A k a d e m I y a axborot xavfsizligi



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/75
Sana01.01.2022
Hajmi1,24 Mb.
#286078
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
Bog'liq
344360.5yf0wk4bzs

Sertifikatlashtirish 
subyektlari 
 
Sertifikatlashtirish 
uchun mahsulotlarni 
tаyyorlaydilar vа 
sertifikatlashtirish 
idorasiga tаlаbnоmа 
bilan birgalikda 
taqdim etadilar 
Akkreditlangan 
sertifikatlashtirish 
idorasi  
 
Таnlangan 
sertifikatlashtirish 
sxemasiga аsоsаn 
mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish 
vа tаlаbnоmаni 
ko‘rib chiqishni 
tashkillashtiradi. 
Sertifikat beradi. 
 
«O‘zstandart» 
Sertifikatlashtirish 
milliy idorasi 
 
Sertifikatlashtirish 
sohasida davlat 
siyosatini аmalgа 
oshiradi, sertifikatsiya 
o‘tkazish bo‘yicha 
umumiy qoidalarni 
belgilab beradi. Bir 
turdagi mahsulotlarni 
vа sinov 
lаbоrаtоriyalаrni 
sertifikatlashtirish 
bo‘yicha idoralarni 
akkreditasiya qiladi. 
 
Sinov lаbоrаtоriyalаri 
(mаrkаzlаri) 
Аniq mahsulotlarning sinovini 
аmаlgа оshiradi vа 
sertifikatlashtirish maqsadi 
uchun protokollarni beradi. 


 
104 
qarorlari) keltirilgan. 
Axborot  xavfsizligi  sohasida  mutaxassislarni  tayyorlash,  malakasini 
oshirish va qayta tayyorlash tizimi 
Hozirgi  kunning  asosiy  masalalaridan  biri  bo‘lib  kompyuter 
jinoyatchiligi  va  kiberterrorchilikka  qarshi  kurash  hisoblanadi.  Axborot 
texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilik spektri nihoyatda keng, u internet-
firibgarlikdan  tortib  to  bolalar  pornografiyasi  va  elektron-josuslik 
(ayg‘oqchilik), hamda terrorlik aktlarga tayyorgarlik kabi potensial xavfli 
harakatlarni o‘z ichiga oladi. To‘g‘ri tanlangan milliy kadrlarni tayyorlash 
siyosati  orqali  axborot  texnologiyalari  sohasidagi jinoyatlarning  o‘sishiga 
jiddiy to‘sqinlik yaratish mumkin. 
Mutaxassislarni tayyorlash masalasi, ayniqsa juda dolzarb hisoblanadi. 
Chunki  hozirgi  kunda  kompyuter  tarmoqlarini  buzishni  va  boshqa 
kiberjinoyatlarni  amalga  oshirishni  o‘rganish  bo‘yicha  axborotga  ega 
bo‘lish  juda  oson.  Kompyuter  jinoyatchiligini  sodir  etish  texnologiyasi 
keltirilgan  bosma  nashrlar  erkin  tarqatiladi  (misol  uchun  yoshlar  orasida 
ommalashgan  «Xaker»  va  «Spetsxaker»  jurnallarini  keltirish  mumkin). 
Hozirgi  kunda  ixtiyoriy  o‘spirin  arzimagan  pulga  axborot  tizimlariga 
hujum  qilishning  elementar  usullarini  o‘rgatuvchi  kitobni  sotib  olishi 
mumkin.  Kitobda  bayon  etilgan  usullarni  o‘zlashtirgan  bunday  o‘spirin 
kompyuter  tizimlari  xavfsizligiga  tahdid  soluvchiga  aylanishi  mumkin. 
Internetda kompyuter buzg‘unchiligini o‘rgatuvchi ko‘plab saytlar mavjud. 
Internet tarmog‘ida kompyuter jinoyatchiligini sodir etish bo‘yicha malaka 
almashishga imkon beruvchi forumlar, virtual konferensiyalar o‘tkaziladi. 
Shunday qilib, kompyuter jinoyatchilari o‘z malakasini oshirish ustida faol 
ish  olib  borishadi,  o‘z  qatoriga  o‘sayotgan  avlodlarni  jalb  qilib,  ularni 
o‘qitishadi.  Bularning  barchasi  deyarli  legal  (ochiq)  ravishda  amalga 
oshirilmoqda.  Bu  holatlar  dolzarb  va  muhim  bo‘lgan  yana  bir  masalani 
yechishni  –  jinoyat  olamiga  yoshlarning  kirishiga  qarshi  kurashish  va 
yoshlar  orasida  tarbiyaviy  ishlarni  olib  borishning  samarali  usullarini 
yaratish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi. 
Kompyuter  jinoyatchiligini  sodir  etishga  qarshi  immunitetni  hosil 
qiluvchi  yuqori  axloq-odobni  shakllantirish  bilan  uyg‘unlashgan 
zamonaviy  axborot  texnologiyalarini  o‘rgatuvchi  ta’lim-tarbiyaning 
usullarini yaratish ta’limning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. 
Hozirgi  zamon  talablarini  inobatga  olgan  holda  axborot  xavfsizligi 
                                                                                                                                             
1
 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Т.,  2011. – №18. 
– 178-м. 


 
105 
sohasida kadrlar tayyorlashning asosiy prinsiplarini quyidagicha ifodalash 
mumkin:  nazariy  bilimlar  darajasi  xalqaro  darajaga  yaqinlashishi  kerak; 
mahalliy  sharoitlarda  ish  yuritishning  amaliy  ko‘nikmalarini  olishga 
yo‘naltirish  kerak;  asosiy  e’tibor  xavfsizlikni  ta’minlash  masalalariga 
qaratilishi kerak. 
Axborot xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish 
eng  dolzarb  muammolardan  biri  bo‘lib  qolmoqda.  Bunda  kadrlar 
tayyorlashning barcha sathlarini qamrab olish («vertikal» bo‘yicha) hamda 
gumanitar  sohada  va  tabiiy-ilmiy,  texnik  va  gumanitar  yo‘nalishlar 
tutashgan  joylarda  axborot  xavfsizligi  muammosi  hal  etish  («gorizontal» 
bo‘yicha)  zarur.  Birinchi  navbatda  huquqni  muhofaza  qiluvchi  idoralarda 
va  sudlarda  kompyuter  sohasidagi  jinoyatchilikka  qarshi  kurashish 
bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent axborot 
texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2002-yil 
7-noyabr 385-sonli qaroriga
1
 muvofiq bu universitet respublikaning aloqa 
va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va 
mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim muassasasi 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
«Milliy 
axborot-
kommunikatsiya  tizimlarining  kompyuter  xavfsizligini  ta’minlash 
borasidagi  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida»gi  2005-yil  5-
sentabr 
167-sonli 
qaroriga 
muvofiq 
kompyuter 
va 
axborot 
texnologiyalarini  rivojlantirish  hamda  joriy  etish  markazi  «O‘zinfokom» 
huzurida «Kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmati» tashkil etilgan.  
Ushbu Xizmatning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 
–  kompyuter  xavfsizligini  ta’minlashda  xalqaro  tajribani  o‘rganish  va 
umumlashtirish asosida axborot tizimlariga noqonuniy kirish harakatlarini 
oldini  olishni  ta’minlovchi  effektiv  dasturiy-apparatli  vositalarni  qo‘llash 
bo‘yicha  milliy  foydalanuvchilarga  tavsiyalar  ishlab  chiqish,  ularga 
konsultativ xizmatlar va texnik yordam berish; 
– ehtimoliy xavfni baholash, axborot tizimlarida va davlat korxona hamda 
tashkilotlarda kompyuter xavfsizligi holati bo‘yicha milliy foydalanuvchilarga 
konsultativ xizmatlar va texnik yordam berish, insident oqibati va sabablarini 
tahlil  qilishda  ko‘maklashish,  kompyuter  tizimlarini  himoyalash  uchun 
mexanizmlarni qidirish; 
                                           
1
 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2002. –  №21. 
– 169-м.; 2003. – №4. – 42-м. 


 
106 
–  kompyuter  tizimini  xavfsizligini  ta’minlash  masalalari  bo‘yicha 
milliy  axborot  tizimlariga  xizmat  ko‘rsatuvchi  davlat  korxonalari, 
operatorlar  va  provayderlar  mutaxassislari  uchun  o‘qitish  va  trening 
mashg‘ulotlarini o‘tkazishni tashkil etish. 

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish