Ixtisoslashtirish
Zamonaviy axborot texnologiyalarni o’sib borayotgang murakkabligi
axborot texnologiyalar xodimlarini turli tor sohalar bo’yicha ixtisoslashuv
zaruriyatini keltirib chiqardi. Axborot texnologiyalarni rivojlanishi bilan amaliy
dasturlarni ishlab chiqishning keng sohasini boshqaruvchi mutaxassislar sonini
oshirib yuboradi, bu esa o’z navbatida, ular hatti harakatlarini muvofiqlashtirishni
murakkablashtirib yubormoqda.
Ishlab chiqiladigan dasturlar mohiyatining o’zgarishi
Axborot texnologiyalari sohasida yaratilgan ilk dasturlar alohida funksional
vazifalarni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan edi. Asosiy e’tibor
tarkiblashgan muammolarga qaratildi. Avtomatlashtirishdan olinadigan foydani
aniq hisoblashi mumkin edi.
Hozirgi kunda, zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish kuchsiz
tarkiblashgan muammolarni yechishga ko’proq mo’ljallangan. Shuning uchun
axborot texnologiyalarni qo’llashni afzalligining obyektiv tahlilini o’tkazish juda
mushkul hisoblanadi. Ko’p hollarda qarorlarni ishlab chiqarish, mutaxassislar
miqdoriy ifodalash qiyin bo’ladigan, fikriga asoslanadi. Korxona va sohani tubdan
qayta qurish uchun bu dasturlar asos bo’lishiga qaramasdan, ularni joriy etish o’ta
mushkul hisoblanadi.
Kuchsiz tarkiblashganlar safiga boshqaruv qarorlarini qabul qilish vazifasi
kiradi. Samarali tanlashni asoslash uchun qarorlar qabul qilishni qullab quvvatlash
tizimidan foydalaniladi. Axborot texnologiyalar sohasidagi ishlanmalar va ularni
qo’llashdagi muammolarga xarakteristika berishni yakunlab, korxonadagi turli
bo’linmalar rahbari doimiy ravishda o’zlariga va o’z qo’l ostidagilarga berishi
kerak bo’lgan savollar ro’yxatini keltiramiz. Bu savollar oldingi muhokamadan
kelib chiqadi hamda uni to’ldirish uchun foydali hisoblanadi.
1.
Korxonaning
rivojlanish
strategiyasi
axborot
texnologiyalari
bo’linmalarining
va
axborot
texnologiyalardan
foydalanuvchilarning
imkoniyatlariga mos keladimi?
2. Korxona yangi axborot texnologiyalarni aniqlash, baholash va joriy
etishga qodirmi?
3. Axborot texnologiyalarni strategik rejalashtirish, boshqaruv nazorati va
loyihalarni boshqarish yetarli darajada rivojlanganmi?
4. Xavfsizlik tizimi, ustuvorliklar va axborot texnologiyalar operasiyasi
nazorati, o’z rolini to’laqonli bajarish uchun yetarlimi?
5. Firma ehtiyojlarini zaruriy muvozanatini saqlovchi tashkiliy tuzilma va
muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar mavjudmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |