Qurilmaga texnik xizmat ko‟satish –Sug‘orish maqsadiga ko‘ra tuproq
ichidan sug‘orishning afzalliklari tuproqni bir tekis namlantirishi, tuproqda nam
yig‘ilishi, tuproqning yemirilishini oldini oladi,o‘g‘it kiritish qulayligi, chiqindi
suvlar bilan sug‘orish va kamchiliklari havoni namlantirish mavjud emasligi, sho‘r
yuvishning bajarib bo‘lmasligi.
Qurilmaning iqtisodiy ko‟satkichlari – sug‘oriladigan tuproqlarning
sharoitidan kelib chiqib katta nishablikdagi, va suv zaxiralari yetishmaganda,
suvining ortiqcha isrofini kamaytirish sug‘orishda ish sifatini yaxshilash uni
mexanizatsiyalash avtomatlashtirish, qo‘l mehnatini yengillashtirish, ish unumini
oshirishda bosimli sug‘orish tizimlarini yani tomchilatib yoki tuproq ichidan
sug‘orishni tashkil etish yaxshi samara beradi.
Tuproq ichidan sug‘orishda suvni tuproq haydov qatlami ostiga maxsus
qoziqchali namlatgichlar yordamida berishga asoslangan bo‘lib, bunda tuproq
asosan kapilyar shimilish kuchlari ta‘sirida namlanadi. Sug‘orish suvining yer
yuzasidan bug‘lanishi keskin kamayadi, suv ko‘chatgacha quvurlar yordamida
yetqazilishini hisobiga ortiqcha suv sarfi kuzatilmaydi, faqatgina ko‘chat ildiz
tizimi radiusi namlantirib turiladi, shuni hisobidan sug‘orish suvi oddiy mahalliy
39
(bostirib) sug‘orishga nisbatan 50-60% ga tejaladi. Sug‘rorishda qo‘l mehnati zarur
bo‘lmaydi [15].
Tuproq ichidan sug‘orishda suv sarfini aniqlashning quyidagicha formula
yordamida aniqlash mumkin.
Bu yerda
-sug‘orish maydoni ga;
suv berish gdromoduli ;
Har bir sug‘orish quvurining suv sarfi:
Bu yerda
bir sug‘orish quvuriga biriktirilgan namlatgichlar soni;
har bir qoziqchaning suv sarfi qiymati;
Ammo, muammo bo‗lib turgan suvni tejashda tuproq ichidan sug‗orishni,
ayniqsa intensiv bog‗larni suv taqchil cho‗l hududlarida yer osti sizot suvlari yaqin
bo‗lgan yerlarda va yer osti sizot suvining minerallashganligi me‘yori darajasida
bo‗lgan (0,01-0,02 g/l dan kam) yerlarda foydalanish orqali tavsiya etilayotgan
qurilmalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Buning uchun ye osti sizot
suvlarining me‘yorda (0,01-0,02 g/l dan) va undan ortiqcha minerallashgan
suvlaridan foydalanishni tashkil etishda, ariq suvlarini tindirgichlarda tindirilib,
aralashma hosil qilinib, minerallashgan suv tarkibini me‘yorida foydalanish ko‗zda
tutiladi. Bu esa suv taqchilligini oldini olish va cho‗l hududlarida tashlandiq,
o‗zlashtirilmagan yer maydonlarida intensiv bog‗lar tashkil etishga imkon yaratib,
yerlarni o‗zlashtirish va ularning foydali ish koeffitsientini 0 % dan 70-80 % ga
oshirish imkonini beradi [16; 33-39 b.].
Suv muammosini yechimini topish maqsadida Buxoro viloyati hududi
bo‗yicha jami yillik sizot suvlarining zovur va zaxkashlar orqali chiqib ketgan
oqimining sarfi 2304,48 mln m
3
ni tashkil qilayotganligi, bu esa jami
sug‗oriladigan maydonlarga ketgan suvlarning 45-50 % ni tashkil etayotganligi
aniqlandi. O‗z navbatdan bu suvlardan qaytat va samarali foydlanish rejalari ishlab
chiqilmoqda.
40
2013-2016 yillarda Buxoro viloyati tumanlaridagi zovur va zaxkash suvlari
tuz miqdorining ko‗rsatkichlari quyidagi o‗zgarishlarga ega:
- Buxoro, Vobkent, G‗ijduvon, Peshku, Shofirkon tumanlarida -2-3 g/l;
- Jondor, Kogon va Romitan tumanlarida -3-5 g/l;
- Olot, Qorako‗l va Qorovulbozor tumanlarida -5g/ldan ko‗p miqdorda bo‗lganligi
kuzatildi.
Sizot suvlarining ko‗tarilishi asosan yer yuzining geomorfologiyasiga
bog‗liq bo‗lib, sath o‗zgarishlarining pasayishi aprel, may, iyun oylariga to‗g‗ri
kelib, uning miqdoriy jihatdan o‗zgarishi 1,5-3,4 m tashkil etadi.
Buxoro vohasining markaziy maydonlarida yer osti suvlarining sath
o‗zgarishlari iqlimiy va texnogen sharoitlarga bog‗liq bo‗lib, bahor oylaridagi
yog‗ingarchilik va foydalanadigan tik quduqlarning normal holatda ishlamasligi
natijasida sizot suvlarining sathi 0,6-0,9 m ba‘zi joylarda 1,0-1,6 m ko‗tarilganligi
kuzatiladi.
Mavjud sug‗orish texnologiyalarining yutuq va kamchiliklari mavjud bo‗lib,
kamchiliklarini takomillashtirish, suv va energiya tejamkor texnologiyaga o‗tish va
suv tanqisligini oldini olish dolzarb muammolardan biri bo‗lib kelmoqda.
Ushbu ishda asosan paxtachilikda tomchilatib sug‗orish rejimi, suv tejamkor
texnologiya, sug‗orshlar soni, paxtaning o‗sish fazalari bo‗yicha suv taqsimlanishi
va sug‗orish me‘yorlari, paxta hosiliga ta‘siri, paxta maydonlarining suvga bo‗lgan
talabi va suv balansi o‗rganilgan bo‗lib, tavsiya etilayotgan ishga nisbatan farqli
tomonlari shundaki, yer ustidan paxta maydonlarini tomchilatib sug‗orishni tashkil
etilganligi, boshqa qishloq xo‗jalik ekinlari uchun tavsiya etilmaganligi va tuproq
41
Do'stlaringiz bilan baham: |