4.5. Chiziqli va yassi diagrammalar
Chiziqli va yassi diagrammalarning juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib, ular
orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat.
Chiziqli diagrammalar. Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bo‘lib, ular
yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog‘lanishlar, taqsimlanish
qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish ko‘rsatkichlari tasvirlanadi. Chiziqli
Statistik grafik tarkibiy
elеmеntlari
Grafik
maydoni
Gеomеtrik bеlgilar (nuqtalar,
chiziq, aylana, sеktor, prеdmеt
tasviri va h.k)
Kordinatlar
tizimi
Masshtab
va shkala
Grafik eksplikatsiyasi
(so’z bilan tushuntirishlar)
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal o‘qqa
(ordinata o‘qi) olingan masshtabda dinamika qatorining ko‘rsatkichlari yoki natijaviy
belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi. Gorizontal o‘qqa
(absissa o‘qi) ma’lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) yoki omil belgining
qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin o‘qlardagi har qaysi nuqtachalardan
qarama-qarshi o‘qqa nisbatan parallel ravishda perpendikulyar chiziqlar o‘tkaziladi.
Ularning o‘zaro uchrashgan nuqtalari (ordinata cho‘qqilari) bir-biri bilan
birlashtiriladi va natijada siniq chiziq hosil bo‘ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini
yoki o‘rganilayotgan hodisalarning o‘zaro bog‘lanishini tasvirlaydi.
Quyidagi ma’lumotlarni chiziqli diagramma shaklida ifodalaylik.
4.2-jadval
O‘zbekistonda 1992-1998 yillarda yetishtirilgan paxta va
don yalpi hosili
mln. tonna
Yillar
Ko‘r-
satkichlar
1992
1993
1994
1995
1996
1997
1998
Paxta
4128
4135
3938
3934
3350
3641
3236
Don
2257
2142
2467
3215
3562
3776
4136
Manba: O‘zbekistonning iqtisodiy yo‘nalishlari, oktyabr-dekabr 1998 yil, 40-bet.
Koordinat sistemasini chizib, vertikal o‘qqa paxta va don yalpi hosilini,
gorizontal o‘qqa esa yillarni joylashtiramiz. Agar masshtab qilib davrlar uchun 1 sm :
1 yilga, ko‘rsatkichlar uchun esa 1 sm : 1 mln. t. paxta va donga teng deb olsak, u
holda yuqoridagi ma’lumotlar abssissa va ordinata o‘qlarining shkalalarida quyidagi
nuqtachalar bilan ifodalanadi:
Yillar (sm)
1
2
3
4
5
6
7
Paxta
4,1
4,2
3,9
3,9
3,4
3,6
3,2
Don
2,3
2,1
2,5
3,2
3,6
3,8
4,1
Bu nuqtachalarni tegishli o‘qlarda nishonlab, ulardan perpendikulyar chiziqlar
o‘tkazamiz, keyin ularning o‘zaro kesishgan joyidagi nuqtalarni birlashtirib, 4.1-
rasmdagi paxtachilik va don yetishtirishga tegishli siniq chiziqlarni hosil qilamiz.
6,0
5,0
Paxta
4,0
3,0
Don
2,0
1,0
0
1992
1994
1996
1998
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Masshtab: 1 sm-1 mln.t.
4.1-grafik. O‘zbekistonda paxta va don yetishtirishning o‘sishi.
Chiziqli diagrammada bir nechta hodisa dinamikasini ham tasvirlash mumkin.
Bu holda siniq chiziqlar har xil rang bilan yoki bir-biridan ajralib turadigan
ko‘rinishda (yo‘g‘on chiziq, ingichka, punktir va h.k) chizilishi kerak (4.1-rasm).
Dinamika qatorlarini chiziqli diagramma shaklida tasvirlayotganda shuni esda
saqlash lozimki, grafikning ko‘rimli va oson tushunarli bo‘lishi uchun masshtabni
to‘g‘ri olish muhim ahamiyatga ega.
Agar davrlar uchun olingan masshtab juda kichik bo‘lsa, u holda diagramma
sur’ati, ya’ni taraqqiyot qonuniyatini buzib, sun’iy tarzda kuchaytirib aks ettiradi.
Ushbu masshtab haddan tashqari katta olinganda esa, aksincha, o‘sish sur’ati sun’iy
ravishda so‘nish tarzida gavdalanadi. Demak, bu ham maqsadga muvofiq emasdir.
Shuning uchun masshtabni shunday belgilash kerakki, u ko‘rsatkichlar
orasidagi proporsionallik va nisbatlarni to‘la va aniqroq tasvirlash imkoniyatini
tug‘dirsin.
Chiziqli diagramma yordamida shartnomalarni bajarish sur’atlarini aniqlash va
analiz qilish ham mumkin. Bu holda vertikal (ordinata) o‘qqa shartnomada
ko‘zlangan topshiriqlar bilan haqiqatda bajarish ko‘rsatkichlari hamda o‘tgan davrda
erishilgan darajalar joylashtiriladi (4.2-grafik).
2000 O‘tgan yil
Haqiqiy bajarilishi
1800 Shartnoma
1600
1400
1200
1000
800
600
400
200
0
I
II
III
IV
V
VI
VII VIII
IX
X
XI
XII
4.2-grafik. Shartnomani bajarish diagrammasi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Chiziqli diagramma yordamida variatsion qatorlar ham tasvirlanadi. Bu holda
gorizontal o‘qqa qatorning asoslari (variantalar), ya’ni o‘zgaruvchan belgi qiymatlari,
vertikal o‘qqa esa ularning uchrashish sonlari (ayni qiymatga ega bo‘lgan obyektlar
soni) joylashtiriladi. Diskret variatsion qatorlar uchun tuzilgan diagramma taqsimot
poligoni deb ataladi. 4.3-grafik shirkat ho‘jaliklarining paxtachilik brigadalari soniga
qarab taqsimot poligon shaklida tasvirlangan.
90 Masshtab: ____ 1 sm: 10
shirkat xo‘jaligi
80
70
60
50
40
30
20
0 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20
Ho‘jalikdagi paxtachilik brigadalari soni.
4.3-grafik. Shirkat xo‘jaligi paxtachilik brigadalari soni bo‘yicha taqsimlanish
poligoni.
Intervalli (oraliqli) variatsion qatorlar uchun tuzilgan diagramma esa taqsimot
gistogrammasi deb yuritiladi. 4.4-grafikda O‘zbekiston fermer ho‘jaliklarida paxta
terimchilarining kundalik terim normasini bajarish darajasi bo‘yicha taqsimlanishi
taqsimot gistogrammasi shaklida tasvirlangan.
Chiziqli diagrammalar ko‘pincha siniq chiziq shaklida tuziladi. Ammo
murakkab hodisa va jarayonlarni o‘rganishda bu shakl har doim qo‘l kelavermaydi.
Ayrim hollarda chiziqli diagrammani spiral shaklida tuzish maqsadga muvofiqdir.
Spiral shaklli diagrammalar o‘rganilayotgan to‘plamning umumiy o‘zgarishi
bilan bir vaqtda uning tarkibiy qismlarining o‘zgarishini ham tasvirlash yoki
hodisaning davrma-davr (masalan, yilma-yil) o‘zgarishi bilan bir yo‘la har bir davr
ichidagi (masalan, oyma-oy) o‘zgarishini ham aks ettirish zarur bo‘lganda
qo‘llaniladi.
Bunday diagrammani tuzish uchun yagona markazdan teng burchak bilan har
yoqqa tarqaluvchi bir dasta to‘g‘ri chiziqlar chiziladi. Ularning soni to‘plam
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
qismlarining soniga yoki davr (yil) ichidagi vaqtlar (oylar) soniga teng bo‘lishi kerak.
Demak, har bir to‘g‘ri chiziq to‘plamning ayrim qismini yoki davr (yil) ichidagi aniq
vaqtni (oyni) anglatadi.
80
70
60
50
40
30
20
10
70 80 90 . 110 . 130 . 150 . 170 180 %
kunlik terim normasini bajarish foizi
4.4-grafik. Fermer ho‘jaliklarida terimchilarning kundalik terim normasini bajarish
darajasi bo‘yicha taqsimlanish gistogrammasi.
Bu to‘g‘ri chiziqlarga olingan masshtab bilan o‘rganilayotgan hodisaning
tegishli vaqtlardagi (oylardagi) ko‘rsatkichlari yoki to‘plam ayrim qismlarining
miqdorlari nuqta bilan nishonlanadi. Keyin nuqtalar bir-biri bilan to‘g‘ri chiziq
yordamida ulanadi va natijada spiral hosil bo‘ladi. 4.5-grafikda 1995-1999 yillarda
O‘zbekiston iste’mol baholarining oylar bo‘yicha o‘sishi spiral shaklida tasvirlangan.
4.3-jadval
O‘zbekiston iste’mol baholari indeksi
dekabr 1994 y. 100%
1995
1996
1997
1998
1999
Yanvar
1
1,169
228,5
381,2
465,1
598,2
Fevral
2
1,377
234,6
899,9
478,2
616,2
Mart
3
1,484
240,0
410,8
487,7
631,0
Aprel
4
1,732
263,0
440,0
497,0
345,5
May
5
1,840
270,4
452,8
503,9
657,7
Iyun
6
1,801
270,7
438,7
495,9
Iyul
7
1,803
262,3
437,4
504,3
Avgust
8
1,816
265,2
434,8
506,3
Sentyabr
9
190,3
272,3
436,1
511,9
Oktyabr
10
200,4
284,3
439,2
527,8
Noyabr
11
208,6
314,2
446,6
547,8
Dekabr
12
217,0
356,6
454,7
572,5
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
XII
600 I
XI
500
400
II
X 300
200
IX III
600 500 400 300 200 0 200 300 400 500 600
200
300
VIII IV
400
500
VII 600 V
VI
4.5-grafik. O‘zbekistonda 1995-1999 yillarda iste’mol tovarlar va xizmatlari
baholari spirali (burama chizig‘i).
Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar. Ustun (yoki tasma) shaklli
diagrammalar statistik ma’lumotlarni ko‘rimli qilib tasvirlashning eng oddiy usulidir.
Ular har xil ko‘rsatkichlarni taqqoslash, murakkab hodisalarning tuzilishi va ularning
zamonda (vaqtda) o‘zgarishini tasvirlash uchun xizmat qiladi. Ustun (yoki tasma)
shaklli diagrammalarda statistik ma’lumotlar vertikal yoki gorizontal joylashtirilgan
to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida tasvirlanadi. Bunday diagrammalarni tuzish tartibi
bilan quyidagi misolda tanishib chiqaylik.
4.3.1-jadval
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismlarining yillik o‘sish
sur’atlari (oldingi yilga nisbatan % da)
Yillar
1992
1993
1994
4995
1996
1997
1998
1999
YaIM
-11,1
-2,8
-5,2
-0,9
1,7
5,2
4,4
4,4
Sanoat
-6,7
3,6
0,9
0,2
6,3
6,5
5,8
6,1
Qishloq xo‘jaligi
-6,4
1,5
-7,4
2,3
-6,5
5,8
4,0
5,9
Manba: O‘zbekistonning iqtisodiy yo‘nalishlari. 1998 va 1999 yil IV chorak, 38-bet.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Bu ma’lumotlarni grafikda tasvirlash uchun masshtab belgilaymiz. Aytaylik,
masshtab qilib 1 sm:2% ga olsak, u holda ma’lumotlar shkalada quyidagi nuqtalar
bilan ifodalanadi(sm):
1992
1993
1994
1995
1996
1997
1998
1999
YaIM
-11,1
-2,8
-5,2
-0,9
1,7
5,2
4,4
4,4
Sanoat
-6,7
3,6
0,9
0,2
6,3
6,5
5,8
6,1
Qishloq xo‘jaligi
-6,4
1,5
-7,4
2,3
-6,5
5,8
4,0
5,9
Koordinat sistemasini chizib, vertikal o‘qqa masshtab bo‘yicha shkalaga
asoslanib o‘sish sur’atlarini, gorizontal o‘qqa esa mahsulot turlari bilan yillarni
joylashtiramiz. Har qaysi yil uchun to‘rttadan kengligi 0.5 sm va bo‘yi yuqoridagi
jadval ma’lumotlariga teng qilib gorizontal o‘qda ustunlar chizamiz(4.6-grafik).
1992
1993
1994
1995
1996
1997
1998
1999
ЯИМ
-11,1
-2,8
-5,2
-0,9
1,7
5,2
4,4
4,4
Саноат
-6,7
3,6
0,9
0,2
6,3
6,5
5,8
6,1
Кишлок
хужалиги
-6,4
1,5
-7,4
2,3
-6,5
5,8
4
5,9
-15
-10
-5
0
5
10
1992
1993
1994
1995
1996
1997
1998
1999
ЯИМ
Саноат
Кишлок хужалиги
4.6-grafik. O‘zbekistonda 1992-1999 yillarda yalpi ichki mahsulot va uning
tarkibiy qismlari – sanoat va qishloq ho‘jalik mahsulotining yillik qo‘shimcha o‘sish
sur’ati (oldingi yilga nisbatan foiz hisobida)
Turli mamlakatlarni tasvirlovchi ustunlar bir-biridan ajralib turishi uchun
ularni har xil ranglarga bo‘yash kerak. Ustunlarni bir-biridan ochib tuzish ham
mumkin. Bu holda ularning oralig‘i teng bo‘lishi lozim. Ularga tegishli
ma’lumotlarni yozib qo‘yish tavsiya etiladi. Ustunlarning kengligi hamma obyektlar
va yillar uchun bir me’yorda bo‘lishi shart. Ustun shaklli diagrammada murakkab
hodisalarning strukturasini tasvirlash mumkin(4.7-grafik).
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Ташки савдо айланмаси
Экспорт
Импорт
1998
й
1999
й
1998
й
1999
й
1998
й
1999
й
МДХ
26,9
28,2
26
30,4
27,8
26
Хорижий мамлакатлар
73,1
71,8
74
69,6
72,2
74
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
100
1998
й
1999
й
1998
й
1999
й
1998
й
1999
й
Ташки савдо айланмаси
Экспорт
Импорт
МДХ
Хорижий мамлакатлар
4.7-grafik. O‘zbekiston tashqi savdosida 1998-1999 yillarda MDH va xorijiy
mamlakatlarning salmog‘i (yakunga nisbatan foiz hisobida)
Tasmasimon diagramma ham ustun diagrammaga o‘xshab tuziladi. Bu holda
ustunlar yotqizilgan holda tasvirlanadi. Tasmasimon diagrammalar orqali aholining
yosh-jinsiy tuzilishini piramida shaklida tasvirlash mumkin. Quyida O‘zbekiston
aholisining jinsiy-yosh tarkibi 1991-1997 yillar uchun piramida shaklida tasvirlangan.
1997 1991
4.7a-grafik. 1991-1997 yillarda O‘zbekiston aholisining jinsiy-yosh tarkibi
piramidasi.
4.6. Sektorli diagrammalar.
Sektorli diagramma bo‘laklarga ajratilgan doiradan iborat bo‘lib, ularning
kattaligi tasvirlanuvchi sonlarga mos keladi. Bunday diagrammalar yordamida
murakkab hodisalarning tarkibiy qismlarga taqsimlanishi, ya’ni ularning strukturasi
tasvirlanadi. Ular quyidagi tartibda tuziladi. Doira chizilib, uni o‘rganilayotgan
to‘plamning umumiy yig‘indi soni (100%) deb qabul qilinadi. Keyin esa tarkibiy
-1800
-1350
-900
-450
0
450
900
1350
1800
0-4
10-14.
20-24.
30-34.
40-44
50-54
60-64
70-74
80-84
90-94
Аёллар
Эркаклар
-1800
-1350
-900
-450
0
450
900
1350
1800
0-4
15-19.
30-34.
45-49
60-64
75-79
90-94
Аёллар
Эркаклар
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
qism sonlariga proporsional holda doira sektorlarga bo‘linadi. Buning uchun
sektorlarning markaziy burchaklari topilib, transportir yordamida ular doirada
belgilanadi. Agar butun va bo‘lak sonlar absolut miqdorda ifodalangan bo‘lsa,
markaziy burchaklarni aniqlash uchun 360
0
ni umumiy butun songa bo‘lib, masshtab
belgilanadi va uni ketma-ket bo‘lak sonlarga ko‘paytiriladi. Agarda hodisaning
tuzilishi tuzilmaviy nisbiy miqdorlar bilan ifodalangan bo‘lsa (umumiy to‘plam 100%
deb olinib, uning ayrim qismlari jamiga nisbatan foizda hisoblangan), u holda
masshtab 3,6
0
ga teng (360
0
: 100%) bo‘lib, ayrim qismlarning salmog‘i (% da
hisoblangan) unga ko‘paytiriladi.
Sektorli diagrammani tuzish tartibi bilan quyidagi misolda tanishib chiqaylik.
4.4-jadval
O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘zlashtirilgan chet el investitsiya va kreditlarning
tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi (jamiga nisbatan foiz hisobida)
Jamiga nisbatan, %
Shkala, gradus hisobida
Tarmoqlar
1999
2000
1999
2000
Kimyo va neft-kimyo sanoati
7,4
26,6
26,7
95,8
Mashinasozlik
3,0
10,2
10,8
36,7
Engil sanoat
5,4
9,3
19,4
33,5
Oziq-ovqat
4,7
5,8
16,9
20,9
Transport
12,7
20,2
45,7
72,7
Aloqa
7,5
4,5
27,0
16,2
Boshqalar
59,3
23,4
213,5
84,2
Jami
100
100
360
360
Bu ma’lumotlarni sektorli diagramma shaklida tasvirlash uchun 2 ta teng
radiusli doiralar chizib, har birini tegishli yil ma’lumotlariga mos ravishda sektorlarga
bo‘lamiz. Buning uchun tarmoqlar salmog‘i haqidagi ko‘rsatkichlarni 3,6
0
ga
ko‘paytirib, sektorlarning markaziy burchaklarini aniqlaymiz. Keyin esa har bir
tarmoq uchun sektorni transportir yordamida tegishli yil doirasida belgilaymiz. (4.8-
grafik).
Sektorli diagrammalar qiyosiy jihatdan jozibali bo‘lishi uchun doiralarni bir-
biridan teng olislikda joylash, ularning markazlarini bir to‘g‘ri chiziqda ifodalash va
shu chiziqdan yo‘nalgan holda tarmoqlarning (qismlarning) jiddiy ketma-ketligini
ta’minlab, tegishli markaziy burchaklarni belgilash hamda sektorlarni har xil
ranglarga bo‘yash yoki shtrixlash lozim.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
1999 foizda 2000
4.8-grafik. 1999-2000 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘zlashtirilgan chet
el investitsiya va kreditlarining tarmoqlar bo‘yicha taqsimoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |