Bismillahir Rohmanir Rohiym



Download 61,23 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.01.2022
Hajmi61,23 Kb.
#286370
Bog'liq
2 5267209164370740473



MUQADDIMA 

1-dars 


Bismillahir Rohmanir Rohiym. 

Olamlarning Robbi bo‘lgan Alloh taologa cheksiz va O‘ziga loyiq holda hamdu 

sano, maqtov, U Zotning eng so‘nggi elchisi, oxirgi payg‘ambari Rasululloh 

Muhammad alayhissalomga durudu salavot, Habibining ahli baytu as’hoblariga 

salomlar bo‘lsin! 

 

Ilohiy kitob, eng mukammal dastur bo‘lmish Qur’onga muhabbat bog‘lagan, ushbu 



Kalomning har bir harfini xuddi vahiy qilinganidagi singari qiroat bilan o‘qiyman 

degan buyuk va xayrli niyatni qalbiga tukkan aziz muxlislarimiz! Avvalo Sizga 

ushbu mashaqqatli, ammo savoblarga, xayru hasanotlarga to‘la ibodatdan iborat 

yo‘lda Yaratgandan sabr hamda muvaffaqiyat tilaymiz. Eng mehribon Zot bo‘lgan 

Haq taolo O‘zi zehningizga quvvat, ilmingizga barokat ehson qilsin! 

 

Arabcha Qur’on so‘zining o’zbekchadagi ma’nosi qiroatdir. Qiroatda esa arab 



harflaridan iborat Qur’on oyatlarini to‘g‘ri talaffuz bilan o‘qish muhimdir. 

 

Aytaylik, qaysidir bir tilni o‘rganmoqchimiz. Buning uchun nima qilamiz? Eng 



avvalo o‘sha tilning har bitta harfini diqqat bilan o‘rganib, talaffuzini to‘g‘rilashga 

harakat qilamiz. Keyin esa o‘sha tilning grammatik qoidalarini yod olamiz, 

o‘zlashtiramiz. Xuddi shuningdek, Qur’oni Karimni o‘rganish uchun arab tilining 

har bir harfini, talaffuz qoidalarini o‘rganishimiz kerak bo‘ladi. Chunki Qur’on 

o‘qishda harflarning o‘z o‘rnidan to‘g‘ri talaffuz qilinishi o‘ta muhimdir. 

 

Endi, Qur’oni Karim o‘zi qanday kitob? U bizga nimani o‘rgatadi, degan haqli savol 



tug‘iladi. Qur’on insoniyatga qanday yashash, nimalarga e’tibor berishni, qanday 

amallarni bajarib, qaysi ishlardan qaytishni o‘rgatuvchi ilohiy dasturdir.  

 



Barchamiz bilamizki, bu dunyo bizga imtihon uchun berilgan. Demak, imtihondan 

keyin yo jazo yoki mukofot muqarrar. Alloh taolo O‘zi yaratgan eng mukammal 

maxluqoti bo‘lmish odamzotga qanday yashashi, nimalarga amal qilishi lozimligini 

o‘rgatuvchi Kitobni nozil qildi. Ushbu Kitobni bandalariga o‘rgatishda esa muallim, 

elchi qilib Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni tanladi. Payg‘ambarimizga 

Qur’on oyatlarini Jabroil alayhissalom qiroat bilan etkazgan. Rosululloh 

alayhissalom esa xuddi shunday qiroat bilan sahobalarga (roziyallohu anhum), 

etkazganlar.  

 

Siz ahamiyat qaratishingiz muhim bo‘lgan yana bir nozik jihat shuki, Qur’on tilovati 



ibodat bo‘lgan mo‘jizaviy Kitobdir! Ya’ni, arab tilini tushunmagan kishi ham 

Qur’onni tilovat qilganida ibodat savobini qozonadi. Ba’zilar Qur’on o‘qish uchun 

avval arab tilini mukammal o‘rganishim kerak. Bo‘lmasa uning ma’nosini 

tushunmayman, degan o‘yda Qur’on o‘qishni, harflarini o‘rganishni kechiktiradi, 

ortga suradi. Bu esa uning ibodat savobidan mahrum qolishiga sabab bo‘ladi. 

 

Inson bu dunyoda qilgan ishlari, amallariga ko‘ra u dunyo ya’ni abadiy bo‘lgan 



oxirat diyorida jannatga yoki do‘zaxga loyiq ko‘riladi. Bizlarni do‘zaxdan qutqarib, 

jannat eshiklariga eltuvchi yo‘lga esa ushbu ilohiy Kalom bo‘lgan Qur’on oyatlari 

eltadi. Shunday ekan, keling azizlar, har bir harfiga o‘nta savob va’da qilingan 

Qur’ondek ilohiy, mo‘jizaviy kitobni qiroat bilan o‘qishni o‘rganamiz.  

 

Alloh taolo O‘zining Kalomiga bo‘lgan muhabbatimizni orttirsin, ilm egallash 



yo‘lidagi jiddu jahdimizda qoim qilsin, sizu bizga ham ilm eshiklarini, ham jannat 

eshiklarini ochsin! Omin. 



Download 61,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish