda aprelning

birinchi yarmidan, shimoliy mintaqalarda esa ikkinchi oʻn kunligidan boshlab aprel oyi oxiriga qadar yakunlash

maqbul hisoblanadi.

Urugʻlarni tuproqning tabiiy nam ligi hisobiga undirib olish muhim ahamiyatga ega. Agar tuproqda namlik yetarli

boʻlmasa, maydonga yengilgina urugʻ suvi berish talab etiladi. Aks holda koʻllagan joylardagi urugʻlar oʻz

unuvchanlik xususiyatini yoʻqotadi va koʻchat qalinligi meʼyordan kam boʻlishiga olib keladi.

Nihollar unib chiqib, birinchi uchtalik barglar hosil boʻlganda tuproqda havo almashishini taʼminlash, issiqlik va suv

oʻtkazuvchanligini yaxshilash maqsadida qator oralari kultivatsiya qilinadi. Bunda KRX-4 kultivatori ishchi organlari

kamida 10-12 sm chuqurlikka, oʻsimliklardan esa 8-10 sm uzoqlikda yuradigan qilib joylashtirilishi kerak.

Vegetatsiya davomida tuproq sharoitidan kelib chiqqan holda qator oralariga kamida 2-3 marta kultivator bilan

ishlov beriladi.

Maydonni begona oʻtlardan tozalash maqsadida oʻtoq va ketmon chopiq qilib turiladi. Tuproq sharoitiga koʻra sizot

suvlari yuza joylashgan maydonlarda 1 marta chuqur chizellanishi maqsadga muvofiqdir.

Maʼlumotlarga koʻra, soya ekinidan yuqori va sifatli hosil olish uchun sof holda 70-75 kg azotli, 90 kg fosforli va 60

kg kaliyli oʻgʻitlar berilishi kerak. Birinchi azotli oziqlantirish shonalash davriga qadar oʻtkazilishi kerak. Bunda

qator oralariga 30-35 kg/ga miqdordagi azot kultivator oʻgʻitlagich bilan 12-14 sm chuqurlikka beriladi.




  3,740 marta ko‘rilgan,  18 marta bugun ko‘rildi

Ikkinchi azotli oziqlantirish shonalash-gullash davrida oʻtkazilib, 40 kg/ga miqdorida 16-18 sm chuqurlikka

solinadi. Azotli oʻgʻitlarning bundan kech muddatlarda berilishi ekinning oʻsuv davrini kechiktirib yuboradi.

Tuproq sharoitlaridan kelib chiqqan holda birinchi sugʻorish shonalash-gullash bosqichida oʻrtacha 600-650

m /ga, ikkinchisi gullash-dukkaklash davrida, uchinchisi donining toʻlishi davrida 800-850 m /ga meʼyorda

oʻtkaziladi. Shuningdek, soya donining pishish bosqichida namlik yetarli boʻlishini taminlash maqsadida har 15-20

kunda sugʻorib turish maqsadga muvofiq.

Sugʻorish ishlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi donning toʻliq boʻlishini taʼminlaydi. Namlik yetishmasa soya

doni mayda boʻlib, hosildorlikning keskin kamayib ketishiga olib keladi.

Soya ekiniga oʻrgimchakkana, shira, oqqanot kabi soʻruvchi zararkunandalar hamda kuzgi tunlam, koʻsak qurti kabi

zararkunandalar zarar keltiradi. Ularga qarshi kurashishda biologik va kim yoviy qarshi kurash choralarini

uygʻunlashgan holda qoʻllash yaxshi samara beradi.

Soʻruvchi zararkunandalarga qarshi oltinkoʻz imogasini belgilangan nisbatlarda va tartibda tarqatish maqsadga

muvofiq. Kimyoviy kurashishda esa kompleks taʼsir etuvchi preparatlardan foydalanish zarur.

Shira, oqqanot, tamaki tripsi, kichik yoshdagi qurt lichinkalariga qarshi “Mospilan” (0,15 l/ga), “Karbafos” (0,6-1,0

l/ga), “Deltafos” (1,0 l/ga), “Aplaud” (0,5 kg/ga, “Admiral” (0,5 l/ga), “Politrin-K” (1,0 l/ga), “Kalipso” (0,1 l/ga),

“Vertmek” (0,5 l/ga), “Fufanon” (1,0 l/ga), “Koragen” (0,04-0,05 l/ga), “Avaunt” (0,4-0,45 l/ga) preparatlarning

birortasini (koʻrsatilgan meʼyorlariga amal qilgan holda) traktorga tirkalgan OVX purkagichi bilan gektariga 300 litr

suv sarflangan holda purkaladi.

Oʻrgimchakkanaga qarshi profilaktika uchun gektariga 30-40 kg dan oltingurgutni changlatish, zarur boʻlgan vaqt ‐

da kimyoviy preparatlardan “Omayt” (1,5 l/ga), “Neron” (1,0-1,2 l/ga), “Vertmek” (0,2-0,3 l/ga), “Fufanon” (1,2 l/ga),

“Deltafos” (1,5 l/ga) preparatlarining birini belgilangan tartibda sepish yaxshi samara beradi.

Soya ekinini parvarishlashda agrotexnika tadbirlari yuqoridagi tavsiyalarga toʻla amal qilgan holda oʻz vaqtida

oʻtkazilganda moʻl va sifatli hosil yetishtirishga erishiladi.




Download 128,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish