Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


Asosiy tayanch tushunchalar



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/41
Sana07.12.2019
Hajmi1,81 Mb.
#28806
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi 3e87e-разблокирован


Asosiy tayanch tushunchalar: 
 
1. Sotsial-iqtisodiy tizim    
2.Monostrukturali iqtisod  
3. Polistrukturali iqtisod  
4.Ierarxik boshqarishga asoslangan iqtisod  
5. Aralash iqtisodiyot   
6.An’anaviy iqtisod  
 
 

  
a) bir mulk shakli hukmron bo’lgan tizim. 
b)jamiyatdagi turli xo’jalik yurituvchi subektlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar, 
aloqalar, jarayonlarni bir butun holda, muayyan tarzda tarkib topishi va tartibga solinishini 
ifodalaydi. 
v)iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish, tartibga solishni yakka boshliq xokimligiga 
tayanadigan axborot olish, buyruq va topshiriqlar asosida olib boriladigan iqtisodiyot. 
g)mulkchilikning turli-tumanligi va ularning tengligiga asoslangan io’tisod. 
d)mulkchilikning turli-tumanligi, ularning tengligi, aralash tartibda boshqariladigan, 
iqtisodiyotni tartibga solishda ma’lum chegarada davlatning aralashuvini taqazo qiladigan 
iqtisod. 
e)  cheklangan resurslardan foydalanish tartibi an’ana va urf-odatlar, udumlar asosida 
belgilanadigan iqtisod. 
Takrorlash va munozara uchun savollar 
 
1.Tizim deganda nimani tushunamiz? Sotsial-iqtisodiy tizim deganda-chi? Bu haqda 
qanday fikrlar bor?  
2. Sotsial-iqtisodiy tizimga formatsion yondashchuvni ma’nosini tushuntirib bera 
olasizmi?  
3. U. Rostou jamiyat taraqqiyotini qanday bosqichlarga bo’ladi? Izohlang.  
4. Monoiqtisodiyot bilan poliiqtisodiyot(aralash iqtisodiyot)ning farqi nimada?  
5. Sotsial-iqtisodiy tizimni iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish, tartibga solish uslubi 
bo’yicha qarasak, qanlay guruhlarga ajratish mumkin?  
6. Sotsial-iqtisodiy tizimlarga turlicha yondashuvlardan qaysi biri reallikka yaqinroq?  
7. Nima sababdan bir sotsial itisodiy tizim ikkinchisi bilan almashadi? Uning sababaini 
izohlashga qanday yondashuvlar mavjud?  
 
Masala va mashqlar: 
 
 1.Aytaylik, xususiy firma tovar partiyasini sotib olishga qaror qildi.  
 Tovar sotib olish uchun shartnoma tuzish maqsadida menejer avvaldan potentsial 
sotuvchilarni topish, tovar bahosi, tovarni sotish, olib keltirish sharti, xaq to’lash xaqida axborot 
to’plashga kirishdi.  
 
Xalqaro telefonda gaplashishlar va telegrammalar uchun 1 mln so’m sarfladi. 
Tovarlarni ko’rib kelish uchun transport xarajatlari 500 ming so’m, undan tashqari firma 
faoliyatining ishonchliligini tekshirish va shartnoma tuzish uchun yuridik xizmat 
ko’rsatuvchi firmaga 500 ming to’landi. 
 Oxir oqibat bitim tuzildi. Sotib oluvchi firma tovarlar partiyasi uchun 20 mln so’m 
avvaldan xaq to’ladi. Sotib oluvchi firmaning transaktsion xarajatlarni aniqlang va baholang. 
Qanday sharoitda transaktsion xarajatlar jamiyatda katta miqdorda va unchalik ko’p bo’lmagan 
miqdorni tashkil etadi, ko’rsating? 
  
T/N 
 
1.Markazdan rejalashtiriladigan ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan, jamiyat uchun 
xam, an’anaviy jamiyat uchun ham, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat uchun xam umumiy 
iqtisodiy muammo bor: 
2«Nima ishlab chiqarish» muammosi faqat resurslar cheklanganligi tufayli kelib chiqib, 
faqat xususiy biznes uchun xarakterli. 
3.Qanday ishlab chiqarish kerak muammosi mehnatga layoqatli aholisi ko’p bo’lgan 
mamlakatlar uchun xos emas. 
4.Kim uchun ishlab chiqarish muammosi markazdan rejalashtiriladigan ma’muriy 
buyruqbozlikka asoslangan jamiyat uchun xos emas. 

 
 
5.Iqtisodiyotni tartibga solishni tahlil qilib, mashhur iqtisodchi R. Kouz iqtisodiy 
nazariyaga transaktsion xarajatlar degan tushunchani kiritdi. 
6.Iqtisodiyotning tizim sifatida rivojlanishida bir-biriga qarama-qarshi ikki tendentsiya 
amal qiladi. 
 
Testlar 
 
1. Quyidagilardan qaysi biriga ierarxik boshqarish xos emas? 
a) UZDEU korporatsiyasi doirasida avtomabil ishlab chiqarish; 
b) Oilada oila a’zolarining uy yumushlarini bajarishi;  
c) Fermer xo’jaligida maxsulot ishlab chiqarish; 
d) Toshkent Moliya institutida kafedraning faoliyatini boshqarish  
e) Yaponiya milliy iqtisodiyoti miqyosida avtomobil ishlab chiqarish 
2.Quyidagi sanab o’tilganlardan qaysi birini transaktsion xarajatlarga qo’shmagan bo’lar 
edingiz? 
a) Tijorat menejeri uchun uyali telefon sotib olindi; 
b) Shartnoma tuzmoqchi bo’lgan korxonaning moliyaviy ahvoli xaqida ma’lumotlar 
to’plash; 
c) Bitim tuzilganini tasdiklash uchun notariusga xizmat xaqi to’lash; 
d) Bitim tuzayotgan korxona egasiga o’z mahsulotingizdan sovƒa qildingiz;  
e) Tuzilgan bitimni sherigingiz qanday bajarayotganini nazorat qilingani uchun xaq 
to’ladingiz 
3. Qachonki iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomonidan echilar 
ekan, bunday iqtisodiyot … 
a) markazdan boshqariladigan iqtisodiyot; 
b) bozor iqtisodiyoti; 
c) natural xo’jalik; 
d) aralash iqtisodiyot; 
e) an’anaviy iqtisodiyot 
4. Barcha iqtisodiy tizimlarda fundamental muammolar nima, qanday, qancha, kim 
uchun? mikro va makro darajada echiladi. Quyidagilardan qaysi biri mikro darajada echiladi? 
a) To’la bandlikni qanday ta’minlash mumkin? 
b) Nima va qancha ishlab chiqarish zarur? 
c) Inflyatsiyadan qanday qutilish mumkin? 
d) Iqtisodiy o’sishni qanday raƒbatlantirish mumkin? 
e) Yalpi daromad va yalpi xarajatlarni qanday muvozanatga keltirish mumkin? 
 
5. Rivojlanish bosqichlariga tsivilizatsion yondashuvning asoschisi kim? 
a) Alfred Marshall 
b) Uolter Rostou 
c) Ronald Kouz 
d) Artur Pigu 
e) Karl Marks 
6.Tsivilizatsion yondashuv bo’yicha jamiyat taraqqiyoti 5 bosqichga bo’linib, u 
quyidagilardan iborat: 
a) o’tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga o’tish, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol 
jamiyati, kommunistik jamiyat; 
b) An’anaviy jamiyat, industrial jamiyatga o’tish, feodalizm, industrial jamiyat, 
kommunistik jamiyat; 
c)  An’anaviy jamiyat, kuldorlik, industrial jamiyatga o’tish, industrial jamiyat, ommaviy 
iste’mol jamiyati; 

  
d) An’anaviy jamiyat, o’tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga o’tish, industrial jamiyat, 
ommaviy iste’mol jamiyati; 
e)  An’anaviy jamiyat, o’tkinchi jamiyat, kommunistik jamiyat, industrial jamiyat, 
ommaviy iste’mol jamiyati 
7.Sotsial-iktisodiy tizimlarni almashinish sabablarini formatsion yondashuvda qanday 
izoxlanadi? 
a) Ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish darajasiga ishlab chiqarish munosabatlarining mos 
kelishi; 
b) Ishlab chiqarish texnologik usulining o’zgarishi; 
c) Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga ishlab chiqarish munosabatlarining 
mos kelmasligi; 
d) Resurslarning cheklanganligi bilan extiyojlar cheksizligi o’rtasidagi ziddiyat;  
e) Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga ustqurmaning mos kelmasligi 
 
 
 
 
 Tarqatma materiallardan namunalar 
An’anaviy, ma’muriy, bozor iqtisodiyoti  
tizimlari 
 
An’anaviy iqtisodiy tizim 
Ma’muriy iqtisodiy tizim 
Bozor iqtisodiyoti tizimi 
Iqtisodiy qarorlar odatda 
avvalgi avlod yoki ilgari 
qabul qilingan qarorlarni 
takrorlaydi. 
Iqtisodiy qarorlar asosan 
avtoritar masalan, feodal, lord 
tomonidan yoki davlat organi 
tomonidan qabul qilinadi. 
Muxim iqtisodiy qarorlar alohida 
shaxslar va biznas firmalar 
tomonidan qabul qilinadi. 
Iqtisodiy hayotda 
an’analarni davom ettirish 
qadrlanadi. 
Reja organlari nima ishlab 
chiqarish, kimga sotishni hal 
qiladilar. 
Bozor baxolari ishlab chiqaruvchilar 
uchun xaridorlar nima hohlashi 
xaqida signal beradi, uni asosida 
alohida shaxslar va biznes firmalar 
tomonidan qaror qabul qilinadi. 
 
 

  
Mulkchilikning hukmron shakli va tartibga solish mexanizmiga ko’ra sotsial - iqtisodiy tizimlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Sotsial iqtisodiy tizimlar 
Mulkchilikda merosxo’r 
lik, sulolalar mavqei 
xukmronligi 
Manufaktura, fabrika 
mashinalashgan ishlab chiqarish 
Xususiy mulk ustivorligi 
An’anaviy iqtisod 
Bozor iqtisodiyoti 
Tsivilizatsiyalashgan yoki 
aralash iqtisod 
Iqtisodiy jarayonlar, aloqalar, 
urf-odatlar, an’analar, diniy 
qoida – lar asosida tartibga 
solinadi 
Markazdan boshqariladigan 
ma’muriy rejali iqtisod 
Tartibga solish mexanizmi 
Dastlab o’zlashtirishga 
asoslanadi.So’ngra natu- ral, 
mayda tovar xo’jaligi 
Mulkchiliking xukmron shakli 
Ishlab chiqarishni tashkil 
etish 
Iqtisodiy aloqalar, jarayonlar 
bozor mexaniz mi orqali 
tartibga solinadi 
Rejali asosda sotsialistik 
ishlab chiqarish 
Hozirgi zamon ishlab 
chiqarishi 
Iqtisodiy aloqalar, jarayonlar bir 
markazdan ma’muriy buyruq 
yo’li bilan boshqariladi, 
uyg’unlashtiriladi. 
rejani bajarishga qaratiladi 
Mulkchilikning turli shakllari 
mavjudligi va qonuniy tengligi 
Iqtisodiy aloqalar, 
jarayonlar bozor mexaniz 
mi bilan davlat mexaniz mi 
hamkorlikda tartibga 
solinadi 
Davlat mulki ustivorligi 

 
 
Javoblar:  
Asosiy tayanch tushunchalar: 
1b); 2a); 3g; 4v); 5d; 6e). 
Masala va mashqlar:  
 1. Transaktsion xarajatlar 2 mln so’m. Jami tovarlarning bahosiga nisbatan 2*100=20% 
ni tashkil etadi. 
 T/N 
1T; 2N; 3N, 4N; 5T; 6T 
  
 Testlar: 
1e); 2a); 3d); 4b); 5b); 6d); 7c). 
 
 
1. To’g’ri. Mavjud, xar o’anday jamiyat oldida «Nima, o’anday, o’ancha, kim uchun 
ishlab chio’arish» muammosi turadi. 
2. Noto’g’ri. Sababi «resurslar cheklanganligi-extiyojlarni cheksizligi» muammosi doimo 
mavjud, shuning uchun «nima ishlab chio’arish» muammosi fao’atgina xususiy biznes emas, 
balki butun jamiyatga xos. 
3. Noto’g’ri. Chunki mexnat resurslari ishlab chio’arish uchun zarur bo’lgan resurslarni 
bir turini tashkil etadi. Shuning uchun jamiyat oldida doimo o’anday ishlab chio’arish 
muammosi turadi. 
4. Noto’g’ri. Yuzaki o’araganda shunday ko’rinsada aslida barcha axborotlarni «ipidan 
ignasigacha» yagona markazda to’plab bo’lmaydi. Shuning uchun «kam ishlab chio’arish» 
muammosi bu jamiyat uchun xam dolzarb bo’lib o’olaveradi. 
5. To’g’ri. U bu xarajatlar ishlab chio’arish bilan emas, balki ana shu ishlab chio’arishni 
boshlash uchun zarur bo’lgan xarajatlar, ya’ni narxlar, kontragentlar xao’ida axborot to’plash, 
xo’jalik bitimlari tuzumi va ularni bajarilishini nazorat o’ilish xarajatlari va bosho’a shunga 
o’xshash xarajatlarni o’z ichiga oladi. 
6. To’g’ri. Birinchisi, tizim tarkibiy o’ismlari muvozanatga, ular o’rtasidagi aloo’alarni 
sao’lanishiga intilish. 
 Ikkinchisi, o’zgarishga, texnika va sotsial jixatdan yangi-yangi o’zgarishlar, muvozanatni 
buzilib turishi yuz beradi. 
 
 

 
 
 II BO’LIM. BOZOR IQTISODIYOTI NAZARIYASI ASOSLARI 
 
 VI BOB. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI BOZOR IQTISODIYOTI 
SHAKLLANISHI VA AMAL QILISHINING ASOSIDIR. 
 
 Avvalgi bo’limda iqtisodiyotning umumiy asoslarini o’rganib chiqdik. Unda biz jamiyat 
iqtisodiy taraqqiyotining eng umumiy jixatlariga diqqat qaratdik. Navbatdagi bo’limda esa turli 
sotsial iqtisodiy tizimlarni birlashtirib, bog’lab turuvchi munosabatlarni o’rganamiz. Bu 
munosabatlar kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bir bosqichi tovar ishlab chiqarish 
boshlangan paytdan vujudga kelib, shu tarixiy davr mobaynida rivojlanib xozirgi darajaga etib 
keldi. 
Bo’limning dastlabki bobi bozor iqtisodiyotining asosi bo’lgan tovar-pul munosabatlarini 
o’rganishga bag’ishlanadi. 
 Kishilik jamiyati vujudga kelgandan boshlab ishlab chikarish kanday rivojlangani, nima 
sababdan tovar-pul munosabatlari kelib chiqqani, bu munosabatlar bozor iqtisodiyotining 
shakllanishi va amal kilishining asosi ekanligini ko’rib chiqamiz.  
 Tadkikotni  tovar  xo’jaligini  vujudga kelishi sabablari, tovar o’zi nima va u qanday 
xususiyatlarga ega ekanligini o’rganishdan boshlaymiz. So’ngra, tovar haqidagi nazariyalar, 
pulning kelib chiqishi, uning o’ziga xos xususiyatlari va funktsiyalari haqida to’xtalamiz. 
1-§. Xo’jalik yuritishning asosiy shakllari 
 
 Kishilik jamiyatining rivojlanishiga tarixan nazar tashlasak, ijtimoiy xo’jalik yuritishning 
ikki asosiy — natural va tovar xo’jaligi shakli mavjudligini ko’ramiz. 
 Tarixiy xo’jalik yuritish taraqqiyoti bosqichlari ko’pchilik iqtisodchilarning fikricha, 
buyuk texnik inqiloblar bilan farq-lanadi. Buning natijasida mehnat vositalari tubdan o’zgaradi, 
ijtimoiy mehnat taqsimotida katta o’zgarishlar sodir bo’ladi, yangi tarmoqlar vujudga keladi. U 
o’z navbatida muhim sotsial-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi, odamlarning ehtiyojlari va ularni 
qondirish usullari o’zgaradi. 
 Dastlab ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqarish bo’lmagan. Asosan, tabiatda bor 
narsalarni yig’ib kun ko’rishgan. Ovchilikda juda oddiy qurollar — tosh, tayoq, suyaklardan 
foydalanilgan. 
 Tabiatning tayyor ne’matlarini iste’mol qilish, «agrar inqi-lob» deb atalgan ikki buyuk 
kashfiyot — dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishiga olib kelgan. Natijada uzluksiz 
ishlab chiqarishga asos solingan. Bu bilan kishilik jamiyatining iqtisodiy tarixida eng uzoq 
davom etgan bosqichiga qadam qo’yildi. 
 Natural xo’jalik. Bu umuminsoniy taraqqiyotda tarixan birinchi, eng uzoq davom etgan 
xo’jalik yuritish bo’lib, ishlab chiqarishning industrial bosqichiga o’tilgandan keyin o’z hukmron 
mavqeini yo’qotadi. 
 Xo’jalik yuritishning tovar shakli esa iqtisodiyotning rivojlangan bosqichiga xos. 
 Har ikki xo’jalik yuritish shakli bir-biridan tubdan farq qiladi; 
 — birinchisi «yopiq» xo’jalik bo’lsa, ikkinchisi «ochiq»; 
 — ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanish darajasi birida past, mehnat universal 
xarakterga ega bo’lsa, ikkinchisida yuqori; 
 — ijtimoiy mahsulot shakli ham farq qiladi, birida natural, ikkinchisida tovar; 
 — ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchi o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar farqi ham katta. 
Iqtisodiyotdagi nima, qancha, kim uchun kabi masalalar natural xo’jalikda oson echiladi. Natural 
xo’jalikda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning maqsadi o’z ehtiyojlarini qondirish. Shuning 
uchun ham ishlab chiqarish xo’jalik ehtiyojlaridan kelib chiqib olib boriladi. 
 Natural  xo’jalik  tashkiliy-iqtisodiy jihatdan alohida xo’jaliklardan tarkib topgan. Natural 
xo’jalik erga mulkchilik munosabatlariga tayanadi. Erning bosh mulk egasi sifatida davlat 
qo’lida to’planishi davlat hukmronligi bilan mulkchilikning bir-biriga chatishib ketishiga olib 
keldi. Shu sababli odamlar o’rtasidagi munosabatlar ham to’g’ridan-to’g’ri yuz beradi. 

 
 
 Natural xo’jalikning ana shu xususiyatlari uning konservativligi, barqarorligi, turg’unligi, 
sustkashligiga asosiy sabab bo’ldi. Aynan ana shular qishloq xo’jaligida dehqon jamoalarining 
erga bo’lgan jamoa mulki asosida minglab yillar saqlanib qolishiga sabab bo’ldi. Natural 
xo’jalikda ishlab chiqarish hajm jihatidan ham, sifat jihatidan ham cheklangan. Maqsad deyarli 
doimo 
bir  
xil va bir zayldagi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgani sababli ijtimoiy xo’jalikning rivojlanish 
sur’atlari ham past bo’lgan. 
 
Natural xo’jalik alohida xo’jalik birliklaridan (oila — jamoa, pomeste — 
pomeshchiklarning er mulki) iborat bo’lib, har biri o’zining ishlab chiqarish resurslariga ega, 
o’zini o’zi ta’minlaydigan yopiq tizim. 
 Hamma ishlab chiqarish turlari xo’jalikning o’zida bajariladi. Resurslar topishdan 
boshlab, tayyor mahsulotni iste’mol qilishgacha xo’jalik doirasida yuz beradi. 
 Natural xo’jalikka universal qo’l mehnati xos. Har bir kishi hamma asosiy ishlarni o’zi 
bajaradi. Uning moddiy asosi eng oddiy mehnat qurollari (omoch, xaskash, bolta va hokazolar) 
bo’lib, mehnat unumi g’oyat past. 
 Natural  xo’jalikka  to’g’ridan-to’g’ri aloqalar xos bo’lib, u ishlab chiqarish — taqsimot 
— iste’mol tarzida yuz beradi. Yaratilgan mahsulot ayirboshlashni chetlab, shaxsiy hamda ishlab 
chiqarish iste’moliga ketadi. Bunday to’g’ridan-to’g’ri aloqa natural xo’jalikning barqarorligini 
ta’minlaydi. 
 Shuning uchun ham qadimgi ko’pgina allomalar, jumladan Aris-totel ham natural xo’jalik 
tarafdori bo’lib, pulni barcha yomonlik, yovuzliklarning asosi deb hisoblagan. 
 Natural xo’jalik jamiyat yuritishning tarixiy birinchi tipi bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzumi 
davrida ishlab chiqarishning chorvachilik bilan dehqonchilik tarmoqlariga ajralish davrida 
vujudga kelgan, deb taxmin qilinadi. Nisbatan sof holda natural xo’jalik ibtidoiy tuzum davrida, 
hali ijtimoiy mehnat taqsimoti yuz bermagan davrda amal qilgan. 
 Iqtisodiyotda natural xo’jalik noiqtisodiy, ya’ni shaxsiy qaramlik, tobelik hukm surgan 
tuzumda hukmron bo’lgan, u quldorlik hukm surgan davlatlarda hamda hukmron feodal 
iqtisodiyotining muhim xususiyatlaridan bo’lgan. 
 Hozirgi paytda natural xo’jalik rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo’lib, yarim 
natural ishlab chiqarishda aholining 50—60%i band. 
 Iqtisodiy adabiyotlarda natural xo’jalik odatda traditsion —an’anaviy iqtisodiyot deb 
yuritiladi. Bu ko’p jihatdan uni xarakterlab beradi; a) o’z iste’moli uchun ishlab chiqarishning 
hukmronligi, b) texnika taraqqiyotining keskin cheklanishi, v) sotsial-iqtisodiy munosabatlarning 
turg’unligi, g) hayot tarzining o’zgarmasligi, qoloqligi, orqada qolishi. 
 Xo’jalik yuritish «yopiq» tizimning shunday xususiyatiki, u mik-roiqtisodiyot darajasida 
ishlab chiqarishni naturalashtirish hozirgi zamonda sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari, 
xo’jalik uyushmalari, regionlari doirasida yuz berishi mumkin. Mamlakatda tovar xo’jaligi 
mavjud bo’lishiga qaramay, har bir xo’jalik zarur narsalar bilan o’zini o’zi ta’minlashga harakat 
qiladi. 
 Makroiqtisodiy miqyosda ham shunday tendentsiya yuz berishi mumkin. Davlatning 
bunday xo’jalik yuritish siyosati avtarkiya deb 
 
ataladi.  Avtarkiya  — bu bir mamlakatning yopiq, ustun darajada o’z ehtiyojini o’zi 
qondiradigan xo’jalik yuritish tizimidir. Buning natijasida boshqa mamlakatlar bilan bo’lgan 
aloqalar uziladi. Avtarkiyaga intilish mamlakat yuqori boj soliqlari orqali chetdan keladigan 
tovarlarni cheklashda ham namoyon bo’ladi. Bunday holatning, albatta har bir mamlakat uchun 
o’z sabablari hamda maqsadi bor. 
 Shunday qilib, natural xo’jalik industrial bosqichga qadar hukmron xo’jalik yuritish 
shakli bo’lib, industrial bosqichga o’tilgach o’z mavqeini yo’qotdi. Uning o’rnini tovar xo’jaligi 
egalladi. 
 Tovar xo’jaligi. Ehtiyojlarning o’sib borishi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishni 
ob’ektiv zarurat qilib qo’yadi. Lekin natural xo’jalik yuksalib borayotgan ehtiyojlarni 
qondiradigan darajada iqtisodiy ravnaqni ta’minlay olmaydi. Mana shunday ravnaqni ta’minlay 

 
 
oladigan xo’jalik yuritish shakli zarurligi natural xo’jalikni tovar xo’jaligi bilan almashuviga olib 
keldi. 
 Tovar xo’jaligi — bu iqtisodiyotning shunday tashkiliy shakliki, u tovar ishlab 
chiqarishga asoslanadi va ishlab chiqarish bilan iste’molni bozor orqali bog’laydi. 
 Tovar xo’jaligiga quyidagi xususiyatlar xos: 
 Birinchidan, tovar xo’jaligi «ochiq» xo’jalik bo’lib, yaratilgan mahsulot o’z iste’moli 
uchun emas, bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi. 
 Ikkinchidan,  tovar ishlab chiqarish mehnat taqsimotiga asoslangan. Tovar ishlab 
chiqaruvchi biron mahsulot yoki uning biron-bir qismini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. 
Texnika taraqqiyoti ixtisoslashuvning chuqurlashuviga, u o’z navbatida texnikaning 
rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Tovar xo’jaligi natural xo’jalikdan farqli o’laroq, mehnat 
taqsimoti va uning chuqurlashuvi, umumiqtisodiy qonuni amal qilishiga keng sharoit yaratadi. 
 Uchinchidan,  tovar xo’jaligida ishlab chiqarish bilan iste’mol bilvosita, ya’ni bozor 
orqali bog’lanadi. U ishlab chiqarish — ayir-boshlash — taqsimot — iste’mol tarzida yuz 
beradi. Ishlab chiqarilgan mahsulot avval bozorga chiqariladi, so’ngra ishlab chiqarish yoki 
shaxsiy iste’molga ketadi. Bozor qanday tovar ishlab chiqarish kerakligi yoki kerak emasligi 
to’g’risida «signal» — axborot beradi. Aynan ayirboshlash orqali ishlab chiqarish bilan 
iste’molchi o’rtasida iqtisodiy munosabatlar o’rnatiladi. 
 Tovar xo’jaligi ishlab chiqarishning rivojlanishiga ob’ektiv sharoit yaratadi. 
 Tovar ishlab chiqarishni vujudga kelishining asosiy ikki sharti bo’lib, birinchisi mehnat 
taqsimoti va uning chuqurlashuvi. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi o’z navbatida 
ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. 
 
Ishlab chiqarish umuminsoniy iqtisodiy faoliyat bo’lib, uning muhim tomoni 
ixtisoslashuvdir. Ixtisoslashuv asosida mehnat taqsimoti yotadi. Mehnat taqsimoti ijtimoiy 
mehnat faoliyatining sifat jihatidan ajralishini bildiradi. 
 Insoniyatning mehnat taqsimotini chuqurlashib borishiga harakat qilishining asosiy 
sababi mehnat unumining o’sishi va sifatining yaxshilanishidir. 
 Ijtimoiy mehnat taqsimoti jamiyat miqyosida yuz berib faoliyat turlari bo’yicha uch 
yo’nalishda: umumiy, xususiy va qisman mehnat taqsimoti tarzida yuz beradi. 
 Jamiyat  miqyosida  ijtimoiy mehnat taqsimoti dastlab dehqonchilik bilan 
chorvachilikning, so’ngra esa hunarmandchilik va savdogarchilikning ajralishi bo’lib, umumiy 
mehnat taqsimoti yirik sohalar — sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, qurilish, savdo, maishiy 
xizmat va hokazolar tarzida mehnat turlarining ajralishidir. 
 Xususiy mehnat taqsimoti yirik sohalar ichidagi, masalan, avtomobilsozlik, 
traktorsozlik va boshqa tarmoqlarning ajralishidir. 
 Qisman mehnat taqsimoti — korxona doirasidagi mehnat taqsimoti bo’lib, bunda 
mehnat muayyan mahsulot ishlab chiqarish bos-qichlari bo’yicha ixtisoslashgan mehnat turlariga 
ajraladi. 
 Mehnatning faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi bilan birgalikda hududiy miqyosda 
ham taqsimlanishi mavjud. Bu hududlararo mehnat taqsimoti, ya’ni ayrim hududlar va 
mintaqalar doirasida mehnatning ixtisoslashuvi hamda xalqaro miqyosda, ya’ni mamlakatlar 
o’rtasida u yoki bu mehnat turiga ixtisoslashishi, yoki boshqacha aytganda u yoki bu turdagi 
tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashish tarzida yuz beradi. Ikkinchisi, u yoki bu tovar ishlab 
chiqaruvchilarning xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida iqtisodiy alohidalashuvidir. 
 Iqtisodiy  alohidalashuv  mulk  shakli bilan chambarchas bog’langan. Aynan mulk egasi 
Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish