Ijara to‘lovi - ijara korxonasi oladigan tushumning ijara shartnomasida
avvaldan belgilab qo‘yilgan qismi. Absolyut summada belgilanadi va ijara
beruvchiga kelishilgan muddatlarda to‘lab boriladi.
Asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish- eskirgan mehnat vositalarini pullik
ifodada tiklash va ularni naturada almashtirish, ishlab chiqarishni kengaytirish,
modernizatsiyalash va kapital ta’mirash uchun jamg‘arma fondini tashkil qilish.
Qarz beruvchi - ma’lum muddatga pul mablag‘larini qarzga beruvchi huquqiy
yoki jismoniy shaxs. qarz beruvchi qarzni bergan summasining ma’lum bir foizi
miqdoridagi to‘lovlar ko‘rinishida yoki kelishilgan holda sarflangan yokitexnik
resurslarning bir qismiga ega bo‘lish sharti bilan beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |