Barqaror aloqalarning mavjudligi. Elementlar yoki ularning xususiyatlari
orasidagi Xaqiqiy barqaror aloqalarning mavjudligi.
Tashkillashtirilganlik. Bu xususiyat tizimda ma’lum tashkiliy tuzilmaning
mavjudligi bilan ifodalanadi.
Emerdjentlik. Bu yaxlit tizimga tegishli bo’lgan, biroq uning alohida
elementlariga tegishli bo’lmagan xususiyatlarni mavjudligini ko’zda tutadi.
Xususiyatlarning barchasiga ega bo’lgan istalgan obyektni tizim deb aytish
mumkin.
Iqtisodiy nuqtai nazardan, tizim deyilganda bir vaqtning o’zida yagona
yaxlit sifatida, ham oldinga qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida turli xildagi
elementlarni yig’indisining birlashishidan tashkil topgan istalgan obyekt
tushuniladi.
Bir necha tizimlarga misollar keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |