Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiyasi



Download 4,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/250
Sana01.01.2022
Hajmi4,28 Mb.
#288655
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   250
Bog'liq
Korxonaning riv. strat

 


 
47 
2-mavzu Korxonalarning strategik rivojlanishida tadbirkorlik 
tuzilmalarining 
iqtisodiy barqarorligi 
2.1.2015-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor 
yo‘nalishlari. 
2.2.Korxonaning iqtisodiy barqarorligi. Iqtisodiy barqarorlik va samaradorlik. 
2.3.Korxona  rivojlanishida  tadbirkorlik  faoliyati  va  tashabbuskorligining  iqtisodiy 
ahamiyati. 
2.4.Korxonada tadbirkorlik muhitini shakllantirish asosida uni rivojlantirish yo‘llari.  
 
2.1.  2015-2019  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasi  sanoatini  rivojlantirishning 
ustuvor yo‘nalishlari. 
 
Iqtisodiyotni  barqaror  o‘sish  sur’atlarini  ta’minlashda  sanoatning  o‘rni  va  ahamiyati. 
Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, etakchi tarmog‘idir. Unda mehnat qurollari 
(vositalari),  mehnat  buyumlari  va  xalq  iste’mol  tovarlarining  ko‘pchilik  qismi  yaratiladi; 
mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari 
ishlab  chiqariladi;  er  osti  boyliklari  qazib  olish  amalga  oshiriladi;  mineral,  o‘simlik  va 
hayvon xom ashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyorlanadi va h.k.lar. 
Sanoat  xalq  xo‘jaligining  barcha  tarmoqlarini  ishlab  chiqarish  vositalari,  mehnat 
qurollari  bilan  ta’minlaydi.  Milliy  iqtisodiyot,  fan,  maorif,  madaniyat,  sog‘liqni  saqlash, 
sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga bog‘liq. 
Ishlab  chiqarish  kuchlari  va  munosabatlari  taraqqiyotida  sanoatning  tarixiy  roli 
beqiyosdir.  SHu  sababli  uning  rivoji  va  samaradorligi  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  davlatning 
mavqei shunchalik kuchli bo‘ladi va aholi turmush darajasi yanada yaxshilanib boradi. 
Mamlakat aholisining ish bilan bandligini oshirishda sanoatning roli beqiyosdir.  
Ma’lumki,  istiqlol  yillarida  iqtisodiyotimiz  va  uning  etakchi  tarmoqlarini 
rivojlantirish  borasida  amalga  oshirilayotgan  izchil  islohotlar  natijasida  mamlakatimiz 
iqtisodiyotida  barqaror  yuqori  o‘sish  sur’atlariga  erishilmoqda.  Bunda  sanoat  sohasini 
rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlar, yirik loyiha hamda dasturlarning amaliyotga tatbiq 
etilayotgani  muhim  ahamiyat  kasb  etayotir.  Davlatimiz  rahbarining  joriy  yil  15  yanvarda 
Vazirlar  Mahkamasining  yig‘ilishida  so‘zlagan  ma’ruzasida  iqtisodiyotni  tarkibiy 
o‘zgartirish,  avvalambor  sanoatda  tub  tarkibiy  o‘zgarishlarni  davom  ettirish  hisobidan 
iqtisodiyotimizning  raqobatdoshligini  oshirishni  ta’minlash  eng  ustuvor  vazifa  sifatida 
ta’kidlangan  edi.  SHu  ma’noda  2016  yil  va  keyingi  yillarda  mamlakatimizni  istiqbolli 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida iqtisodiyotni, shu 
jumladan,  sanoatni  tarkibiy  o‘zgartirish  bo‘yicha  chora-tadbirlar  rejasini  amalga  oshirish 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur ustuvor vazifalarni amalga oshirish, o‘z navbatida, 
mamlakatimizning tashqi omillarga bog‘liqligini kamaytirishga olib keladi. 
Bozor  o‘zgarishlari  jarayonlarining  tahlili,  islohotlar  olib  borilgan  yillar  mobaynida 
sanoatda  sezilarli  tarkibiy  o‘zgarishlar  yuz  berganligidan  dalolat  beradi.  Bu  o‘zgarishlar 
avvalo,  davlat  mustaqilligi  va  dahlsizligini  ta’minlashga,  iqtisodiy,  shu  bilan  bir  qatorda 
energetika  va  oziq-ovqat  havfsizligini  ta’minlashga,  boy  tabiiy  iqtisodiy  salohiyatdan 
oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan edi. 
Mustaqillik  yillarida  sanoat  tarmog‘ining  rivojlanishi  natijalarining  tahlili  ko‘plab 
ishlab chiqarish korxonalari bozor sharoitiga moslashganligini va davlat ko‘magi yordamida 
yuqori samarali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganligini ko‘rsatmoqda. 
Bugungi  kunda  sanoat  rivojlanayotgan  tarmoq  hisoblanib,  unda  yuzdan  ortiq  sanoat 
mahsulotlariishlab  chiqarilmoqda.  Bunday  ulkan  ishlab  chiqarish  salohiyati  mustaqillik 


 
48 
yillarida tubdano‘zgardi va ma’lum turdagi mahsulotlar bo‘yicha har qanday xorijda ishlab 
chiqarilgan  mahsulotlarbilan  bemalol  raqobatlasha  oladi.  Ham  ichki,  ham  tashqi  bozorga 
asosiy  sanoat  mahsulotlariniishlab  chiqarishda  sanoat  tarmoqlarida  yuz  bergan  tarkibiy 
o‘zgarishlar hisobiga erishildi. 
Davlatimiz  rahbari  mamlakatimizni  2016  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 
yakunlari  va  2017  yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor 
yo‘nalishlariga 
bag‘ishlangan 
Vazirlar 
Mahkamasi 
majlisidagi 
ma’ruzasida 
“Mamlakatimizni  demokratlashtirish  va  modernizatsiya  qilish  borasida  boshlangan  tizimli 
islohotlarni,  iqtisodiyotimizda,  avvalambor,  sanoat  va  qishloq  xo‘jaligida  tub  tarkibiy 
o‘zgarishlarni  so‘zsiz  davom  ettirish,  xususiy  mulk,  tadbirkorlik  va  kichik  biznesni  jadal 
rivojlantirish  va  bu  soha  vakillari  manfaatlarini  himoya  qilish,  makroiqtisodiy 
mutanosiblikni ta’minlash 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishiga aylanishi zarur.”
2
 deb ta’kidlab o‘tdilar. 
Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti, uning iqtisodiy 
va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi. 
Tarmoq  strukturasi  uning  yalpi  mahsulotining  sanoat  ishlab  chiqarishi  umumiy 
hajmidagi ulushi, xodimlar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog‘i ko‘rsatkichlari bilan 
o‘lchanadi. 

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish