Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid
ko’rgazmali qurollar va rasmlar
, doska bo’r, daftar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb
qilib, ishchi muhitini yaratish.
Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________
__________________________________________________________________________________
Yangi mavzuning bayoni:
Gen muhandisligi maqsadi – rekombinant DNK yaratish va shu asosda
organizm uchun foydali yangi belgilarni va xususiyatlar hosil qilishdir. Tabiatning o‘zida ham shu kabi
rekombinatsiya jarayonlari yuz berishi kuzatiladi. Viruslar, faglar, bakteriyalar o‘zidagi genetik moddani
boshqa organizmlarga o‘tkazish xususiyatiga ega. Rekombinantlar hosil bo‘lishining 3 xil usuli mavjud:
transformatsiya, transduksiya, konyugatsiya. Amerika olimlari Lederberg va Tatum 1946-yilda
bakteriyalarda jinsiy jarayonlar sodir bo‘lishini aniqladilar. Bakteriyalarda jinsiy jarayonlar genetik
material bilan almashinuv rekombinatsiya yo‘li bilan amalga oshadi. Bunda donor hujayra DNKsining bir
qismi retsipiyent hujayraga beriladi va uning DNKsi bilan qo‘shiladi. 1940-yillarga kelib xromosomalar
tarkibini o‘rganish chuqurlashdi. Xromosoma tarkibi DNK va oqsildan iboratligi aniqlandi. Bu
davrda ko‘pchilik olimlar irsiyatning asosi oqsil deb tushunar edilar. Keyinchalik irsiyatning asosi oqsil
emas, nuklein kislotalar bilan bog‘liqligi isbotlandi. Organizm belgi va xususiyatlarining nasldan naslga
o‘tishida nuklein kislotalar muhim ahamiyatga ega ekanligi 1928-yili Angliya bakteriologi Frederik
Griffit, keyinchalik 1944-yilda amerikalik mikrobiolog-genetik O.Everi bakteriyalar ustida olib borgan
tajribalarida aniqlandi. DNKning genetik roli birinchi marotaba pnevmoniya (zotiljam) kasalligini
qo‘zg‘atuvchi yumaloq shakldagi bakteriyalar – pnevmokokklarda isbot langan.
Konyugatsiya (lot.
conjugatio – «qo‘shilish» degan ma’noni anglatadi).
Mustaxkamlash:
1. Transformatsiya jarayonida tashqaridan kirgan DNK molekulasi mutatsiya
hosil qila oladimi?
2. Qanday hodisalar bakteriya hujayrasini fag tomonidan lizis qilinishidan saqlab
qolishi mumkin?
3. Transduksiya jarayoni qanday kechganda bakteriyada mutatsiya bo‘lmaydi?
V. Baholash Faol qatnashgan faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |