O ’tilladi gan sana o ’tilgan



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/148
Sana01.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#286525
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   148
Bog'liq
Adabiyot-togarak

XI-Yangi  mavzu  bayoni:

0 £zbek  adabiyotining  XX  asrdagi  ulkan  vakillaridan  bin  Maqsud 

Mas’um  o‘g‘li  Shayxzodadir.  U  1908-yili  Ozarbayjonning  Agdash 

(Oqtosh)  shahrida  ziyoli  oilada  tug‘ilgan.  Otasining  kasbi  shifofcorlik 

bo‘lib,  she’riyatni  nihoyatda  sevgan,  farzandlariga  ham  adabiyotga 

muhabbat tuyg‘usini singdirgan inson edi. Shayxzoda tug‘ilgan shahrida 

maktab  ta’limini  olgach,  Ozarbayjon  poytaxti  Bokudagi  Oliy pedago- 

gika institutiga sirtdan o‘qishga kiradi.  1925-yildan muallimlik qila bosh- 

laydi.  1928-yili  u  hurfikrliligi,  ya’ni  Ozarbayjonni  mustaqil  davlatga 

aylantirish haqidagi erkin fikrlari uchun ayblanib, Toshkentga badarg‘a 

qilinadi. Ayni shu davrdan boshlab to umrining so‘ngiga qadar Shayx- 

zodaning butun hayoti 0 ‘zbekiston bilan bog‘lanadi. U awal turli gazeta 

va jumallar tahririyatlarida  muharrir,  1935— 1938-yillarda  0 ‘zbekiston 

Fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim,  1938- 

yildan  hayotifso4ngigacha Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika 

instituti o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi  o‘qituvchisi bo‘lib ishladi.



9


Shayxzodaning  dastlabki  ijod  namunalari  1929-yildan  e’lon  qilina 

boshlandi. 30-yШaгda shoiming « 0 ‘n she’r», «Undoshlarim», «Uchinchi 

kitob»,  «Jumhuriyat»  nomli to‘plamlari dunyo yuzini ko‘radi. Ana shu 

to‘plamlari bilan Shayxzoda o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos shoir sifatida 

tanildi va tan olindi.

Uning ijodi 40-yillarda,  Ikkinchi jahon urushi davrlarida ayniqsa avj 

pardalarga ko‘tarildi. Butun insoniyatga tahdid solayotgan fashizmni yo‘q 

qilish,  hayotni,  tiriklikni,  shon-u  sharafni  saqlash,  xalqni ruhan yengil- 

maslikka, matonatga da’vat etish shoirning o‘sha yiUari chop etilgan  «Ku- 

rash nechun»,  «Jang va qo‘shiq»,  «Kapitan Gastello»,  «Ko‘ngil  deydiki» 

kabi to‘plamlarining bosh mavzusi bo‘ldi. Shu yillarda Shayxzoda ijodining 

yarn bir mumtoz namunasi «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasi yaratildi.

Siz tariximiz to‘g‘risidagi hikoyalardan yaxshi bilasizki,  o‘lkamizni 

XIII  asrlarda  Chingizxon  qo‘shinlari  bosib  olmoqchi  bo‘lganida, 

xalqimizning mard o‘g‘lonlaridan Jaloliddin Manguberdi dushmanga 

qarshi  qattiq  kurash  olib  boradi.  0 ‘z  vatani  mustaqilligini  saqlash 

uchun mardonavor turib jang qiladi. Mana shu tarixiy shaxs siymosi va 

shonli  o‘tmish  sahifalarini  badiiy  haqqoniylik  bilan  tasvirlash  «Jalo- 

liddin  Manguberdi»  dramasining  muvaffaqiyatini  ta’minlaydi.  Pyesa 

Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik drama teatrida (hozirgi 0 ‘zbek 

Milliy akademik drama teatri) sahnalashtiriladi. Botir lashkarboshi Jalo­

liddin siymosini sahnaga buyuk aktyor Shukur Burhonov olib chiqadi.

Mazkur  asarlar  yaratilishidan  awalroq,  50-yillarning  boshlarida 

Maqsud  Shayxzoda  ham  «qatag‘on»  siyosatining  qurboni  bo‘lib,  «xalq 

dushmani»  degan  tuhmatlar  bilan  qamaladi.  50-yillaming  o‘rtalarida 

qatag‘onchilik qoralanib, ko‘p halol insonlar qatori Shayxzoda ham ozod 

etilgach, u irodasini bukmay, qizg‘in ijod bilan mashg‘ul bo‘ldi.  She’rlar, 

doston va  dramatik  asarlar  bilan  birga  Shekspir,  Pushkin,  Lermontov, 

Mayakovskiy,  Nozim  Hikmat  kabi  jahon  adabiyoti  namoyandalari 

ijodidan taijimalar  qildi.  Olim  sifatida  Alisher Navoiy  she’riyati  haqida 

chuqur  ilmiy  tadqiqotlar  yaratdi.


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish