6.2. Magistrlik dissertatsiyasi mavzuga aloqador ilmiy manba va faktik
materiallardan foydalanish tartibi.
0 ‘zbek tili yo'nalishi bo'yicha magistrlik dissertatsiyasini yozishdan aw al
tadqiqotning metodologik asosini to‘g‘ri belgilashga yordam beruvchi manbalami
sinchiklab o'rganish muhim ahamiyatga ega.
O'zbek tili yo'nalishi bo'yicha yoziladigan magistrlik dissertatsiyasiga tilning
o'zaro aloqa-bog'lanishda bo'lgan birliklar yig'indisidan iborat butunlik ekanligini va
til birliklarining ziddiyatli, ikkilangan tabiatga egaligini e’tirof etuvchi dialektika
kategoriyalari metodologik asos vazifasini o'taydi.
Magistrlik dissertatsiyasining metodologik asosini belgilashda mavzuga
aloqador ilmiy-nazariy manbalar, O’zR DTS, fanga oid o'quv dasturlari, “Davlat tili
haqida”gi qonun, O’zR Prezidentining ta’lim sohasiga oid farmoyishlari,
“Magistratura haqidagi
nizom”
kabilar
muhim
o'rin
tutadi.
Magistrlik
dissertatsiyasining metodologik asosi belgilangach, mavzuga oid eng zarur
adabiyotlami tahlil qilish, ulaming ro'yxati (bibliografiyasi)ni tuzish lozim bo'ladi.
O'zbek tili yo'nalishi bo'yicha magistrlik dissertatsiyasini yozishda mavzuga
aloqador nashr etilganiga kamida o'n-o'n besh yil bo'lgan ilmiy-nazariy, o'quv-
uslubiy adabiyotlar: darsliklar, uslubiy qo'llanmalar, monografiyalar, ilmiy maqola
va tezislardan, shu bilan birga, elektron darsliklardan foydalanish lozim. Shuningdek,
talaba dissertatsiyani yozishda tilshunoslik masalalarini yorituvchi “O'zbek tili va
adabiyoti”, “Til va adabiyot ta’limi”, “Filologiya masalalari”, “O'zMU ilmiy
xabarlari”, “TDPU ilmiy xabarlari”, “Ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar”,
“Filologiya masalalari”
ilmiy-metodik jurnali, “Xorijiy filologiya: til, adabiyot,
ta’lim jumallari materiallaridan o'rinli foydalansa maqsadga muvofiq bo'ladi.
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusiga oid ilmiy adabiyotlaming yetarli bo'lishi,
ularda mavzuning chuqur tahlil etilishi talabaga dissertatsya rejasini hamda
yoritiladigan asosiy masalalarni to'g'ri belgilab olishga imkon yaratadi.
Mavzuga oid mavjud adabiyotlami o'rganish orqaii talaba magistrlik
dissertatsiyasining maqsad va vazifalarini belgilab oladi, ishda nimaga e’tibor
qaratishi lozimligini fahmlaydi, asosiy va ikkilamchi masalalarni ajratadi. Ilmiy
31
manbalami o'rganish asosida talaba mavzuning o'rganilganlik darajasini belgilaydi,
mavzuning qaysi jihatlari hali o‘rganilmaganligini anglab yetadi.
0 ‘zbek tili yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik dissertatsiyasi mavzusiga aloqador
ilmiy manbalaming rahbar tavsiyasi asosida belgilanishi maqsadga muvofiq. Negaki
hozirgi davrda ko'plab ilmiy manbalar nashr etilayotgani quvonarli boisa-da, ularda
ay rim bir-biriga zid nazariy qarashlaming aks etishi talabani chalg'itishga, xato
xulosa chiqarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli mavzuga oid foydalanish
uchun tavsiya etiladigan adabiyotlami tilshunos olimlar tomonidan ma’qullangan eng
so‘nggi nazariy xulosalar asosida yozilganligiga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga
ega.
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusiga oid ilmiy manbalami o‘rganishni mavzu
bo‘yicha dastlabki ma’lumot beruvchi darslik va o‘quv qoilanmalandan boshlashni
tavsiya etamiz. Darslik va o‘quv qoilanmalarida mavzuga aloqador enh muhim
tushunchalar yoritilgan boiadi. Ulami tahlil qilish asosida mavzu bo'yicha umumiy
tasawurga ega boiish mumkin. Talaba asosiy manbalami sinchiklab o‘rganib,
ulardagi nazariy xulosalarga tanqidiy munosabat bildirishi lozim boiadi.
Talaba magistrlik dissertatsiyasi mavzusiga aloqador qancha ko‘p ilmiy
manbani o‘qib o‘rgansa, ulami birma-bir tahlil qilsa, mavzu yuzasidan shunchalik
ko‘p maiumotga ega boiadi. Mavjud ilmiy manbalami sinchiklab o'rganish orqali
talaba mavzuning o'rganilgan va oiganilmagan jihatlarini aniqlaydi, mavzu bo‘yicha
umumlashma xulosalar chiqaradi.
0 ‘zbek
tili yo‘nalishi
bo‘yicha magistrlik dissertatsiyasida talaba imiy
amnbalardan muhim nazariy qarashlami sitata qilib keltirishi mumkin. Sitatalar ilmiy
manbadan hech o‘zgartirishsiz aynan ko'chmladi. Ilmiy manbadan keltirilgan bunday
sitatalar talabaning nazariy xulosasini asoslashga yordam beradi. Ilmiy manbalardan
sitata sifatida olingan nazariy qarashlarga sahifa so'nggida yoki qavs ichida
manbaning adabiyotlar ro‘yxatidagi raqamini ko‘rsatgan holda havola berish lozim
boiadi. Havolada asar muallifi, nomi, nashriyoti, nashr yili va sahifasi aniq
ko‘rsatilishi zarur.
Talaba mavzuga oid asosiy ilmiy manbalami sinchiklab o‘rgangach, magistrlik
dissertatsiyasining xomaki rejasini tuzadi. Rejada ko‘rsatilgan asosiy masalalar
magistrlik dissertatsiyasining qanday boblardan tarkib topishini belgilab beradi.
0 ‘zbek tili yo‘nalishi bo‘yicha yoziladigan magistrlik dissertatsiyasining
muhim bosqichlaridan yana biri faktik material yig‘ish hamda tajriba-sinov
(eksperement) ishlarini o‘tkazishdir.
Til hodisalariga oid faktik materiallar nutq ko'rinishlaridan, lug'atlardan tanlab
olinadi. Magistrlik dissertatsiyasini yozish jarayonida talaba kamida uch marta faktik
material yig‘adi:
Ilk bosqichda faktik material, odatda, mavzuning o‘rganilish tarixi bilan
tanishish jarayonida ilmiy adabiyotlardan yig‘iladi. Bu faktik materiallar magistrlik
dissertatsiyasining predmetini, metodologik asosini belgilashda zamin vazifasini
o‘taydi.
Ikkinchi marta faktik material magistrlik dissertatsiyasining moddiy, ashyoviy
asosi sifatida juda katta miqdorda yigiladi. Bu bosqichda o'rganilayotgan til
hodisasining qoilanilish holatlari (grammatik shakllari, uslubiy ko'rinishlari, tarixiy
32
variantlari v.h.)ni qayd etish: kartochkalarga ko‘chirish, har bir kartochkada hodisa
to‘g‘risida o‘z qaydlarini, til hodisasi olingan manbani
aniq (kerak bo'lganda
osongina topa oladigan shaklda) ko‘rsatib berish vazifasi amalga oshiriladi. Yig‘ilgan
materiallar yuzlab kartochkalarni tashkil etishi mumkin. Shundan keyingina talaba
yig‘gan faktik materiallarini sistemalashtirish, tartibga solish ustida ishlaydi. Bunda u
kartochkalarni ularda qayd etilgan hodisalaming o‘zaro o'xshash va farqliligiga ko‘ra
guruhlaydi va ulaming sistematik kataloglarini tuzadi
Sistemalashtirilgan faktik materiallar katalogi talaba qayd qilgan til
hodisalarining ilk tasnifidir. Faktik materiallaming mukammalligi magistrlik
dissertatsiyasi muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Sistemalashtirish yakunlangach, faktik material batafsil tavsiflanadi. Tavsiflash
jarayonida til hodisasiga aloqador faktik materiallaming yetarli emasligi sezilsa,
uchinchi marta endi - maqsadli ravishda faktik material yig‘iladi.
Faktik materiallar bazasi til hodisasining mufassal tavsifini beruvchi manba
sifatida muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |