Microsoft Word лотинча девиант хулқ-атвор психологияси rtf


-§. Me’yordan og‘uvchi xulq-atvorning



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/68
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#288543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
Deviant xulq atvor psixogiyasi

 
2-§. Me’yordan og‘uvchi xulq-atvorning  
shakllanish sabablari va turlari 
 
Deviant  axloqning  asosiy  turlariga  jinoyatchilik,  ichkilikbozlik, 
giyohvandlik,  o‘zini  o‘zi  o‘ldirish,  daydilik,  fohishalik  va  ruhiyat 
buzilishini kiritamiz. 
Og‘uvchi axloq - axloq moslashuvini yo‘qotishning turli shakllarda 
ifodalanuvchi  salbiy  ruhiy-ijtimoiy  rivojlanishi  va  ijtimoiylashtirish 
jarayoni buzilishining natijasi hisoblanadi. 
Moslashuv  (lotincha  adaptare  –  moslashtirmoq)  -  atrofdagi  shart-
sharoitlarga  moslashuv.  Insonning  moslashuvi  ikki:  biologik  va  ruhiy 
jihatga ega. 
Biologik  moslashuv  organizmni  muhitning  barqaror  va  beqaror 
shart-sharoitlari:  harorat,  atmosfera  bosimi,  namlikka,  yorug‘lik  va 
boshqa  fizik  sharoitlarga,  shuningdek  organizmdagi  o‘zgarishlarga, 
kasallikka,  biron-bir  a’zoni  yo‘qotish  yoki  uning  funksiyalarini 
cheklashga moslashuvini o‘z ichiga oladi. Moslashuv maqsadida inson 
o‘zining  faoliyat  mahsuli  hisoblanuvchi  turli  yordamchi  vositalardan 
(uy-joy, kiyim, harakatlanish vositasi va hokazo) foydalanishi mumkin. 
Shu  bilan  birga,  kishida  ba’zi  biologik  jarayonlar  va  holatlarni  erkin 
ruhiy  boshqarish  qobiliyati  paydo  bo‘ladi,  bu  esa  uning  moslashuv 
imkoniyatlarini kengaytiradi. Ruhiy moslashuv kishining shaxs sifatida 


 
11 
mazkur  jamiyatning  talablari  va  shaxsiy  ehtiyojlari,  sabablari  va 
manfaatlariga  muvofiq  ravishda  hayot  kechirishini  o‘z  ichiga  oladi. 
Ruhiy  moslashuv  keng  ma’noda  mazkur  jamiyatning  me’yorlari  va 
qadriyatlarini  o‘zlashtirish  yo‘li  bilan,  shuningdek,  eng  yaqin  ijtimoiy 
muhitga – jamoatchilik guruhi, mehnat jamoasi, oilaga nisbatan amalga 
oshiriladi. Ruhiy moslashuvning asosiy ko‘rinishlari kishining tevarak-
atrofdagi  odamlar bilan  o‘zaro  munosabatlari  va uning  tashqi  va  ichki 
dunyosini tubdan o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatidan iborat. 
Unda  axloqning  moslashuvni  yo‘qotishini  (dezadaptatsiyani) 
muammoli  vaziyatni  hal  qilishga  emas,  balki  uning  chuqurlashuviga, 
qiyinchiliklarning  kuchayishiga  va  undan  kelib  chiqadigan  ko‘ngilsiz 
vaziyatlarga  olib  keluvchi  jarayon  ko‘rinishida  belgilash  mumkin. 
Axloqning  moslashuvni  yo‘qotish  jarayonlari  kichik  yoshdayoq, 
masalan,  ijtimoiylashtirish  institutlari  vazifalarini  bajaruvchi  ijtimoiy 
rollarni,  o‘quv  dasturlarini,  ijtimoiy  institutlarning  (oila,  maktab  va 
hokazo)  me’yor  va  talablarini  o‘zlashtirish  bo‘yicha  qiyinchiliklarda 
namoyon  bo‘lishi  mumkin.  Moslashuvni  yo‘qotishning  tabiati  va 
xususiyatiga  qarab  ham  alohida,  ham  umumiy  uyg‘unlikda  tasavvur 
qilinishi  mumkin  bo‘lgan  patogen,  ruhiy-ijtimoiy  va  ijtimoiy  
dezadaptatsiyani ajratish mumkin. 
Patogen  dezadaptatsiya  endogen  yoki  ekzogen  etiologik  omillar 
ta’siri  natijasida  markaziy  asab  tizimining  jiddiy  funksional-organik 
shikastlanishga sabab bo‘ladigan ruhiy rivojlanishdan chetga chiqishlar 
va nuqsonlar, shuningdek ruhiy-asab kasalliklarini keltirib chiqaradi. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish