Krivoship shatun mexanizmining kinematikasi vа dinamikasi



Download 65,78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.01.2022
Hajmi65,78 Kb.
#287155
Bog'liq
KRIVOSHIP - SHATUN MEXANIZMINING KINEMATIKASI VА DINAMIKASI



KRIVOSHIP - SHATUN MEXANIZMINING KINEMATIKASI VА 

DINAMIKASI 

 

KSHM KINEMATIKASI 

Avtotraktorlaming  IYODlarida  krivoship-shatun  mexanizmining  (KSHM) 

quyidagi  uch  turi  ishlatiladi:  markaziy  (aksial),  siljitilgan  (dezaksial)  va  tirkama 

shatunli mexanizm (1.1-rasm). Bu sxemani kombinatsiyalab KSHM ni chiziqli va 

ko'p  qatorli,  ko'p  silindrli  IYOD  sifatida  bayon  qilish  mumkin.  Siljitilgan 

(dezaksial)  mexanizmni  ikki  variantda  amalga  oshirish  mumkin.  Birinchi  holatda 

silindrning  o'q  chizig'i  IYOD  tirsakli  vali  o'q  chizig'ini  kesib  o'tmaydi,  ikkinchi 

holatda  esa  porshen  barmog'ining  o'q  chizig'i  silindr  o'q  chizig'iga  nisbatan 

siljitilgan bo'ladi. Tirkama shatunli KSHM boshqa sxemalardan asosiy shatunning 

kallagiga  barmoq  bilan  biriktirilgan  tirkama  shatunning  mavjudligi  bilan 

farqlanadi.  Bosh  shatun  mexanizmining  kinematikasi  markaziy  va  siljitilgan 

KSHM kinematikasidan farq qilmasligini ko'rsatib o'tish lozim. 

 

1.1-rasm. KSHM kmematik sxemalari: 



a — markaziy chiziqli; b - siljitilgan chiziqli; d - tirkama; e - markaziy V-

simon 

 

KSHM  detallarining  harakatlanish  qonunlarini  o'rganish,  birikuvchi 



qismlaming  orasida  tirqish  mavjud  bo'lmaganda  va  krivoshi  pning  o'zgarmas 

burchak  tezligida  uning  harakatini  va  ishqalanish  kuchini  keltirib  chiqaradigan 

kuchga  bog'liq  bo'lmagan  holda  faqat  KSHM  strukturasi  va  mexanizm  qismlari 

orasidagi geometrik munosabatlami hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 

IYOD ishlashida KSHM ning asosiy qismlari turli xil siljishlami sodir qiladi. 

Porshen  qaytma-ilgarilanma  harakatlanadi.  Shatun  o'zining  tebranish 

tekisligida  murakkab  tekis  parallel  harakat  sodir  qiladi.  Tirsakli  val  krivoshipi 

uning o'q chizig'iga nisbatan aylanma harakat qiladi. 

 

 

 



MARKAZIY KRIVOSHIP –SHATUN MEXANIZMINING 

KINEMATIKASI 

 

1.2-rasmda  KSHMni  hisoblash  kinematik  sxemasi  keltirilgan.  Markaziy 

KSHM qismlari harakati qonunini aniqlovchisi bo'lib, quyidagi asosiy g eometrik 

parametrlar  hisoblanadi:  r  —  tirsakli  val  krivoshi  pining  radiusi,  l



sh

  —  shatun 

uzunligi. 



I  =  r  /  l

sh

  parametr  markaziy  mexanizmning  kinematik  o'xshashlik  mezoni 

hisoblanadi.  Bunda  turli  o'lchamli  KSHM  uchun  λ  bir  xil  bo'lganda  o'xshash 

qismlaming  harakat  qonuni  o'xshash  bo'ladi.  Avtotraktor  IYOD  larida  I  =  0,24 

...0,31  qiymatli  KSHM  ishlatiladi.  Siljitilgan  (dezaksial)  KSHM  lar  uning 

kinematikasiga ta ’sir qiluvchi yana bir geometrik parametrga ega silindr (barmoq) 

o'q  chizig'ini  tirsakli  val  o'q  chizig'iga  nisbatan  siljish  miqdori  (a).  Bunda  nisbiy 

siljish  k  =  a  /  r  siljitilgan  KSHM  kinematik  o'xshashligi  mezoni  I  ga  qo'shimcha 

hisoblanadi.  Shunday  qilib,  o'xshash  siljitilgan  KSHM  bir  xil  λ  va  k  larga  ega 

bo'ladi, bunda k -0,02 ...0,l oralig'ida o'zgaradi. 

Agar quyidagi parametrlarning vaqt bo'yicha o'zgarish qonuni ma’lum bo'lsa, 

keltirilgan  sxemadan  kelib  chiqqan  holda  (1.2  -rasm  )  KSHM  kinematikasi  to'liq 

yoritiladi: 

•  porshenning  ko'chishi  (x).  Hisobning  boshlanishi  (  x  =  0  )  porshenning 

YUCHN dagi holati. Soat strelkasi bo'yicha krivoshipning aylanishida porshenning 

YUCHN  dan  PCHN  tomon  harakatida  hisoblashni  musbat  yo'nalishi  deb  qabul 

qilingan; 

•  krivoshipning  burilish  burchagi  ).  Hisobning  boshlanishi  —  porshen 

YUCHNda bo'lganda krivoshipning holati;  



• shatun burchagi β ning silindr o'q chizig'idan og'ishi (φ = 0 bo'lganda β = 0). 

 

 



1.2-rasm. KSHM ni hisoblash sxemalari: 

a – markaziy; b – siljitilgan 


Krivoship  kinematikasi.  Agar  burilish  burchagi  (φ),  burchak  tezligi  (ω)  va 

tezlanishi  (ε)  ni  vaqt  (t)  ga  bog'liqligi  ma’lum  bo  'lsa,  tirsakli  val  krivoshipining 

aylanma harakati aniqlangan bo'ladi. 

KSHMning  kinematik  tahlilida  tirsakli  valning  burchak  tezligi  (aylanish 

chastotasi)  (ω)  doimiy  deb  yo'l  qo'yish  qabul  qilingan.  Bunday  holda  φ=ωt, 

ω=const  va  ε=0.  Tirsakli  val  krivoshipining  burchak  tezligi  va  aylanishlar 

chastotasi  (n)  ω  =  πn  /30  nisbat  bilan  bog'langan.  Bu  yo‘1  qo‘yish  KSHM 

qismlarining  harakat  qonunini  oddiyroq  ko'rinishda,  krivoshipning  burilish 

burchagi funksiyasida o'rganishga imkon beradi, zarurat tug'ilganda φ va larning 

chiziqli bog'liqligidan foydalanib, vaqt ko'rinishiga o 'tish mumkin. 



 

Download 65,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish