III.Yangi mavzuning bayoni: Divergent evolutsiya. Divergensiya (lotincha divergantia – ajralish) –
evolutsion jarayonning yangi sistematik guruhlar hosil bo‘lishiga asoslangan eng umumiy turi. Divergensiya – har
xil yashash sharoitlariga moslashish natijasida ajdod tur belgilarining tarqalishidir. Divergensiya tufayli yangi muhit
sharoitlariga moslanishlar kengayadi. Bu jarayon natijasida tip sinfl arga, sinf turkumlarga, turkum oilalarga, oila
avlodlarga, avlod turlarga ajraladi. Ajdod tur tarqalgan hududlarda ekologik sharoitning har xil bo‘lishi
divergensiyaga olib keluvchi omil hisoblanadi. Divergensiya jarayoni tarmoqlangan shoxli evolutsiya daraxti
ko‘rinishida tasvirlanadi. Bu divergent evolutsiya timsolidir: umumiy ajdoddan ikki yoki undan ortiq formalar, o‘z
navbatida, ulardan ko‘pgina turlar va avlodlar kelib chiqqan. Divergensiya deyarli hamma vaqt yangi hayotiy
sharoitlarga moslanishlarning ortib borishini ifoda etadi. Oziq turi, yashash muhitining xilma-xilligi tufayli
sutemizuvchilar sinfi ning hasharotxo‘rlar, oztishlilar, qo‘lqanotlilar, kemiruvchilar, yirtqichlar, juft tuyoqlilar, toq
tuyoqlilar, kurakoyoqlilar, kitsimonlar kabi turkumlar kelib chiqqan. Bu turkumlarning har biri o‘z navbatida
morfologik, ekologik, etologik, genetik, fi ziologik xususiyatlari bilan farqlanadigan kenja turkumlar va oilalarni o‘z
ichiga oladi. Sutemizuvchilar har xil turkumlarga mansub organizmlardagi o‘zaro o‘xshashlik ularning ajdodi bir
ekanligiga, ular o‘rtasidagi farq har xil sharoitga moslashganligiga dalildir. Galapogoss orollarida morfofi ziologik
xususiyatlari jihatdan farq lanadigan vyuroklarning bitta ajdod turlardan kelib chiqqanligi divergen siyaga misol
bo‘ladi. Parallel evolutsiya (grek cha – parallelos – «yonma-yon bo ruvchi») – birbiriga qarindosh bo‘l gan
organizmlar guruhlarida bir yo‘nalishda o‘xshash belgilar pay do bo‘lishi bilan ifodalanadigan evolutsion o‘zgarish.
Masalan,sut emi zuvchi kitsimonlar va kura k oyoqlilar bir-biridan mustaqil holda suv muhitiga o‘tishgan va ularda
suv muhitiga moslanishlar – kurakoyoqlar paydo bo‘lgan. Afrika va Janubiy Amerika qit’alarida tarqalgan
sutemizuvchilar tana tuzilishida o‘xshashlikni ko‘rish mumkin (115-rasm). Parallelizm bir-biriga genetik yaqin
turlarda belgilarning o‘xshashligi, gomologik tuzilmalarning mustaqil holda o‘zgarishlari natijasida yuzaga
keladigan evolutsiyadir. Har xil turlarning bir xil genlarida o‘xshash muta t siyalar paydo bo‘lishi pa rallelizmga
www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
sabab bo‘ladi. Xuddi shunday hodisani N. I. Vavilovning irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlari qonuni
tavsiflab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |