3. Ta’limning zamonaviy tendensiyalari shaxsni har tomonlama rivojlantirishdagi
ahamiyati
Ta’limning zamonaviy tendensiyalari shaxsni har tomonlama rivojlantirishda uning
shaxsiy imkoniyatlaridan foydalangan holda o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini rivojlantirish
xususiyatlarini shakllantirishga alohida e’tibor berishni talab qilmoqda. Bu esa shaxs kamoloti
masalalari bilan shug‘ullanuvchi fanlar, xususan, fanining oldiga ta’lim-tarbiyaning yangicha
mazmuni, ijtimoiy faol shakllari, metodlari va vositalarini izlab topib, ilmiy-nazariy jihatdan
asoslab, yaxlit pedagogik jarayonga tadbiq etish vazifasini yuklamoqda. Ma’lumki,
“innovatsiya” tushunchasi “yangilik”, “yangilik kiritish” kabi ma’nolarni anglatadi. Zamonaviy
sharoitda takomillashgan texnik vositalar, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda ta’lim
jarayoniga yangiliklarni tadbiq etish, yangiliklarni yaratish muhim talabalardan biri sanaladi. Shu
sababli pedagogik kadrlarda innovatsion g‘oyalarni shakllantirish, ularni amaliyotga tadbiq
etishning nazariy-metodologik va amaliy jihatlari bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangiliklarni kiritish jarayonini tahlil qilish asosida uni quyidagi darajalarga bo‘lish mumkin:
quyi, o‘rta va yuqori darajalar.
Innovatsion o‘zgarishlar haqida barcha darajalarda keng fikrlar yuritilsa-da, haqiqiy
ma’nodagi innovatsiyalar kam uchraydi. Manbalarda innovatsion o‘zgarishlarning
natijalarni yaxshilanishiga olib kelishi haqida alohida to‘xtab o‘tilmaydi.
Innovatsiyani, avvalo, yangi texnologiyalar bilan bog‘laydilar. Zamonaviy amaliy pedagogikani
texnologiyalashtirish mumkin. Texnologiyalar bilan ishlashning o‘ziga xos imkoniyatlari
mavjud. Jumladan, ular natijaviyligi bilan ajralib turadi. Masalan, ta’limning natijaviyligi
mahoratli o‘qituvchi, iste’dodli o‘quvchilar, moddiy bazaning mustahkamligi bilan baholanadi.
Pedagogik texnologiya yaxshi natija bergan jarayon muayyan mexanizmlarga suyanadi.
Avvaldan tajribadan o‘tgan, aniq ketma-ketlikda pedagogik jarayonida aynan kafolatlangan
natija tufayli yutuqlarni qo‘lga kiritish mumkin.
Avvaldan sinovdan o‘tgan, kafolatli natija beradigan texnalogiya-albatta sinovni, tajribani
talab etmaydi.
Texnlogiya turli variantlarni tanlashni talab etmaydi, balki, jarayonni olib boruvchi ketma-
ketlik tayyor holda qo‘llanilib, buning natijasida kafolatli natija qo‘lga kiritiladi. YA’ni ta’limni
olib boruvchi texnologiya elementlari tayyor holda texnologik xarita asosida amalga oshiriladi.
Pedagogik jarayonlar pedagogik tizim ichida kechadi. Ilgaridan tashkillashtirilgan har bir
didaktik jarayon ma’lum imkoniyatlarga ega bo‘lib, u o‘quvchida bilim, ko‘nikma va
malakalarning sifatli shakllanishini ko‘zda tutadi.
Bu degani, ta’lim va tarbiyada zaruriy darajadagi natijani olish uchun pedagogik tizimni
takomillashtirish, uning funksiyasini ijobiy tomonga yo‘naltirish, intensiv pedagogik jarayonni
vujudga keltirish kerak. Demak, ta’lim-tarbiyada sifatli, samarali natijani olish uchun mavjud
pedagogik tizimni takomillashtirib borish kerak. Xohlagan pedagogik tizimning maksimal
umumsamaradorligi 100% ni tashkil qiladi. Ana shundagina qo‘yilgan maqsad to‘la amalga
oshirilgan hisoblanadi.
Pedagogik tizim barcha barobar bo‘lgan, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ijobiy munosabatlar
o‘rnatilgan holda umumiy o‘zlashtirishning 50 %i o‘qituvchiga, 50 %i o‘quvchiga to‘g‘ri keladi
(bunda individual xususiyatlar hisobga olinmaydi). Bu holdagi samaradorlik ancha past
ko‘rsatgichga ega bo‘ladi. Agar pedagogik tizimda o‘qituvchining faoliyati susaysa, tizim
pasayaveradi. An’anaviy ta’limda pedagogik tizimning foydalilik koeffitsenti 60 %dan
oshmaydi. Bu degan so‘z o‘quvchilarning aksariyati maktab dasturini deyarli to‘liq
o‘zlashtirishga erishadi. Shu sababli yuqoridagi ko‘rsatgichni oshirish uchun uzluksiz
izlanishlar, yangiliklarni pedagoglar tomonidan kiritilishini innovatsion jarayonlarning maqsadi
va vazifalari sirasiga kiritish mumkin.
Nazariyadan shu narsa ma’lumki, pedagogik tizimni bir vaqtda bir necha jarayonlar
bo‘yicha birdan o‘zgartirib yuborish mumkin emas. Pedagogik tizimni bir necha jarayonlar
bo‘yicha o‘zgartirish muvaffaqiyatsizliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun har qanday
islohotlarni amalga oshirishda butun pedagogik tizimni o‘zgartirishga tanqidiy yondashish zarur.
Eng to‘g‘ri yo‘l yangilikni asta-sekinlik, ketma-ketlikda uni natijaviyliga ishonch hosil
qilgan holda, har tomonlama o‘ylab navbatdagi qadamlarni bosish kerak. Umuman muvaffaqiyat
mavjud bo‘lsa, u juda yuqori darajada tinimsiz ishlash, tashabbuskorlik, bunyodkorlik hisobiga
bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bunday holatlarda yengillashtiradigan kriteriya yoki ikki yoqlama
standartlar qo‘llaniladi. Betartib innovatsiyalar zarar ham keltirishi mumkin. Oldindan o‘ylamay
kiritilgan o‘zgartirishlar pedagogik tizimni takomillashga emas, uni yomonlashuviga, kutilmagan
salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Pedagogik tizimni rivojlantirishning ikkita asosiy usuli mavjud. YA’ni:
intensiv rivojlantirish;
ekstensiv rivojlantirish.
Pedagogik tizimni rivojlantirishning intensiv usuli ta’lim muassasasining ichki rezervga
suyanadi. YA’ni o‘z kadrlari mahoratiga, o‘quvchilarning faolligiga, o‘z moddiy bazasiga, yangi
texnologiyalarni qo‘llash, o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlarini yo‘lga qo‘yishga harakat qiladi.
Ayrim olimlarning fikricha, pedagogik tizimni intensiv rivojlanish imkoniyati cheklangan.
G‘arb maktablari ekstensiv yo‘l bilan rivojlanmoqda. Ular yangi informatsion
texnologiyalarni qo‘llash, turli o‘quv faoliyatlariga vaqtni ortiqcha sarflash, o‘quv jarayonini
tabaqalashtirish va individuallashtirishni afzal ko‘rmoqdalar. Shu asosda ta’lim mahsuldorligi va
sifat samaradorligini oshirishni ko‘zda tutmoqdalar.
Umuman vaziyatdan chiqishning o‘ziga xos yo‘li “integrallashgan innovatsiya”dir degan fikrlar
ham mavjud.