homtok, g‗o‗ra homtoklar o‗z vaqtida va sifatli o‗tqazilishi novdalar chekanka
qilinib barglar siyraklashtirilishi kerak. Bunga qo‗shimcha 2–3 marotaba purkash
o‗tkazilishi, birinchi purkash, Qora kishmish, Pushti Toyfi navlari 4–5 ta chinbarg
chiqarganda, ikkinchisi tok gullagandan 17–20 kun keyin, zarurat bo‗lsa uchinchisi
ikkinchisidan 7–10 kun o‗tgach bajarilishi lozim. Toklarni Benzofosfat, Zolon yoki
Karbofos bilan (100 l suvga 300 g) yoki olma qurtiga qarshi tavsiya etilgan
preparatlardan birini qo‗llab purkash samaralidir. Bir yo‗la kul kasalligini davolash
70
maqsadida ish suyuqligiga kolloidli yoki ho‗llanuvchi oltingugurt qo‗shib
purkaladi (100 l suvga 0,8–1 kg). Vektra, Topaz preparatlarini qo‗shsa ham
bo‗ladi. Tomorqa sharoitida tamaki qaynatmasidan foydalansa ham bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: