1. Til va nutq
F.de Sossyur nutqiy faoliyat (Languege) ning individuallik va
sotsiallik belgilarini o„zida mujassam etgan butunlik ekanligi va uning
til (Langue) – nutq (parole) munosabati birligidan tashkil topishini
ta‟kidlaydi.
Nutqiy faoliyat doirasida ikki asosiy tushunchani-til (langua)
va nutq (porole) ni ajratdi. Shu asosda lingvistikani ham ikki turga -
til lingvistikasi va nutq lingvistikasiga bo„ldi. Lekin amalda asosan
til lingvistikasiga e‟tiborini qaratdi.
Garchi til-nutq dixotomiyasi F.de Sossyurgacha V.Gumboldt,
yosh grammatikachilar maktabi va Boduen tomonidan bayon
qilingan bo„lsa ham, lekin F.de Sossyur uni lingvistik sistemasining
markaziga aylantirdi.
Sossyurning fikricha, nutqiy faoliyatning ikki tomoni mavjud:
individual va sotsial. Ularni bir-birisiz tasavvur qilish mumkin
emas. “Til nima? degan savolga javob berar ekan, u “til”
tushunchasining “nutqiy faoliyat” tushunchasiga teng kelmasligi,
“til” “nutqiy faoliyat”ning bir qismi, lekin eng muhim qismi
ekanligini, u sotsial mahsulot ekanligi, u yoki bu til egalarining har
biri xotirasida mavjud bo„lgan nutqiy faoliyatga kirishish imkoniyati
ekanligini ta‟kidlaydi.
F.de Sossyur tilning belgilar sistemasi ekanligini e‟tirof etish
bilan birga, uning tuzilishi haqida ham qimmatli fikr bayon qiladi. U
tilni munosabatlar yig„indisi sifatida ijtimoiy hodisalar qatorida
o„rganar ekan, uning boshqa ijtimoiy hodisalardan farqi belgilik
xarakteri ekanligini, “til g„oyalarni ifodalovchi belgilar sistemasi”
ekanligini bayon qiladi.
Bugungi kunda bunday farqlanish, darhaqiqat, har qanday
lingvistik tadqiqot uchun tayanch nuqtaga aylanib qoldi. Hozirgi
davrda bu farqlanishni e‟tirof etmagan biron-bir tilshunos topilmasa
kerak.
Shunday bo„lishiga qaramasdan, til-nutq dixotomiyasi olg„a
surilgandan buyon bu farqlanishga yondashuv, uning talqini
tilshunoslar o„rtasida bir xil bo„lgan emas.
O.Yespersenning fikricha, til va nutq o„rtasidagi farqlanish
individ va jamiyat o„rtasidagi lingvistik odat farqlanishining
gavdalanishidir. Xususan, u “til” va “nutq” o„rtasidagi farqlanishda
men individual «ong»ga qarama-qarshi qo„yilgan “xalq ongi”
“jamoa ongi” yoki “to„da ongi” nazariyasining variantidan boshqa
hech narsani ko„rmayman, deb yozadi. Ana shu fikrlar asosida
muallif shunday xulosa qiladi: har bir individ o„zining nutqi uchun
tashqaridan beriladigan me‟yorga ega bo„ladi. Amalda u
boshqalarning individual nutqlarini kuzatish yo„li bilan qo„lga
kiritiladi. Shu asosda aytishimiz mumkinki, til (la langue) go„yo
nutqning (la parale) ko„pligidir. Bu xuddi “ko„p otlar” “bir necha”
otlardan tashkil topganiga o„xshaydi. Ya‟ni ot
1
- ot
2
- ot
3
munosabatida ot
2
ot
1
dan, ot
3
esa ot
2
dan ma‟lum belgilari bilan farq
qiladi. Xuddi shunga o„xshash barcha individual tillar jamlanib
milliy tilni hosil qiladi.
Ana shu asosda O.Yespersen Sossyurning til va nutq
farqlanishi haqidagi nazariyasini o„zicha izohlaydi. Uning
ta‟kidlashicha, individning oniy lingvistik funksiya bajarishi nutqdir
yoki nutq individning lingvistik odatlari yig„indisidir.
A.Gardinerning fikricha, har qanday lug„at va har qanday
sintaktik modellar yig„indisi tildir. Qisqa muddatli, tarixan betakror
so„zdan foydalanish faoliyati nutqdir. Nutq konkret zamon va
makon bilan bog„liq. U betakrorlik xususiyatiga ega. Bir sintaktik
model asosida yuzaga chiqqan har bir jumla konkret bir makon va
zamonda muayyan shaxs tomonidan yuzaga chiqariladi. U
betakrorlik xususiyatiga ega bo„ladi.
Ko„pchilik an‟anaviy tilshunoslik tarafdorlari o„rtasida til va
nutqni farqlashning lingvistika uchun nima ahamiyati bor? degan
savol tug„ilishi mumkin. Alan Gardiner bu savolga birinchi darajali
ahamiyatga ega deb javob beradi.
Uning fikricha, har qanday real gapda ikki qatordagi hodisa
mavjud bo„ladi. Ulardan birinchi qatordagisi so„zlovchi shaxsga
qadar uning til xotirasida mavjud bo„lgan leksik birliklar va
grammatik sxemalardir. Bular “til” fakti hisoblanadi. Ayni paytda,
har bir real gap ma‟lum so„zlovchi sub‟ektning ijod mahsuli va u
ma‟lum maqsadda muayyan bir makonda va zamonda bayon
qilinadi. Gapda o„z ifodasini topgan ana shu belgilar “nutq” fakti
sanaladi.
Shunday qilib, “til” va “nutq” zidlanishi o„zida mohiyat-hodisa
dialektikasini namoyon etadi va til sistemasining barcha sathlarini
qamrab oladi.
F.M.Berezin F.Sossyurning til-nutq dixotomiyasida ikki asosiy
nuqtaga tayanganini bayon qiladi: a) sotsiallik va individuallik
belgisi; b) farqlovchilik va farqlanmaslik belgisi. L.Yelmslev esa
sotsiallik va individuallik belgisini soqit qiladi. U faqat tilning
o„zidagi munosabatlarni o„rganishga asosiy e‟tiborni qaratganligi
uchun ikkinchi zidlanish, ya‟ni farqlovchi va farqlanmaydigan
belgilar zidlanishi asosiy tayanch nuqta hisoblanadi, deydi.
Xullas, til-nutq dixotomiyasida tilni “narsa - o„zida” sifatida uning
ichki strukturasini o„rganishda L.Yelmslevning xizmati katta bo„ldi.
Til va nutq hodisalari umumiylik-xususiylik, mohiyat-hodisa,
invariant-variantlilik tushunchalari bilan uzviy bog„lanadi. Umumiylik
va xususiylik dialektikasi to„g„risida gapirganda, Gegelning bir
iborasini eslash o„rinlidir. Biz gilos, olma, o„rikni yeymiz, hech
qachon mevani yeya olmaymiz. Yoki V.M.Solnsev ta‟kidlaganidek,
yilqi ichidagi qaysi otni boshqa otga nisbatan invariant deb hisoblash
mumkin. Tabiiyki, hech qaysisini, faqat ularning bittasini «namuna»
deb e‟tirof etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |