Metafaza xromosomalari matriksi. Matriks xromosoma tana-
sini o ‘rab oladi, tarkibi RNK dan iborat. Mitoz davomida matriks
metafazadan boshlab shakllanadi. Telofaza oxirida matriks xromo
somalar atrofida granulalar ko‘rinishida to‘planadi. Demak, matriks
mitotik xromosomalarning granulyar va fibrillyar tuzilmasi. Matriks
mahsulotlari interfazada sintezlanadi.
Xromosomaning uzunligi bo‘yicha uning irsiy jihatdan faolligi bir
xil emas, xromosomalarni maxsus buyoqlar bilan bo‘yalganda, uning
ayrim qismlari to‘q bo‘yalib, boshqa qismlari esa och bo‘yaladi, ya’ni
geteroxromatin va euxromatin hosil qiladi.
138
Geteroxromatin qismida xromosomalar qattiq spirallashgani uc
hun to‘q bo‘yaladi, bu yyerda asosan nofaol genlar joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |